Menejment kafedrasi
Download 0.61 Mb.
|
Kichik biznes va tadbirkorlik 090220154339
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-jadval
Tadbirkorlik g’oyasining amalga oshirilishini taxlilil qilish usullari Tadbirkor har bir muammolarni to’g’ri va aniq baholay olgan va shu asosda loyihani amalga oshirgan taqdirdagina ushbu loyi’alar muvaffaqiyat qozonish imkoniyatiga ega bo’ladi. Buning uchun tadbirkor loyihani amalga oshirishdan avval ushbu muammolarini tahlil qilib chiqishi zarur bo’ladi. Tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishdagi muammolarni tahlil qilish quyidagicha amalga oshiriladi. 6-jadvalTadbirkorlikg’oyasiniamalgaoshirishmuammolari
Moliyaviy muammolarlarni taxlilil qilish. 1. Loyihani amalga oshirish uchun zarur bo’lgan xarajatlar, sarmoya va aylanma mablaьlarni baholash. 2. Zaruriy sarmoya olish, moliyaviy taominot imkoniyatlarini o’rganish. 3. Agar sarmoya bilan taominlash imkoniyati bo’lsa, loyihani ko’rib chiqish davom ettiriladi. 4. Xarajatlarni qoplashning taxminiy muddati belgilanadi. Agar xarajatlarni qoplash muddati 3 yildan kam bo’lsa, loyihani ko’rib chiqish davom ettiriladi. 5. Moliyaviy amalga oshiriluvchanlik darajasiga baho beriladi.
1. Loyihani amalga oshirishda texnologik jarayonlarga tavsif berish. 2. Texnologik jarayonlarni amalda qo’llash imkoniyatlarini taxlilil qilish. 3. Texnologik nuqtai nazardan amalga oshirish imkoni bo’lmasa, bu g’oyani ko’rib chiqish davom ettirilmaydi.
1. Loyihani amalga oshirish jarayonida bajariladigan ish turlarini va ishlovchilar kasbi va malakasini belgilash. 2. Korxona uchun zarur bo’ladigan ishlovchilar sonini belgilash. 3. Korxona ishlovchilari ro’yxatini to’ldirish imkoniyatini taxlilil qilish. Agar mehnat resurslari yetarli bo’lmasa ularni tayyorlash va qayta tayyorlash imkoniyatini ko’rib chiqish.
1. Loyihani amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bino va uning maydoni hisoblanadi. 2. Maydonlarning sifat ko’rsatkichlari belgilanadi. 3. Mavjud bino va maydonlarning talabga javob berishi taxlilil qilinadi (o’lchami, balandligi, konstruktsiyasi va h.k.). 4. Mavjud bino, maydonlar sanitariya va yong’indan saqlash qoidalariga mos kelishi aniqlanadi. 5. Mavjud bino, maydonlar estetik talablarga javob berishi aniqlanadi. 6. Loyihani amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bino, maydon bilan ta’minlash imkoniyati taxlilil qilinadi.
1. Zarur bo’lgan dastgohlar ro’yxati tuziladi. 2. Sotib olish imkoniyati aniqlanadi. 3. Lizing shartnomasi bilan ijaraga olish imkoniyati aniqlanadi. 4. Tayyorlash imkoniyati aniqlanadi. 5. Zarur bo’ladigan xom ashyo va materiallar ro’yxati tuziladi. 6. Taominot manbalari belgilanadi. 7. Ularning ishonchliligi aniqlanadi. 8. Xom ashyoni sifat ko’rsatkichlari bo’yicha aniqlanadi.
1. Texnologik jarayonlar o’rganilib, zararli holatlar aniqlanadi. 2. Zararli chiqindilar, gazlar, ifloslantiruvchi moddalar chiqadigan manbalar ko’rib chiqiladi. 3. Ekologiyaning buzilishiga taosir qiladigan jarayon va dastgohlarni almashtirish imkoniyatlari izlanadi. 4. Zararli holatlarni bartaraf qilish chora-tadbirlarini ko’rib chiqiladi. 5. Loyihaning ekologik jihatdan amalga oshuvchanligi baholanadi. Tadbirkorlik loyihasini amalga oshirish jarayonida quyidagi tamoyillar loyihalarning muvaffaqiyati garovi bo’ladi. 1. Loyihalarni amalga oshirish uchun taxminiy xarajatlar uning jamg’armasi, sheriklar sarmoyasi va mumkin bo’lgan bank krediti yiьindisidan iborat bo’lgan potentsial imkoniyatidan oshmasligi kerak. 2. Standart, sodda texnika va texnologiyadan foydalanishga asoslanganloyihani amalga oshirish ancha oson bo’ladi: ishlatish va taomirlashning soddaligi; ilьor texnika va texnologiyadan agar u, tadbirkorning kasbiy mahoratiga yoki uning «HOU-XAU»siga mos kelgan holda foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. 3. Ishlab chiqarish maydoni shu shahar, hudud, tumanning aniq imkoniyatlariga mos kelishi kerak. 4. Talab qilinayotgan xodimlarning kasb-mahorat darajasi shu hududning potentsial imkoniyatlariga mos kelishi kerak. 5. Xom ashyo va material taominoti manbalari hamishonchliligi, xom ashyo sifatining yaxshiligi bilan mos kelishi kerak. .
1. Kichik biznesrivojlantirishdagi muammolarni aytib bering? O’zbekistonda kichik biznesni rivojlantirishning o’ziga xosmuammolari nimalardan iborat? G’oyadegandanimanitushunasiz? Tadbirkorlikg’oyasitushunchasiniizohlang? G’oyanitanlashqoidalariniayting? Tadbirkorlik g’oyasi iqtisodiy samaradorligi qanday aniqlanadi? Tadbirkorlik g’oyasini amalga oshirish kontseptsiyalariga nimalar kiradi? Hayotga tadbiq qilish qanday amalga oshiriladi? Kichik biznesda tadbirkorlik g’oyasini amalga oshirish printsiplarini ayting? Tadbirkorlik g’oyasini amalga oshirish muammolariga nimalar kiradi? Moliyaviymuammolarnima? Texnik-texnologik muammolarga nimalar kiradi? Bino, joy tanlash muammolarini ayting? Kadrlar bo’yicha muammolar va ularni hal qilish yo’llarini ayting? Moddiy taominot bo’yicha muammolarga nimalar kiradi? Ekologikmuammolargachi? Tadbirkorlikg’oyasiniamalgaoshiruvchanligigaqandaybahoberiladi? Mavzu: KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISH Reja Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi Kichik biznes sub’ektlarini bank, soliq va moliya muassasalaridan ro’yxatdan o’tkazish uchun zarur hujjatlar , ularning mazmuni Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalariga litsenziya berish tartibi 1.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va davlat ro’yxatidan o’tkazish Tadbirkorlik faoliyati amal qilayotgan qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq rasmiylashtirilishi lozim. Tadbirkorlik faoliyatini rasmiylashtirish uni tashkil etish va ro’yxatdan o’tkazish uchun kerak bo’ladigan hujjatlarni tayyorlash va tegishli organga taqdim etish, mazkur organ tomonidan ro’yxatga olish va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonidan iborat. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish, hisobga qo’yish10 va tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’tkazish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro’yxatdan o’tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi 357-sonli qarori va shu qaror bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish, hisobga qo’yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to’g’risida NIZOM”ga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu qarorda barcha kelishib olish tartibotlari tadbirkorlik sub’ektlarini amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilgan holda ro’yxatdan o’tkazadigan faqat bitta tashkilot doirasida amalga oshirilishi belgilab berilgan edi. Tadbirkorlik korxonalarini barpo etish va uni ro’yxatdan o’tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazuvchi organlarnng vazifalari umumiydir. Tadbirkorlik sub’ektlarining asosiy qismi tuman va shaharda ro’yxatdan o’tkaziladi. SHuning uchun tuman (shahar) darajasida ro’yxatdan o’tkazish organi va uning vazifalariga batafsil to’xtab o’tamiz. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 25 noyabridagi “Tadbirkorlik sub’ektlarini Internet tarmog’i orqali davlat ro’yxatidan o’tkazish mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 312-sonli Qaroriga asosan 2014 yilning 1 yanvaridan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da elektron tarzda tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatdan o’tkazish xizmati ishga tushirilgan. Qarorga muvofiq, ushbu xizmat monitoringini ta’minlash yuzasidan O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi va boshqa mas’ul vazirlik, tashkilotlar mas’ul etib belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Биринчи Prezidentining «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida» 2015 yil 15 maydagi PF-4725-sonli Farmonining11 ijrosini ta’minlash va tadbirkorlik tuzilmalariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda davlat xizmatlarini ko’rsatish sifati hamda ulardan foydalanish imkoniyatlarini tubdan oshirish va shaffofligini ta’minlash maqsadida “Tadbirkorlik sub’ektlariga «yagona darcha» tamoyili bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” O’zbekiston respublikasi Prezidentining 2412 - son Qarori12 qabul qilindi. Tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish inspektsiyalari negizida tadbirkorlik sub’ektlariga «yagona darcha» (keyingi o’rinlarda «yagona darcha» markazlari) tamoyili bo’yicha davlat xizmatlari ko’rsatish yagona markazlari tashkil etilsin. Bunda, vazirliklar, davlat qo’mitalari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarida mavjud «yagona darcha» xizmatlarining faoliyati 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab to’xtatiladi. 2. «Yagona darcha» markazlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: «yagona darcha» tamoyili bo’yicha davlat xizmatlarini ko’rsatish; tadbirkorlik sub’ektlariga ro’yxatdan o’tkazish, ruxsat berish va litsenziyalash tartib-taomillaridan o’tishda shaffoflikni ta’minlash; tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko’rsatishda byurokratik g’ov-to’siqlarga yo’l qo’ymasdan davlat xizmatlari ko’rsatayotgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik o’rnatish; arizachilarga informatsion yordam ko’rsatish, shuningdek davlat xizmatlarini ko’rsatish tartibi va muddatlari to’g’risida bepul konsulьtatsiya berish. tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishni mo’ljallayotgan shaxslarning ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi arizasi va boshqa hujjatlarini qabul qilish va qayd etish; tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida muhandislik -kommunikatsiya (gaz, elektr, issiqlik, suv, kanalizatsiya, telefon) tarmoqlariga ulanish, turar joyni noturar joy toifasiga o’tkazish, ob’ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtiruvchi tashkilotlarni aniqlash; mazkur tashkilotlardan tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirib olish; ariza beruvchining o’z hujjatlari va ruxsat beruvchi hujjatlarni , ekspertizadan o’tkazish; tadbirkorlik sub’ektini davlat ro’yxatidan o’tkazish; ariza beruvchi tadbirkorlik sub’ekti sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida guvohnoma berish; ro’yxatdan o’tkazilgan tadbirkorlik sub’ektini soliq va statisti-ka organlarida hisobga qo’yish uchun ularga xabar berish va kerakli ma’lumotlarni taqdim etish; tadbirkorlik sub’ektlarining davlat reestrini yuritish. Tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish uchun bir qator hujjatlar talab qilinadi. Ularni ta’sischilar xohishlariga ko’ra ikki yo’l bilan tayyorlash mumkin: Ta’sischilar kuchlari bilan tayyorlash; Savdo sanoat palatalari va ro’yxatdan o’tkazish inspeksiyalari huzurida tashkil etilgan axborot-maslahat markazlari, konsalting firmalari va boshqalar tomonidan shartnoma asosida tayyorlash. Tadbirkorlik sub’ektini yuridik shaxs sifatida ro’yxatdan o’tkazish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi: ro’yxatdan o’tkazish to’g’risida belgilangan shaklda ariza (ariza-xabarnoma); notarial tasdiqlangan ta’sis шартномасининг asl ikki nusxasi; ro’yxatdan o’tkazish uchun belgilangan davlat boji yoki yig’im to’langanligi to’g’risida bank to’lov hujjati (dehqon xo’jaliklari va davlat korxonasi negizida tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlaridan tashqari); Yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun muhim hujjatlardan biri ta’sis hujjatlari hisoblanadi. Ularga nizom va ta’sis shartnomasi kiradi. Lekin ular turli shakldagi sub’ektlar uchun turlicha talab qilinadi: to’liq va kommandit shirkatlari uchun faqat ta’sis shartnomasi, mashuliyati cheklangan va qo’shimcha mashuliyatli jamiyatlarda nizom va ta’sis shartnomasi, aksiyadorlik jamiyatlari, xususiy korxonalar, fermer va yuridik shaxs bo’lgan deh-qon xo’jaliklari uchun nizom. Nizom - bu korxonaning tashkil etilishi rasmiylashtiriladigan, uning huquqiy maqomi va tashkiliy - huquqiy shakli belgilanadigan yuridik hujjatdir. Nizomning asosiy maqsadi mazkur korxona bilan munosabatga kirishadigan organlar, tashkilotlar, shaxslarni va boshqa qiziquvchilarni korxonaning faoliyat sohalari va turlari, huquqiy holati va imkoniyatlari to’g’risida xabardor qilishdan iborat. Nizomda quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi: korxonaning to’liq va qisqartirilgan nomi; faoliyatining maqsadi vavazifalari, ularni amalgaoshirishyo’llari; faoliyat sohasi, yo’nalishlari va turlari; korxona manzili, telefon va telefaks raqamlari; korxonaning nizom jamg’armasi va mol-mulki; korxonaning qonunlarga binoan haq-huquqlari; korxonaning boshqaruvi, rahbariyati, rahbari, ularning huquqlari va vazifalari; korxonani qayta tashkil etish va tugatish tartibi. Agarda korxona ikki va undan ortiq shaxslar tomonidan tashkil etiladigan bo’lsa, uni tashkil etuvchi ta’sischilar o’rtasida ta’sis shartnomasi tuziladi. Ta’sis shartnomasida quyidagilar ko’rsatiladi: korxonani tuzish bo’yicha tomonlarning roziligi; korxonaning maqsadi; yuridik shaxs haq-huquqlarini egallash shartlari; nizom jamg’armasi va egalik huquqi; tomonlarning nizom jamg’armasida ulushlari; tomonlarning manfaatlari va nizolarni hal qilish tartibi; korxonani boshqarish tartibi. arxitektura - rejalashtirish topshirig’i; ob’ektlarni qayta ixtisoslashtirish yoki rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma; ko’chmas mulkning ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risida gu-vohnoma; tuman (shahar) hokimining turar joyni noturar joy toifasiga o’tkazish to’g’risidagi qarori; er uchastkasiga egalik huquqi berilganligi va ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risida guvohnoma. Yakka tadbirkorlar ro’yxatdan o’tishlari uchun kerakli hujjatlarni tayyorlab, yashash joyidagi “Ягона дарча” марказиga shaxsan borib taqdim etishlari yoki электрон pochta orqali yuborishlari mumkin. Yakka tadbirkor ro’yxatdan o’tishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak; belgilangan shaklda ariza-xabarnoma; belgilangan ro’yxatdan o’tish yig’imini to’laganligi to’g’risidagi bank to’lov hujjati; Yuridik shaxs bo’lmagan dehqon xo’jaliklarini ro’yxatdan o’tkazish ham yakka tadbirkorlarni ro’yxatdan o’tkazish tartibida amalga oshiriladi. Faqat qo’shimcha ravishda dehqon xo’jaligini yuritish uchun yer uchastkasi ajratilganligi to’g’risida tuman hokimining qarori kerak bo’ladi, fotosurat esa kerak bo’lmaydi. SHuni tahkidlash lozimki, tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlardagi ma’lumotlarning to’g’riligi va ta’sis hujjatlarining qonunchilikka mosligi uchun ta’sischi javobgar hisoblanadi. 2. Tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish va hisobga qo’yish tartibi Tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish hamda ularni soliq va statisktika organlarida hisobga qo’yish ishlari bir tashkilot tomonidan bir vaqtda amalga oshiriladi. Bu ishlarni bajarish uchun juda qisqa vaqt ajratilgan. Ro’yxatdan o’tkazish uchun ariza taqdim etilgandan boshlab to sub’ektni ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnoma topshirilishigacha ketadigan vaqt 2 ish kunidan oshmasligi kerak. Ro’yxatdan o’tkazish rad etilgan taqdirda, asoslangan rad javobini ariza taqdim etilgan paytdan 3 ish soati ichida arizachiga topshirish lozim. Tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar ularda rad qilish asoslari bori - yo’qligini aniqlash maqsadida o’rganib chiqiladi. Bunday asoslar ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomlarda aniq ko’rsatilgan va ulardan tashqari boshqa asoslar bo’yicha ro’yxatdan o’tkazishni rad qilishga yo’l qo’yilmaydi. Tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazishni rad qilish uchun quyidagilar asos bo’lishi mumkin. Yuridik shaxslar bo’yicha: talab qilinadigan hujjatlarni to’liq taqdim etmaslik; ta’sis hujjatlarida, muhr va tamg’a eskizlarida ko’rsatilgan firma nomining statistika organi bergan ma’lumotnomada ko’rsatilgan nomga mos kelmasligi; ta’sis hujjatlarida, muhr va tamg’a eskizlarida ko’rsatilgan korxona tashkiliy-huquqiy shaklining O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko’rsatilgan tashkiliy-huquqiy shakllari aniq turiga mos kelmasligi; ta’sis hujjatlarida belgilangan nizom jamg’armasi miqdorining O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida tegishli tadbirkorlik sub’ektlari uchun belgilangan miqdoriga mos kelmasligi. Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ muhr va tamg’a eskizlari talablarga mos bo’lsa (mos bo’lmagan taqdirda esa ularni moslashtirib, muhr va tamg’a tayyorlash uchun ruxsatnoma rasmiylashtiradi. Ro’yxatdan o’tkazish ishlari tugagach, ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tadbirkorlik sub’ektini tegishli ma’lumotlari bilan maxsus davlat reestriga kiritadi va ariza bergan shaxsga va tegishli organiarga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi. 1. Yuridik shaxslarga: davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida guvohnoma; "ro’yxatga olindi" degan belgi qo’yilgan va ro’yxatdan o’tkazuvch organ muhri bilan tasdiqlangan ta’sis hujjatlari; ruxsat beruvchi hujjatlar (bunday hujjatlar zarur bo’lgan korxonalar uchun); muhr va tamg’a tayyorlash uchun ruxsatnoma - ularning eskizlari bilan birgalikda. 2. Yakka tadbirkorlar va yuridik shaxs bo’lmagan dehqon xo’jaliklariga: davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida guvohnoma; muhr va tamg’a tayyorlash uchun ruxsatnoma - ularning eskizlari bilan birgalikda (tadbirkorga muhr va tamg’a kerak bo’lsa). 3. Soliq organiga: tadbirkorlik sub’ektining davlat reestriga kiritilgan maTumotlaridan ko’chirma; ariza (ariza-xabarnoma) nusxasi. 4. Statistika organiga: tadbirkorlik sub’ektlari - yuridik shaxslarning davlat reestriga kiritilgan mahumotlaridan ko’chirma; ariza (ariza-xabarnoma) nusxasi. 5. Ichki ishlar organiga: tadbirkorlik sub’ektlari-yuridik shaxslarining davlat reestriga kiritilgan mahumotlaridan ko’chirma; muhr va tamg’adan foydalanadigan yakka tadbirkorlarning davlat reestriga kiritilgan mahumotlardan ko’chirma; muhr va tamg’a tayyorlash uchun ruxsatnoma nusxasi; muhr va tamg’a eskizlari. Ягона дарча марказлари tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlarni olgandan so’ng 2 ish kuni ichida: soliq organi-tadbirkorlik sub’ektini soliq to’lovchi sifatida ham-da budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, Bandlikka ko’maklashish jamg’armasi, Respublika yo’l jamg’armasiga badal to’lovchi sifatida hisobga qo’yadi; statistika organi-ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan berilgan statistikkodlarning tadbirkor (ta’sischi) ning arizasi (ariza-xabarnomasi) da ko’rsatilgan ma’lumotlarga mosligini tekshiradi va ular to’g’ri bo’lsa, korxonalar va tashkilotlar yagona davlat reestiriga kiritadi. Statistik kodlar yoki soliq to’lovchining identifikatsiya raqamiga xatolar mavjudligi aniqlangan taqdirda soliq va statistika organi bu to’g’rida bir ish kuni ichida ro’yxatdan o’tkazgan organga xabar berishi, mazkur organ esa shu muddatda xatolarni tuzatib, ro’yxatdan o’tkazilganlik to’g’risida yangi guvohnoma berishi lozim. Yuridik shaxslar o’z ta’sis hujjatlariga o’zgarishlar va qo’shimchalar kiritsalar, bu to’g’rida 7 ish kuni ichida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, ro’yxatdan o’tkazgan organga taqdim etishlari kerak. Bunday o’zgarishlar va qo’shimchalar 2 ish kuni ichida ro’yxatdan o’tkazilishi va zarur bo’lsa yangi guvohnoma berilishi kerak. Ularning pochta yoki yuridik manzili o’zgarganda, bu to’g’rida 10 kun ichida yozma ravishda xabar qilishi, ro’yxatdan o’tkazuvchi organ esa mazkur o’zgarishlar haqida 2 kun ichida soliq va statistika organlariga bildirishi zarur. Yuridik shaxs bo’lgan tadbirkoriik sub’ektining faoliyat turi va ishlovchilarining o’rtacha yillik soni o’zgarganda tadbirkor yoki uning vakilining ishtirokisiz statistika organi korxonalar va tashkilotlar yagona davlat reestriga taqdim etilgan statistika hisobotiga asosan tegishli o’zgartirishlar kiritadi va bu haqda ro’yxatdan o’tkazgan va soliq organlariga hamda tadbirkoriik sub’ektiga xabar qiladi. Yakka tadbirkorning faoliyat ko’rsatish joyi o’zgarganda bu haqda 10 kun ichida ro’yxatdan o’tkazgan organga xabar berishi kerak. Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ bu o’zgarishlar to’g’risida 2 kun ichida soliq organiga bildiradi. Ro’yxatdan o’tkazuvchi va soliq organlari tadbirkordan xabar kelgan paytdan boshlab 3 kun ichida ro’yxatdan o’tganligi qayd qilingan reestrga va hisobga qo’yish hujjatlariga te gishli o’zgartirishlar kiritib, bu to’g’rida tadbirkorga yozma ravishda xabar berishlari kerak. Бугунги кунда тадбиркорлик субъектларини рўйхатдан ўтказиш ва уларга давлат хизматларини кўрсатиш тизимини янада такомиллаштириш мақсадида Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 1 февралда ПҚ-2750-сонли Қарори қабул қилинди13. Xalq bilan o’tkazilayotgan ochiq muloqotlar, tadbirkorlik sub’ektlari bilan uchrashuvlar litsenziya va ruxsatnoma berish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish jarayonlarida davlat xizmatlarini «yagona darcha» tamoyili asosida ko’rsatishni samarali tashkil etishga to’sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar saqlanib kelayotganini ko’rsatmoqda. Ta’kidlash joizki, tadbirkorlik sub’ektlari o’z faoliyatini boshlashi uchun hanuzgacha turli davlat organlariga murojaat etishga majbur bo’lmoqda, litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish jarayonlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan zarur darajada foydalanilmayapti, ko’pchilik davlat xizmatlari, afsuski, hali ham an’anaviy usullarda, qog’oz shaklida ko’rsatilmoqda. Xorijiy tajriba shuni ko’rsatmoqdaki, «yagona darcha» markazi kabi institutlar davlat xizmatlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda hamda davlat organlarining tadbirkorlik tuzilmalariga o’z vaqtida ko’maklashishga doir faoliyati samaradorligini oshirishda muhim o’rin tutadi. Mazkur sohada tadbirkorlik sub’ektlari ko’targan dolzarb muammo va takliflar, o’tkazilgan o’rganishlar natijalaridan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko’rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori qabul qilindi. Qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar davlat xizmatlarini ko’rsatish jarayonida sansalorlik, byurokratik to’siqlar va rasmiyatchilik holatlari vujudga kelishiga yo’l qo’ymaslikka, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo’llash orqali ularning sifati va samaradorligini tubdan oshirishga qaratilgan. Qarorga muvofiq tuman va shaharlarda faoliyat ko’rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga «yagona darcha» tamoyili asosida davlat xizmatlarini ko’rsatish markazlari tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasidan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqaruviga o’tkazilmoqda. Bu esa «yagona darcha» markazlarini samarali boshqarish, ularning faoliyatini va boshqa davlat organlari bilan o’zaro hamkorligini tashkil etishga nisbatan tizimli yondashuvni belgilash imkoniyatini beradi. Banklar va kredit byurolari, ularning filiallari va vakolatxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish «yagona darcha» markazlari zimmasiga yuklatilmoqda. Bunday chora tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish va hisobga qo’yishning mavjud tarqoq tizimi o’rniga yangi, yaxlit tizimni yaratishga qaratilgan. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi «yagona darcha» markazlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni hamda tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko’rsatishga oid qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli organ etib belgilandi. Mazkur vazifalarni bajarish uchun O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Davlat xizmatlarini ko’rsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi, joylarda esa uning hududiy bo’limlari tashkil etiladi. «Yagona darcha» markazlari orqali davlat xizmatlarini sifatli va samarali ko’rsatishga to’sqinlik qiladigan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal etish uchun tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko’rsatish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika va hududiy komissiyalar tashkil etilmoqda. Mazkur komissiyalar tizimli ravishda, shu jumladan joylarda xalq bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilish orqali muammolarni aniqlash va davlat xizmatlarining sifati, ochiqligi va shaffofligini oshirishga qaratilgan zarur choralarni ko’rish bilan shug’ullanadi. «Yagona darcha» markazlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 16 turdagi ruxsatnomalarni boshqa idoralarga bormasdan rasmiylashtirish amaliyoti sansalorliklarning oldini olishga, tadbirkorlik sub’ektlarining vaqti va moddiy sarf-xarajatlarini tejashga ko’maklashdi. Ana shunday ijobiy amaliyotni yanada kengaytirish maqsadida qarorda talab eng yuqori bo’lgan qo’shimcha 86 turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni «yagona darcha» markazlari orqali rasmiylashtirish mexanizmini bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutilmoqda. Endilikda tadbirkorlik sub’ektlari yuqoridagi litsenziya va ruxsatnomalarni olish uchun boshqa idoralarga bormasdan, ularni aniq muddatlarda beradigan «yagona darcha» markazlariga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. «Yagona darcha» markazlari barcha zarur kelishish tartib-taomillarini tadbirkorlik sub’ekti ishtirokisiz mustaqil amalga oshiradi. Bundan tashqari, 2018 yil 1 yanvardan boshlab «yagona darcha» markazlari orqali taqdim etiladigan litsenziya va ruxsatnomalarni qog’oz shaklidagi maxsus blankalarda majburiy rasmiylashtirish talabi bekor qilinadi. Bunda berilgan, to’xtatib qo’yilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, shuningdek amal qilishi tugatilgan ruxsatnoma va litsenziyalar to’g’risidagi ma’lumotlarni «Litsenziya» axborot tizimlari majmuasi orqali olish imkoniyati yaratiladi. 2017 yilning I choragidan ishga tushiriladigan «Litsenziya» axborot tizimlari majmuasi: tegishli davlat organiga bormasdan turib, «yagona darcha» tamoyili bo’yicha davlat xizmatlarini elektron shaklda olishga; ruxsatnoma va litsenziyalar olish tartibi va muddatlari haqidagi, shuningdek ruxsatnoma va litsenziyalar reestridagi ma’lumotlardan masofadan turib foydalanishga; «yagona darcha» markazlari orqali ko’rsatilayotgan davlat xizmatlari bo’yicha ruxsatnoma va litsenziya berish haqidagi arizalarni ko’rib chiqish jarayoni va natijasini, qaerda va qay tarzda murojaat etganidan qat’i nazar, kuzatishga imkoniyatlar yaratadi. Qarorni amalga oshirish, shubhasiz, tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko’rsatishni yangi sifat bosqichiga ko’tarishga, aholining davlatga nisbatan ishonchini oshirishga, «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan ezgu g’oyani hayotga joriy etishga ko’maklashadi.
G’oya,g’oya samaradorligi, shakllantirish muammolari, moliyaviy, texnik-texnologik, ekologik, kadrlar muammolari, g’oyani amalga oshirish kontseptsiyalari, printsiplari, korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi, korxonaning nizomi, ta’sis xujjatlari. Nazorat va muhokama uchun savollar Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishning huquqiy asoslari nimalardan iborat? Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, mohiyati va ahamiyatini izohli ifodalab bering. Tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy koidalari nimalardan iborat? Korxonani tashkil etish, ish yuritish, boshqarish tartibini izohlab bering. Tadbirkorning xuquq va burchlari nimalardan iborat? Korxonada moliya va kredit munosabatlari qanday amalga oshiriladi? Davlat tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini rag’batlantirish va qo’llab- quvvatlash yo’nalishlari nimalardan iborat? Korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyat yuritish tartibi qanday? Korxona faoliyatini nazorat qilish, tugatish va qayta tashkil etish shartlari nimalardan iborat? Yangi korxonani tashkil etish tartibi qanday? Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs bo’lmasdan tashkil etilgan dehqon xo’jaliklarini davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi qanday? Ro’yxatdan o’tkazish jarayonidagi mahmuriy to’siqlar qanday? Ro’yxatdan o’tqazish jarayonini takomillashtirish chora tadbirlari xaqida so’zlab bering. Sizning fikringimzcha yana qanday choralarni amalga oshirish mumkin? Yangi korxonani litsenziya olish tartibi qanday? 16. Ro’yxatdan o’tkazish jarayonidagi Inspeksiyaning vazifasi nimadan iborat? 17.Tadbirkorlik sub’ektlarini yuridik shaxslarni sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi qanday? 6-Mavzu. KICHIK BIZNES KORXONALARI FAOLIYATINI REJALASHTIRISH Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikfaoliyatini rejalashtirishning maqsadi va vazifalari. Rejalashtirish turlari. Kichik biznes korxonalarini rejalashtirish tartibi. Kichik biznes faoliyatini rejalashtirish bosqichlari va ularni takomillashtirish Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi va vazifalari Kichik va xususiy tadbirkor korxonalar o’z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi, xom-ashyo resurslari va materiallarning mavjudligini hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga, bajarilayotgan ishga, ko’rsatilayotgan xizmatga bo’lgan talablarni hisobga olib, taraqqiyot istiqbollarini belgilaydi. Tadbirkorlikda biznesda muvaffaqiyat qozonishda yaqin va uzoq kelajakdagi maqsadlar va vazifalarni yaxshiroq anglab olish, aniqroq tasavvur qilish. ularni to’g’ri baholash va qo’yish muhim rol o’ynaydi. Bu ishlarni aniq bir tartibda amalga oshirish rejalashtirish orqali ta’minlanadi. Bundan tashqari. amalga oshirish ko’zda uuilgan faoli-yatni chuqurroq va to’liqroq tushunish. aniqroq tasavvur etish uchun uni rejalashtirish zarur. Rejalashtirish - bu ma’lum davrda mo’ljallangan maqsadga erishish uchun bajarilishi zarur bo’lgan harakatlar, ishlar, tadbirlar, vazifalar va ularni amalga oshirish aniq tartibi. izchilligi, muddatlari. harajatlarini aniqlash hamda ularni muvofiqlashtirish jarayonidir. Rejalashtirish butun faoliyatni tartibga solish jarayoni bo’lib, tadbirkorlik sub’ektlari-ning kelajakdagi harakatlarini aniqlash. asoslash. belgilash. izohlash, nazorat etishga xizmat qiladi. U tadbirkorlik sub’ekti tomonidan belgi-langan davr mobaynida bajarilishi zarur bo’lgan vazifalar aniqlashtirilgan rejalarda o’z aksini topadi. Rejalashtirishning asosiy bosqichlari quyidagicha ko’rinishlari mavjud: 1. Atrofdagi bor imkoniyatlarni diqqat bilan kuzatish biznesda duch kelishi mumkin bo’lgan xatarlarni xam kuzatish 2. Biznesda muvofaqqiyatga olib boruvchi omillar kalitini aniqlash 3. Atrofdagi raqobatni tahlil qilish. 4. Strategik imkoniyatlarni xisoblash va muqobil strategiyani tanlash 5. Rejadagi ishlarni amaliy xarakatda qo’llash14. Demak, bunday jarayon natijalari aks ettiriladigan hujjat reja yoki bizns-reja bo’lib hisoblanadi. Reja - bu mo’ljallangan maqsadga erishishni ta’minlaydigan o’zaro muvofiqlashtirilgan harakatlar, ishlar, vazifalar va ularni bajarish tartibi, izchilligi, muddatlari, sarf-harajatlari batafsil aniqlangan va aks ettirilgan hujjatdir. Rejalashtirish boshqaruv va xo’jalik qarorlari qabul qilishning uzluksiz bir jarayoni bo’lib, bu jarayon davomida tadbirkorlik faoliyati va rivojlanishining maqsad va vazifalari. tadbirkorlik muhitidagi o’zgarishlarni inobatga olgan holda vaqt bo’yicha aniqlanadi va belgilanadi hamda ularni ro’yobga chiqarish uchun kerakli resurslar aniqlanadi. Tadbirkorlikda rejalashtirishning zaruriyati va ahamiyati quyidagi holatlarda namoyon bo’ladi: tadbirkorlik g’oyasi va ishini yaxshiroq tushunish va aniqroq tasavvur etish; tadbirkorlik g’oyasini ro’yobga chiqarishga ishonch hosil qilish; ishning istiqbolini aniqlash va prognoz qilish; -maqsadlarni aniq ifodalash. shakllantirish. qo’yish; maqsadga erishish yo’llarini aniqlash. baholash. tanlash; maqsadga erishish uchun kerakli resurslar va ulaming manbalarini aniqlash; resurslarni samarali taqsimlash va yo’naltirish; mashul xodimlarga aniq vazifalar qo’yish; ish jarayonida uchrashi mumkin bo’lgan xavf-xatarlami oldindan aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini belgilash; tadbirkorlik strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish; -olinadigan foydani samarali yo’naltirish va ishlatish; ishning borishini nazorat qilib borish; tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarish. Bozor iqtisodiyoti rivojianib borgan sari rejalashtirishning ahamiyati ortib, zaruriyati sezilib boradi. Rejalashtirish tadbirkorlik faoliyati istiqbollarini chuqurroq o’rganish, qo’yilgan maqsadga erishishda kuch-g’ayratni muvofiqlashtirish va aniq yo’naltirish, ishni borishini aks ettiruvchi ko’rsatkichlarni aniqlash, bozordagi kutilmagan o’zgarishlarga tayyor bo’lish rahbarlar va xodimlarning majburiyatlari va mashuliyatlarini belgilashda katta ahamiyat kasb etadi. Bizne-reja tadbirkor uchun faoliyatining strategik yo’nalishlari va maqsadlari, ularni ro’yobga chiqarish shart-sharoitlari va muddatlarini belgilash imkoniyatlarini ta’minlaydi. Ayni paytda, u tadbirkorning kundalik va moliya-xo’jalik faoliyati asosini tashkil etadi va faoliyat natijalarini muntazam nazorat qilib borish uchun muhim rol o’ynaydi. Tuzilgan rejalar esa xodimlar uchun tadbirkorlik faoliyatining boshlang’ich nuqtasi, rejalashtirish va ijrochilik intizomi uchun bazis bo’lib xizmat qiladi. Rejalashtirish tadbirkorga, korxona rahbariyatiga marketing, moliya, menejment (boshqarish) sohalarida strategiyaning variantlarini shakllantirish va sinab ko’rish, asosiy prognozlarning oqibatlarini tahlil qilish imkonini beradi. Rejalashtirish jarayoni tadbirkor va uning xodimlarini mazkur ishning raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi aniq sharoitlar va omillarni tahlil qilishga majbur etadi. Natijada bizne-reja tuzishda ishtirok etuvchi tadbirkor va xodimlarga har tomonlama takomillashib borish va boshqarish strategiyasini shakllantirish imkoniyatini beradi va shunday qilishga undaydi. "
1 yilgacha muddataa tuziladigan qisqa muddatli reja (u joriy reja hisoblanadi); 1 yildan 5 yilgacha muddatga tuziladigan o’rta muddatli reja. 5 yil va undan ortiq muddatda tuziladigan uzoq muddatli reja (u ham istiqbolli reja hisoblanadi). 2. Maqsadi va harakteri bo’yicha: strategik reja; operativ reja. 3. Miqyosi (ko’lami) bo’yicha: umumiy reja; xususiy rejalar; alohida rejalar. Strategik reja tadbirkorlik sub’ektlarining maqsadi va imkoniyatlarini o’zaro strategik muvofiqligini ta’minlash va ushlab turishga mo’ljallangan rejadir. U korxona doirasida tuziladigan barcha turdagi rejalar uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Strategik rejalashtirish quyidagi to’rt bochqichda amalga oshiriladi va shunga mos ravishda to’rt qismdan iborat bo’ladi: korxonaning asosiy strategik maqsadini aniqlash. shakllantirish, asoslash, ifodalash: har bir boshqarish bo’g’ini va boshqaruvchining vazifalarini aniqlash va belgilash; faoliyat turlarining foydalilik darajasini baholash va shunga muvofiq resurslarni taqsimlash: faoliyatning o’sish (rivojlanish) strategiyasini aniqlash. Operativ reja - har bir ish joyi va uchastkada hamda har bir ishchi tomoni dan ish kuni, haftasi, oyida bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar, ishlar rejasidir. Umumiy reja tadbirkor faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olib, uning umumiy rivojlanishini aks ettiradigan reja hisoblanadi. Xususiy rejalar faoliyat yo’nalishlari va turlari bo’yicha alohida rejalar esa alohida funktsiyalar, vazifalar, masalalar bo’yicha tuziladigan rejalardir. Keyingi paytlarda tadbirkorlik faoliyatini, biznesni rejalashtirishda yangicha yondashuv keng o’rin egallab bormoqda. Bu yangi yondashuv uzluksiz rejalashtirish bo’lib, quyidagi tarzda amalga oshiriladi. Amal qilayotgan uch yillik yoki besh yillik istiqbolli rejaning muddati tugagandan so’ng yana shuncha muddatga yangi reja tuzish emas, balki har yili istiqbolli rejaning birinchi yili chiqarilib, oxiriga yangi bir yil qo’shib boriladi. Hisobot yili oxirida yangi yilga joriy rejatuz ish uchun istiqbolli rejaning birinchi yili ko’rsatkichlari batafsillashtirilib, joriy rejaga aylantiriladi, istiqbolli rejaning qolgan yillariga keyingi yana bir yil qo’shiladi va unga tegishli ko’rsatkichlar belgilanadi, istiqbolli reja davom ettiriladi va to’liq holatga keltiriladi. Bunday rejalashtirishning afzalligi shundan iboratki, u vaqti-vaqti bilan uzilib turadigan tsiklli ja-rayon emas, balki uzluksiz, izchil, yagona jarayon tusini oladi. Bu esa tadbirkorlik faoliyatining uzluksizligi, samaradorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Rejalashtirish istiqbolli strategik reja tuzishdan boshlanadi. Istiqbolli rejada tadbirkorlik faoliyatining shu davrga belgilangan maqsadlari, ularga erishishga mo’ljallangan foydani olishga ta’sir etuvchi omillar va kerakli strategiyalar, harajatlar va kutilgan daromad umumiy ko’rinishda aks ettiriladi. Joriy reja istiqbolli rejaning birinchi yili uchun belgilangan ko’rsatkichlar batafsil, aniq, mufassal holatga keltirilgan variantidir. Bu rejada joriy yilga belgilangan maqsadlar va ularga eri-shish imkoniyatlari, mavjud muammolar va uchrashi mumkin bo’lgan xavf - xatarlar, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari, mo’ljallangan natijalarga erishish uchun bajarilishi zarur bo’lgan ishlar va harakatlar, ularni amalga oshirish bosqichlari, muddatlari, xavf-xatarlari, mashul ijrochilari aniqlangan va belgilangan harakatlar dasturi, uning bajarilishini nazorat qilish tartibi va boshqa muhim masalalar o’z aksini topadi. Bu reja faoliyatning barcha sohalari, turlari, jarayonlari, bosqichlari, ishlari, harakatlarini o’zaro muvofiqlashtirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. SHunday qilib, rejalashtirish shakllangan vaziyatni aniqroq, har tomonlama ko’rish, tizimli tasavvur qilish, tadbirkor kuch-g’ayratini yaxshiroq muvofiqlashtirish, vazifalarni aniqroq qo’yish, natijalarni qiyosiy baholash, mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasini aniqlashga yordam beradi. Bu esa mahsulot sotishni va foydani oshirishga olib keladi. Tayanch iboralar Reja, rejalashtirish, rejalashtirishning zaruriyati, rejalarning turlari, joriy reja, o’rta muddatli reja, istiqbolli reja, strategik reja; operativ reja,umumiy reja, xususiy rejalar, alohida rejalar.
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling