Menejment kafedrasi


G’oyani tanlash qoidalari


Download 0.61 Mb.
bet7/24
Sana01.10.2020
Hajmi0.61 Mb.
#132098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
Kichik biznes va tadbirkorlik 090220154339

G’oyani tanlash qoidalari

  • «Men tadbirkor bo’lishni xohlayman va bo’la olaman» degan qarorga keling.

  • Biznesni qaysi turi bilan shug’ullansangiz, qanday qilsa yaxshi bo’lishi mumkinligi to’g’risida doimo:ovqatlanayotgan paytingizda, dam olayotganingizda, sayr qilayotganingizda, gazeta-jurnallarni o’qiyotganingizda, reklamani eshitayotganingizda va hatto uxlayotganingizda ham o’ylang.

  • Siz tadbirkorlik potentsialiga egasiz, muvaffaqiyatga erishishingiz

  • mumkin bo’lgan ko’pgina sohalar mavjud. Sohalarni tahlil qiling, o’zingizni o’rganing, o’z imkoniyatlaringizga mosini tanlang va yangi imkoniyatlarni aniqlang.

  • Sizda g’oya paydo bo’lgandan so’ng, uni doim o’ylang, har tomonlama o’rganing, rivojlantiring, oydinlashtiring, yangilang.

  • G’oyani shoshilmay, puxta o’ylang va tanlang, hamda qunt va g’ayrat bilan tezda amalga oshiring.

  • Xatolaringizdan qo’rqmang, ruhingizni tushirmang, o’z harakatlaringizni ayovsiz tahlil qiling, qaerda xatoga yo’l qo’yganingizni aniqlang, tez moslashuvchan va uddaburon bo’ling, xatolaringizni o’z vaqtida tuzatishga odatlaning (harakat qiling).

Tabiiyki, sizning tadbirkorlik imkoniyatlaringizga mos keluvchi tovarlar va xizmatlar turlari tadbirkorlik g’oyasini tanlash ob’ekti bo’lib xizmat qiladi.

Tadbirkorlik g’oyasini tanlash, shakllantirish uslubi, ko’p jihatdan ixtirochilik g’oyalarini izlashga o’xshab ketadi. Bu masalani hal qilishning bir necha o’nlab usullari mavjud: morfologik usul, “fikrlar hujumi”, IMEN (ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi), nazorat savollarini og’zaki tushuntirish va boshqalar.

Tadbirkorlik g’oyasini tanlashda g’oyani har tomonlama o’rganish va tahlil qilish usuli hisoblangan «fikrlar hujumi» asosida tadbirkorlik g’oyasini tanlash maqsadga muvofiqdir.

Bu usulning mohiyati tovarlar va xizmatlar parametrlarini o’zgartirish mumkin bo’lgan yo’llarni o’rganishda nostandart yondashishni rag’batlantirishni ongli ravishda his qilishdan iborat. Bunda g’oyaning paydo bo’lish jarayoni uni baholash va tahlil qilish bilan cheklanadi. Sababi, ko’tarib chiqilayotgan (taklif qilinayotgan) g’oega qarata aytilayotgan tanqidiy mulohazalar g’oyani paydo bo’lishiga to’sqinlik qiladi va to’xtatib qo’yadi. Ko’zlangan maqsadni amalga oshirish uchun qilinishi lozim bo’lgan ishlar to’g’risida maxsus kengash o’tkazilishi tavsiya qilinadi, lekin shuni nazarda tutish lozimki, taklif qilinayotgan g’oya qanchalik noo’rin bo’lishidan qathiy nazar uni tanqid qilishga ruxsat berilmasligi kerak. Kengashdan so’ng barcha g’oyalar atroflicha o’rganib chiqiladi, mahqullari tanlab olinadi, eng istiqbolli g’oyalarni ishlab chiqishga kirishiladi.

Tadbirkorlik g’oyasini amalga oshirishni tashqi va ichki omillarga bog’liqligi (5-rasm).9

Talab qonuniyatlari asosida

Potentsial raqobat asosida




Fan va texnika yutuqlari asosida

Tovar bozori asosida



TADBIRKORLIK G’OYALARI



Iqtisodiyotga oid fanlarni o’rganishdan olgan bilimlar asosida


Struktura va geografik taxlil asosida



Ishlab chiqarilayotgan maxsulot taxlili asosida

5-rasm.Tadbirkorlik g’oyasini shakllantirish manbalari.




Biznesning qaysi turini tanlagan ma’qul?
Biror korxonaga egalik qilish, do’konni boshqarish, o’z ishini boshlashni orzu qilmaydigan odamning o’zi bo’lmasa kerak. Ayniqsa, ishdan keyin charchab uyga qaytayotganda, rahbar bilan kelisholmay qolganda, tuzukroq ish topolmay qiynalib yurganda shunday fikrlar xayollarni chulg’aydi.

O’zingni oq ko’ylak, kostyum-shimda, yap-yangi yarqirab turgan qimmatbaho mashinada, atrofing to’la odam, hammasi buyruqlaringni bajarib yurganday his qilasan. CHo’ntaging esa mullajiring bilan to’la... Hayotda emas, ertakdagidek yurishing ko’z oldinga keladi. Sizni ham shunday orzu-xayollar hayotingiz mobaynida bir marta bo’lsa ham o’z olami sari yetaklagani tayin.



 Ammo o’z ishini ochib, uni yurgizish oson emasligini hamma biladi. Olma pish - og’zimga tush, deb o’tiravergan bilan ish bitmasligini ham. Buning uchun jiddiy yondashuv, mashaqqatli mehnat talab etiladi. Yeng shimarib ishga kirishishdan oldin esa, biznesning aynan qaysi turi sizga to’g’ri kelishini aniqlashtirib olish talab etiladi.

 


Biznesning qaysi turi: asosiy masalalar
Kichik va xususiy tadbirkorlik sohasidagi firmalarning aksariyati omadi yurishmasligining asosiy sababini bilasizmi? Buning sababi: odamlar daromadli ishni boshini tutish qay darajada murakkab ekani, buning uchun qancha vaqt talab etilishi, qancha mehnat qilish kerakligi va tayyorgarlik jarayoni qanchalik jiddiy bo’lishi kerakligini tasavvur qila olishmaydi.

Biznesning aynan sizga mosini tanlash uchun quyidagilarni inobatga olish zarur:

 1. Bozorda bu mahsulot/xizmat turiga bo’lgan talab.

Masalan, oziq-ovqat  mahsulotlari hammaga har doim kerak. Baliqchilik anjomlari esa faqat tor doiradagi odamlarga vaqti-vaqti bilan asqatishi mumkin.

 2. Sohaning bandlik darajasi.

Agar siz yashaydigan hududda har 5 metr masofada dorixona joylashgan bo’lsa, yana bitta shunday muassasa qurishga hech qanday hojat yo’q.

 3. Tovar narxining olinishi mumkin bo’lgan daromad bilan o’zaro nisbati.



5 mln. so’m topish uchun nechta paypoq sotishingiz kerak? Sport kiyimlarini-chi? Paltolarni-chi?

 


4. Sohadan qanchalik boxabar ekaningiz.

Masalan, karemat va koridor o’rtasidagi farq qanday bo’lishini bilmasangiz, sayyohlik tovarlari do’konlarini ochishingizning hojati yo’q. Avval nazariya bilan tanishib chiqing. Sotuvchi bilsa bo’ldi-da, deb unga ishonish yaramaydi.

 5. Siz ishlamoqchi bo’lgan hudud aholisining darajasi.

Masalan, qishloq joyda Yevropa standartlari asosida qurilgan qimmatbaho tamaddixonaga hech kim kirmaydi. Kafe, choyxona, veterinar klinika esa odamlar bilan gavjum joyga aylanish ehtimoli ancha katta.

 6. Tovarning barcha mavsumlarga mosligi.

Ishlab chiqariladigan tovar yilning barcha fasllarida ommabop bo’lishiga e’tibor qaratish lozim. Masalan, karnaval kostyumlari asosan bayramlar arafasida sotib olinadi.

 7. Hisob-kitoblar.

Qancha pul sarflab qancha daromad qilishingizni oldindan hisoblab chiqishingiz kerak. Kommunal xizmatlar to’lovlari, xodimlarning maoshlari, soliqlar, kerakli materiallar va tovarlarga ishlatiladigan mablag’larni chiqarib tashlaysiz.



  Muvaffaqiyatlar va omadsizliklar omillari

 


Ikki odam bir vaqtning o’zida biznesni yo’lga qo’yishga qaror qilishdi. Ammo ular erishgan natijalar bir-biridan tubdan farq qilardi. CHunki ularning biri shug’ullanishni boshlashidan oldin sohani yaxshilab o’rgandi, boshqasi esa tavakkaliga dabdurustdan ish boshlab qo’ya qoldi.

 Masalan, Anora ko’chmas mulk agentliklaridan birida ishlab yurgan paytlari o’z ishini yo’lga qo’yish haqida o’ylab qolgandi. U firmada uch yildan beri ishlar, sohada ancha-muncha tajribaga ega edi.

 Odamlar bilan oson muloqotga kirishar, hujjatlarini tezda rasmiylashtirib beradigan tanish yuristlari ham ko’p edi. Buning ustiga oz bo’lsa-da, mijozlar ham orttirgan edi.

 1. Anorada biznesni yo’lga qo’yish uchun faqat bir narsa — boshlang’ich kapital yetishmasdi. Bankdan qarzdor bo’lishni istamagan Anora bir yil davomida ul-buldan chegirib, oylik ish haqini  yig’di. O’tgan vaqt ichida ancha-muncha mablag’ to’plab qo’ydi. Yetmagan qismini esa xolasidan oldi. Sabri va mashaqqatining mevasi o’laroq ikki yilda uning ko’chmas mulk agentligi shahardagi eng yaxshi agentliklar qatoriga qo’shildi.

 2. Komil esa har kuni erta tongdan ishga otlanmaslik, saxar turmaslik, bekorchi vaqti ko’proq bo’lishini o’ylab tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishga qaror qildi. Negadir avtomobilь ehtiyot qismlari savdosi unga boylik keltirishiga amin edi. Ammo o’z mashinasi yo’q, hatto avtotovarlar haqida yetarli ma’lumotlarga ega emasdi.

 Boshlang’ich kapitali ham yo’q bo’lgani bois oyisining nomidagi uyni garovga qo’yib, bankdan kredit olishga qaror qildi. Avtodo’kon zo’r-bazo’r 8 oy faoliyat yuritdi. Keyin kamomadi sababli uni yopishga to’g’ri keldi. Ko’chada qolib ketmasliklari uchun onasining ish haqini ham bankka to’lashlariga to’g’ri kelayapti.  



Zamona zayliga qanday biznes to’g’ri keladi?

 Biznes yo’nalishini belgilab olish oson ish emas. Ayniqsa, tanlagan sohangiz bo’yicha hech qanday malakangiz bo’lmasa, bu yo’l siz uchun juda murakkab bo’ladi.

 Aytaylik, pardozchi, sartarosh, tish doktori qanday xizmat ko’rsatishi mumkinligini yaxshi biladi. Gumanitar sohani tanlaganlarga esa qanday yo’nalishda biznes ochish masalasi ko’ndalang bo’lganda, tanlov masalasi ancha paytgacha ko’ndalang turaveradi.

 Bunday vaziyatda bugun bozorda qaysi tovarlar va qanday xizmatlarga talab kattaligini tekshirish yordam berishi mumkin.

 Masalan, odamlarga doim zarur bo’lgan narsalar:


  • oziq-ovqat;

  • qimmat bo’lmagan, ammo sifatli kiyim-kechak;

  • uy hayvonlarini boqish uchun yem-xashak;

  • dori-darmon, o’qish, ta’mirlash, tozalash ishlari, tyuk va odam tashish va hokazo.

 Oddiy yoki g’ayrioddiy

 Tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ommabop bo’lgan yo’nalishlardan birini tanlash (agar taklif talabdan ortiq bo’lmasa) yo bo’lmasa, o’ziga xos yo’nalishni kashf etish kerak.

 Agar sarmoyadorlar muayyan yo’nalish uchun pul ajratishni istamasa yoki mijozlar uni sotib olishmasa bunga faqat quyidagi uchta sabab “aybdor”dir:

 1.   Siz sotish usullarini yaxshi bilmaysiz;



2.   Siz qanday mahsulot sotishni bilmaysiz;

3.   Siz kimga sotishni bilmaysiz.

 Katta mablag’larsiz biznes boshlashning yaxshi imkoniyatlaridan biri — internet do’kon. Rivojlangan davlatlarda axborot texnologiyalari shunchalik kundalik turmush tarziga singib ketganki, usiz bir lahzani ham tasavvur eta olishmaydi.

 Internetga kirib istagan mahsulotlarini tanlashadi va zum o’tmay, uddaburro tadbirkorlar tovarni mijozning xonadoni ostonasiga eltib berishadi. Bozorma-bozor, do’konma-do’kon aylanib, izlab yurishning esa hech qanday hojati yo’q.

 Kattaroq tovarlardan - televizormi, kir yuvish mashinasi kabilarni uyga qaysi mashinada olib kelaman deb bosh qotirib o’tirishmaydi ham. Eng qizig’i, bunday usulda olingan tovar do’konlardagidan ancha arzonga ham tushadi.

 Tadbirkorlikni boshlashdagi eng asosiy qiyinchiliklardan biri odamlarning ishonchini qozona olish. Endigina bozorga kirib kelgan “yangilarning” oyoqqa turib olishi uchun ancha-muncha vaqt ketadi. Ammo boshqa biror kimsa taklif eta olmaydigan usullarni o’ylab topsangiz, marra sizniki! Muvaffaqiyat qozonishingiz turgan gap.

3. Tanlangan g’oyani texnik-iqtisodiy jixatdan asoslash

O’zingizga mos bo’lgan biznes sohasini tanlab olgach, sizni qiziqtirayotgan g’oyalarning qaysi birini qo’llash maqsadga muvofiq bo’lishini aniqlash uchun ularning iqtisodiy samaradorligini taxlilil qiling va ulardan eng qulayini tanlang. Tadbirkorlik g’oyasini iqtisodiy samaradorligini aniqlovchi mezonlardan biri foydadir. Foyda balans va sof foydaga bo’linadi.

Balans foyda mahsulotni sotishdan keladigan tushum bilan ularni ishlab chiqarish va sotishga sarflangan xarajatlarning ayirmasi sifatida aniqlanadi:

(1)

Sof foyda esa, balans foydadan soliq to’lovlari ayirmasiga teng:

(2)

Rentabellik quyidagicha aniqlanadi.



(3)

Kapital qo’yilmalar TG’ samaradorligida muhim o’rin tutadi. Tadbirkorlik faoliyatini endigina boshlayotgan kishilar uchun kamroq kapital qo’yilma talab qiladigan sohalar - konsalting, servis, savdo, vositachilik, reklama xizmatlaridan boshlash qulaylik tudiradi.

Kapital qo’yilmalar quyidagi formula orqali aniqlanadi:

(4)

Tadbirkorlik g’oyasini amalga oshirishdan kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik quyidagi ketma-ketlikda taxlilil qilinadi:



  1. O’z biznesingizni tashkil qilish va ro’yxatdan o’tkazish xarajatlari (X1) ni hisoblang.

  2. Mahsulot (xizmat) ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish bazasini yaratishga sarflangan xarajatlarni (kapital qo’yilma) (X2) hisoblang.

  3. Mahsulot (xizmat)ni ishlab chiqarish joriy xarajatlarini (X3) hisoblang.

  4. Mahsulot (xizmat)ni sotish xarajatini (X4) hisoblang.

SHunday qilib,


yoki



bunda,


N - mahsulot miqdori.

  1. Mahsulot (xizmat) bahosini belgilang.

  2. Kutilayotgan tushumni (T) hisoblang.

  3. Kutilayotgan balans foydani (Fb) hisoblang.

  4. Balans foydadan to’lanadigan soliq va to’lovlarni (S) hisoblang.

  5. Sof foydani (Fs) aniqlang.

  6. Bordiy-u, hisob-kitoblar sof foydaga erishilmaganligini ko’rsatsa, u holda tanlangan g’oya samarasiz hisoblanadi yoki sotish narxini o’zgartirgan holda hisoblar qaytadan qilinadi.

Kapital qo’yilmalar (mingso’m)

1-jadval.



Tadbirkorlik g’oyalari

(g’oya nomlari to’liq yoziladi)



Xarajat turlari

Bahosi

Jami


g’oya










2-jadval

Joriyxarajatlar



Tadbirkorlik g’oyasi

(g’oya nomi to’liqyoziladi)



Moddalar bo’yicha xarajatlar

Jami

Ish xaqi

Xom

ashyo

Amorti

zatsiya (maydon)

El.ener

giya

Ijtimoiy sug’o’rta

Boshqa xarajatlar




g’oya






















3-jadval


Mahsulot (xizmatlar)ning eng kam bahosi

(keltirilganhisob-kitoblar asosida belgilanadi)



Tadbirkorlik g’oyasi

Bir yillik xarajat, ming so’m

Mahsulot birligi tannarxi, m.s.

Sof

daromad 30%

Mahsulot (xizmat)

bahosi

g’oya














4-jadval
Tadbirkorlikg’oyasiniamalgaoshirishdarejalashtirilayotganfoyda

Tadbirkorlik g’oyasi

Tushum

(T)

Xarajat

(X)

Daromad

(D)

Foyda (soliqlar to’langandan so’ng)

g’oya















5-jadval
Iqtisodiyko’rsatkichlar .

Tadbirkorlik g’oyasi

Rentabellik,%

Xarajatlarni qoplash muddati, yil

g’oya







Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling