Menejment kafedrasi


Xususiy korxona - bu mulkdor


Download 0.61 Mb.
bet5/24
Sana01.10.2020
Hajmi0.61 Mb.
#132098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Kichik biznes va tadbirkorlik 090220154339


Xususiy korxona - bu mulkdor - yagona jismoniy shaxs tomonidan tuziladigan va boshqariladigan tijorat tashkiloti, korxonasidir. U tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri bo’lib hisoblanadi. Xususiy korxona o’z egaligida alohida mol-mulkka ega bo’ladi, o’z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’lishi hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlar olishi va ularni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin. Xususiy korxona o’z maj-buriyatlari bo’yicha o’ziga qarashli butun mol-mulki, u yetishmagan taqdirda korxonani tuzgan mulkdorning mol-mulki bilan javob beradi. Xususiy korxona to’liq firma nomiga ega bo’lishi lozim va uning fir­ma nomi "xususiy korxona" so’zini o’z ichiga ollishi kerak. Bundan tashqari, u qisqartirilgan firma nomiga ham ega bo’lishi mumkin. U firma nomi va manzili aks ettirilgan muhri va tamg’asiga, mustaqil ba-lansiga ega bo’ladi, belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi yuritadi va hisobotlar topshiradi, bankda hisobvaraqlar ochadi.

Xususiy korxona mulkdor tomonidan nomuayyan muddatga tuziladi, mulkdor unga teshgishli mol-mulk beradi va uning nizomini tasdiqlaydi. Xususiy korxonaning ta’sis hujjati nizom bo’lib, unda quyidagilar ko’rsatiladi:

  • korxonaning firma nomi;

  • uning pochta manzili;

  • maqsadi va vazifalari;

  • asosiy faoliyat turlari;

\ - uni tuzgan mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi va ya-shashjoyi;

-nizom jamg’armasining miqdori va boshqalar.

Xususiy korxona mulkdorining asosiy huquqlari quyidagilar:

  • korxona rahbari sifatida uni yakka boshqarish;

  • korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko’rish;

  • korxona pul mablag’lari va boshqa mol-mulkini tasarruf etish;

  • shartnomalar tuzish;

  • ishonchnomalar berish;

  • korxonani tuzish, qayta tashkil etish va tugatish to’g’risida qaror qabul qilish;

  • korxona nizomini tasdiqlash, unga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish;

  • barcha xodimlar uchun majburiy bo’lgan buyruqlar chiqarish va ko’rsatmalar berish;

  • ishchi - xodimlar yollash;

  • o’z xodimlariga ish haqini qonunlarga muvofiq mustaqil belgilash va boshqalar.

Xususiy korxona mulkdorining asosiy majburiyatlari:

  • nizom jamg’armasini shakllantirish;

  • korxonani belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazish;

  • korxonani yakka tartibda boshqarish;

  • shartnomalar bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarish;

  • korxonada mehnat sharoitlarini yaratish va yaxshilab borish;

  • ishlab chiqarish va mehnat xavfsizligini, xodimlarning ijtimoiy muhofazasini ta’minlash;

  • ekologiya, sanitariya, gigiena va boshqa maxsus talablarga rioya qilish;

  • xodimlar bilan o’z vaqtida hisob-kitob qilish;

  • buxgalteriya hisobi yuritish va hisobotlar topshirish;

  • manzili yoki boshqa rekvizitlari o’zgarganda ro’yxatdan o’tkazgan organga o’z vaqtida xabar qilish va boshqalar.

Xususiy korxona davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo’ladi. U belgilangan tartibda vakolat-xonalar ochishi va filiallar tuzishi, boshqa yuridik shaxslarning muas-sisi bo’lishi yoki ularning nizom jamg’armasiga o’zgachatarzda ishtirok etishi mumkin. Qonunda xususiy korxona faoliyati erkinligining kafo-latlari ham belgilab qo’yilgan.

Xususiy tadbirkorlikka, shuningdek, fermer xo’jaligi va yuridik shaxs bo’lgan dehqon xo’jaligi ham kiradi. Fermer xo’jaligi - yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan fermer xo’jaligi a’zolarining birgalikda-gi mehnati asosida uzoq muddatga ijaraga berilgan yer uchastkasida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga asoslangan mustaqil xo’jalik yurituvchi subektdir. Yuridik shaxs bo’lgan dehqon xo’jaligi -yuridik shaxs sifatida ro’yxatdan o’tgan va yuridik shaxs belgilariga ega bo’lgan xo’jalik boshlig’iga meros qilib qoldirilgan umrbod ega lik qilishga berilgan tomorqa hamda uzoq muddatga ijaraga olingan yer uchastkalarida oila a’zolari va yollangan xodimlar mehnati bilan qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tovar xo’jaligidir.

O’zbekistonda qishloq xo’jalik shirkatlarini qayta tashkil etib, fermer xo’jaliklariga aylantirish munosabati bilan fermerchilik harakati kengayib bormoqda.

Jamoa tadbirkorligining ko’rinishlari va ularning xususiyatlari. Jamoa tadbirkorligi jamoa a’zolarining mehnati hamda jamoa a’zolari va boshqa ishtirokchilar mulkiga asoslangan bo’lib, yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Jamoa tadbirkorligi bir qator ko’rinishlarga, xususiy shakllarga ega: ishlab chiqarish koo-perativi, xo’jalik shirkati, xo’jalik jamiyati, unitar korxona, notijorat tashkilotlari va boshqalar.

Xo’jalik shirkati - umumiy nom ostida birgalikda tadbirkorlik faoli-yatini olib borish uchun bir necha shaxsning shartnoma asosida bir-lashuvidir. Xo’jalik shirkati quyidagi bir qator xususiyatlarga ega:


  • xo’jalik shirkatida, asosan, shaxsiy harakatlar birlashtiriladi;

  • to’liq sheriklar asosiy faoliyat yurituvchi shaxslar bo’lib, shirkat majburiyatlari bo’yicha o’z mulklari bilan cheklanmagan miqdorda ja-vobgar hisoblanadilar;

  • har bir shaxs faqat birta shirkatga to’liq sherik bo’lishi mumkin;

  • shirkatga fuqarolar ham, yakka tadbirkorlar ham, yuridik shaxslar ham sheriklik asosida kirishlari mumkin.

Xo’jalik shirkatining ikki ko’rinishi mavjud: to’liq shirkat va kommandit shirkati. Ishtirokchilari o’rtasida o’zaro tuzilgan shartnomaga muvofiq shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan hamda uning majburiyatlari bo’yicha o’zlariga tegishli barcha mol-mulk bilan javob beradigan shirkat to’liq shirkat hisoblanadi. Bunday shirkat ishtirokchilari to’liq sheriklar deb ataladi.To’liq sheriklar bi­lan bir qatorda shirkat majburiyatlari bo’yicha faqat o’zlari qo’shgan hissa doirasida javobgar bo’ladigan hamda shirkat faoliyatida qatnash-maydigan bir yoki bir necha ishtirokchisi ham bo’lgan shirkat kommandit shirkati hisoblanadi. SHirkatning to’liq bo’lmagan ishtirokchi­lari hissa qo’shuvchilar, omonatchilar, kommanditchilar deb ataladi. Agar kommandit shirkatining firma nomiga hissa qo’shuvchining nomi kiritilgan bo’lsa, bunday hissa qo’shuvchi to’liq sherikka aylanadi.

Xo’jalik jamiyati - bu tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun bir yoki bir necha shaxsning mulkini birlashtirish yo’li bilan tashkil qilinadigan tashkilotdir. U quyidagi xususiyatlarga ega:

- xo’jalik jamiyatida shaxsiy harakatlar emas, balki mol-mulk bir­lashtiriladi;



  • ishtirokchilar jamiyat majburiyatlari bo’yicha javob bermaydilar (qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatdan tashqari);

  • tadbirkorlik tavakkali nizom sarmoyasiga qo’shgan badal bilan cheklanadi (qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatdan tashqari);

  • nizom sarmoyasi hissa qo’shgan va boshqa kreditorlar uchun kafo-lat hisoblanadi;

  • nizom sarmoyasini kamaytirish uchun barcha kreditorlarni xabar-dor qilish kerak.

Xo’jalik jamiyatining uch ko’rinishi mavjud: mas’uliyati cheklan­gan jamiyat, qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat, aksiyadorlik jamiyati.

Mas’uliyati cheklangan jamiyat - bu bir yoki bir necha shaxs tomoni-dan ta’sis etilgan, nizom sarmoyasi ta’sis hujjatlarida belgilangan miq-dordagi ulushlarga bo’lingan va umumiy zarar uchun ishtirokchilar javobgarligi o’zlari qo’shgan hissa doirasida cheklangan jamiyatdir.

Qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat - bu bir yoki bir necha shaxs to-monidan ta’sis etilgan, nizom sarmoyasi ta’sis hujjatlarida belgilangan miqdordagi ulushlarga bo’lingan va umumiy zarar uchun ishtirokchi­lari o’zlari qo’shgan hissaga nisbatan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo’ladigan jamiyatdir. Ishtirokchilardan biri nochor (bankrot) bo’lib qolganida uning jamiyat majburiyatlari bo’yicha ja­vobgarligi boshqa ishtirokchilari o’rtasida ularning qo’shgan hissala-riga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

Xo’jalik jamiyatining yana bir ko’rinishi aksiyadorlik jamiyati bo’lib hisoblanadi. Nizom sarmoyasi muayyan aksiyalar soniga bo’lingan jami­yat aksiyadorlik jamiyatidir. Aksiyadorlik jamiyatining ishtirokchilari (aksiyadorlari) uning majburiyatlari bo’yicha javob bermaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog’liq zarar uchun o’zlariga qarashli aksiyalar qiymati doirasida javobgar bo’ladilar. Aksiyadorlik jamiyatlarining ikki turi — ochiq va yopiq ko’rinishlari mavjud. Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatida uning ishtirokchilari o’zlariga qarashli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning roziligisiz o’zga shaxslarga berishlari yoki sotishlari mumkin. Bunday aksiyadorlik jamiyati o’zi chiqargan aksiyalarga qonun hujjatlarida belgilab qo’yiladigan shartlar asosida ochiq obuna o’tkazadi va ularni ochiq, erkin sotadi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati har yili yillik hisobot, buxgalteriya balansi, foyda va zararlar hisobvarag’ini barcha qiziquvchilar tanishib chiqishlari uchun ommaviy axborot vosi-talarida e’lon qilishi shart.



Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati - aksiyalari faqat o’zining ta’sischilari orasida yoki oldindan belgilab qo’yiladigan boshqa shaxs­lar doirasida taqsimlanadigan jamiyatdir. Bunday jamiyat o’zi chiqa-radigan aksiyalarga ochiq obuna o’tkazishi yoki ochiq, erkin sotishi mumkin emas. Bu jamiyat uchun aksiyadorlar sonining eng quyi va eng yuqori chegarasi qonunlarda belgilab qo’yilgan. Aksiyadorlar soni belgilangan miqdordan oshib ketganda, u ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi, undan pasayganda esa sud tartibida tugatilishi lozim.

Jamoa tadbirkorligining tashkiliy ko’rinishlaridan biri unitar korxonadir. O’ziga biriktirib qo’yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan korxona unitar korxona hisobla-nadi. Unitar korxona o’z mol-mulki egasining, mol-mulki egasi esa korxonaning majburiyatlari bo’yicha javob bermaydi. Lekin korxona o’z majburiyatlari bo’yicha o’ziga qarashli butun mol-mulk bilan ja­vob beradi. Unitar korxonani boshqarish organi uning rahbari bo’lib, u mulkdor yoki mulkdor vakil qilgan organ tomonidan tayinlanadi va ularga hisob berib turadi. Unitar korxonaga mol-mulk ikki maqsadda - xo’jalik yurtish uchun yoki operativ boshqarish uchun biriktirilishi mumkin. SHunga muvofiq unitar korxona ikki xil bo’ladi: xo jalik yuri-tish huquqiga asoslangan va operativ boshqarish huquqiga esoslangan unitar korxona. Xo’jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona, mulkdor, yoki u vakil qilgan organning qarori bilan tuziladi, uning ta’sis hujjati nizom hisoblanadi. U sho’ba korxona tashkil etishi mum­kin. Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan unitar korxona, asosan, davlat tomonidan tashkil etiladi va davlat korxonasi hisoblanadi. Uning ham ta’sis hujjati nizomdir. Davlat korxonasining mol-mulki yetarli bo’lmaganida davlat uning majburiyatlari bo’yicha subsidiar javobgar bo’ladi.



Notijorat tashkilotlarining ayrimlari ham u yoki bu darajada jamoa tadbirkorligini amalga oshiradilar. Ularga matlubot kooperativi, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar (jamg’armalar), muassasalar kiradi (4-rasmga qarang).

Matlubot kooperativi - bu ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish maqsadida fuqarolarning a’zolikka asoslangan ixtiyoriy birlashmasidir. U o’z a’zolarining mulkiy (pay) badallarini birlashtirish yo’li bilan tuziladi. Matlubot kooperativining a’zolari ko’rilgan zararni yillik balans tasdiqlanganidan keyin uch oy mobay-nida qo’shimcha badallar to’lash yo’li bilan qoplashlari kerak. A’zolari uning majburiyatlari bo’yicha har bir a’zo to’laydigan qo’shimcha badalning to’lanmagan qismi doirasida subisidiar javobgar bo’ladilar.

Matlubot kooperativi tijorat faoliyati bilan shug’ullanadi. Lekin undan olingan foyda a’zolari o’rtasida taqsimlanmay, uning faoliyatini rivojlantirish uchun ishlatiladi.



Jamoat birlashmalari - ma’naviy yoki o’zga nomoddiy ehtyojlarini qanoatlantirish uchun o’z manfaatlarining mushtarakligi asosida tuziladigan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalaridir. Ularning a’zolari o’zlari bergan mol-mulkka bo’lgan huquqlarini saqlab qolmaydi-lar. Jamoat birlashmalarining majburiyatlari bo’yicha uning a’zolari, a’zolarining majburiyatlari bo’yicha birlashmalar javob bermaydilar. Jamoat birlashmalari o’z nizomlarida nazarda tutilgan ishlab chiqarish yoki o’zga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari mumkin. Ularga diniy tashkilotlar (birlashmalar), xayriya tashkilotlari, siyosiy partiya­lar va boshqa jamoat harakatlari kiradi.
jtimoiy fondlar (jamg’armalar) - bu fuqarolar va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo’shish asosida ta’sis etilgan xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy -foydali maqsadlarni ko’zlaydigan, a’zolari boimagan tashkilotlardir. Fondda uning ta’sischilari (muassislari) tomonidan berilgan mol-mulk fondning mol-mulki bo’lib, undan o’z nizomida ko’rsatilgan maqsadlar-da foydalanadi. U o’z nizomida nazarda tutilgan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun xo’jalik jamyatlari tuzishi yoki ularda ishtirok etishi mumkin.

Muassasa - bu boshqaruv, ijtimoiy-madaniy va boshqa notijorat vazifalarni amalga oshirish uchun mulkdor tomonidan tashkil etilgan va to’liq yoki qisman moliyaviy ta’minlab turiladigan tashkilotdir. Muassasa unga biriktirib qo’yilgan va o’zi sotib olgan mol-mulkdan nizomida ko’rsatilgan vazifalarni bajarish uchun foydalanadi. Muassasa o’z majburiyatlari bo’yicha ixtiyoridagi pul mablag’lari bilan javob be­radi. Bu mablag’lar yetarli bo’lmasa, tegishli mol-mulkning egasi uning majburiyatlari yuzasidan subsidiar javobgar bo’ladi. Ayrim dav-lat muassasalari va boshqa muassasalar huquqiy mavqeyining xususi-yatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Tadbirkorlik subektlari o’zlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, mushtarak mulkiy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida o’z mustaqiligini saqlagan holda ixtiyoriy asosda turli birlashmalar tuzishlari yoki ularga kirishlari mumkin. Bunday birlashmalar notijorat tuzilmalari bo’lib, ularga uyushma, konsern, xolding va boshqalar kiradi. Uyushma - tadbirkorlik subektlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o’z a’zolarining manfaatlarini ifodalash va huquqlarini himoya qilish maqsadida o’zaro shartnoma asosida tu-ziladigan notijorat birlashmadir. Konsern - bu ishtirokchilardan asosiy faoliyatini kelishib olib borish talab etiladigan yagona ishlab chiqarish - xo’jalik majmuasi bo’lib, uning o’z a’zolari bilan munosabatlari bo’ysunish emas, balki shartnoma asosida olib boriladi. Xolding - bu ishtirokchilari, a’zolari faoliyatiga umumiy rahbarlik va boshqaruvchilik vazifasini amalga oshiruvchi birlashma hisoblanadi.

Agar ishtirokchilarning qaroriga muvofiq uyushma (birlashma) ga tadbirkor­lik faoliyati bilan shug’ullanish vazitasi yuklatilsa, bunday uyushma (birlashma) xo’jalik shirkati yoki jamiyatiga aylantirilishi kerak yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun xo’jalik jamiyatlari tuzi­shi, yoki ularga ishtirok etishi mumkin.

Xolding iborasi inglizcha „holding" so’zidan olingan bo’lib, ega maonosini beradi. Xolding kompaniya - bu mulk egalari tomonidan bir qancha mustaqil aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatini nazorat qilish maqsadida - sof boshqaruvchilikdan, yaoni e’tiqod (ishonch)li mulk egasi sifatida ularga o’z aktsiyalari yoki aktsiyalar nazorat paketini beruvchi kompaniyalarning faoliyatiga umumiy xo’jalik ra’barligini bajarishdan iboratdir.

O’zbekiston Respublikasida xolding kompaniyalarning xuquqiy maqomi Vazirlar Ma’kamasining 1995 yil 12 oktyabrdagi 398-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom (xoldinglar haqidagi Nizom) asosida belgilanadi. Bu Nizomga muvofiq, aktivlari tarkibiga boshqa korxonalarning aktsiyalar nazorat paketi kiradigan ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati xolding hisoblanadi. Xolding kompaniyasiga respublikamizda tashkil etilgan qishloq xo’jaligi mashinasozligi xolding kompaniyasi, „O’zqishloqxo’jmashxolding»ni misol qilib keltirish mumkin.

Xolding birlashgan korxonalar, yaoni xolding aktivlari tarkibiga kiradigan, aktsiyalar paketini nazorat qiladigan korxonalar sho’ba korxonalar deb ataladi. Ular mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi. SHo’’ba korxona, ko’pincha, korxonaning rivojlanib borishi davomida bosh korxona (xolding kompaniyasi) tomonidan tashkil qilinadi.

Xoldinglar davlatga qarashli yoki xususiy bo’lishi mumkin. Davlat xoldingida aktsiyalar nazorat paketi davlat mulkiga, sho’’ba korxonalar aktsiyalari esa bosh xolding kompaniyasining mulkiga aylanadi. SHo’ba korxonalar o’z majburiyatlari bo’yicha o’zlariga tegishli mulk, shu jumladan, asosiy korxona, yaoni xoldingga tegishli aktsiyalar nazorat paketining qiymati bilan ham javob beradi. Xolding sho’’ba korxona qarzi bo’yicha uning ta’sis shartnomasida aytilgan shartlarda javobgar bo’ladi.



Xolding kompaniyalari ikki turda bo’lishi mumkin:

-moliyaviy xodtsing;

-aralash xolding.

Moliyaviy xolding faqat maxsus nazorat va boshqaruv maqsadlarida tuziladi. Sarmoyasining 50 foizidan ko’pini boshqa emitentlarning qimmatli qog’ozlari va boshqa moliyaviy aktivlar tashkil qiladigan xolding moliyaviy xolding hisoblanadi. Moliyaviy xoldinglar avktivlari tarkibiga faqat qimmatli qog’ozlar va boshqa moliyaviy aktivlar, shuningdek, xoldingni boshqarish apparatining faoliyatini ta’minlash uchun bevosita zarur bo’lgan mol-mulk kirishi mumkin.

Moliyaviy xoldinglar faqat investitsiya faoliyati bilan shug’ullanish xuquqiga ega, faoliyatining boshqa turlari bilan shug’ullanishga ruxsat berilmaydi Ular sho’ba korxonalarning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatlariga aralashish xuquqiga ega emas. Moliyaviy xolding vakillari faqat sho’’ba korxonalarning aktsiyadorlari yiьilishlarida qatnashishi mumkin. Ularga kuzatuv kengashi, boshqaruv va sho’’ba korxonalarini boshqaradigan boshqa organlarga kirishga ruxsat berilmaydi.

Moliyaviy xoldinglar o’zlariga tegishli aktsiyalar bilan faqat tashkil qilingan qimmatli qog’ozlar bozorida, yaoni fond birjalarida bitimlarni amalga oshiradi. Bu talabni bajarmaslik amalga oshirilgan bitimlarning bekor qilinishiga sabab bo’dadi.

Aralash xolding — nazorat va boshqaruv vazifalari bilan bir qatorda sanoat, savdo, transport, kredit-moliya va boshqa sohalarda tadbirkorlik faoliyati bilan ham shug’ullanish maqsadlarida tuziladi.

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan xolding kompaniyalari quyidagi yo’llar bilan tashkil etiladi:

-yirik korxonalarni qayta tashkil qilishda ularning tarkibiy bo’linmalarini mustaqil yuridik shaxs (sho’’ba korxonalar) sifatida bunyod etish yo’li bilan;

-yuridik jihatdan mustaqil korxonalarning aktsiya paketlarinibirlashtirish yo’li bilan;



-yangi aktsiyadorlik jamiyatlarini ta’sis etish yo’libilan.

Xoldinglar monopoliyaga qarshi organning ruxsati bilan tashkil etiladi. Xoldingni tashkil etishga ruxsat olish uchun monopoliyaga qarshi organga boshqa ‘ujjatlar bilan birga:

-ustav loyi’asi;

-xoldingni tuzishga xo’ish haqida bayonnoma yoki ta’sischilar shartnomasi;

-tuziladigan xoldingga kiritish uchun tavsiya qilinayotgan korxonalar ro’yxati;

-shu korxonalardan har qaysisining xo’jalik faoliyati


turlari va hajmi haqidagi ma’lumotlar topshiriladi.

Agar xoldingni tuzish biron bir maxsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish monopoliyasiga olib keladigan bo’lsa, bunday xoddingni tuzishga ruxsat berilmaydi.

Davlat korxonalari — bu davlat mulki bo’lgan va uning nazorati ostida ishlovchi korxonalar bo’lib, ular ishlab chiqarishdagi davlat sektorini tashkil etadi, eng mu’im va mas’uliyatli vazifalar (mudofaa, aloqa, energetika, transport va boshqalar)ni bajaradi.

Kontsern - bu ishlab chiqa-rish diversifikatsiyasi, yaoni korxonalarning faoliyat soha-lari va ishlab chiqa-radigan mahsulotlari turining ken-gayishi, yangilanib turishi asosida tarkib topadigan yi-rik ko’p tarmoqli korporatsiya.

Kontsern tarkibiga sanoat, transport, savdo, bank kabi tarmoqlarga tegishli, ayrim hollarda, dunyoning ko’pgina mamlakatlarida joylashgan o’nlab va yuzlab korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradi. Kontsern tarkibiga kirgan korxona va tashkilotlar orasida o’zaro korporatsiyalangan turьun aloqalar mavjud bo’lib, ular kontsern rivoji yo’lida umumiy moliyaviy resurslardan va yagona ilmiy-texnik imkoniyatlardan mushtarak foydalanadilar.

O’zbekistonda Qurilish materiallari ishlab chiqarish o’zbek Davlat kontserni („O’zqurilishmateriallari»), farmatsevtika sanoati o’zbek Davlat aktsionerlik kontserni („O’zfarmsanoat»), „SHarq» nashriyot-matbaa kontserni va boshqalar faoliyat ko’rsatmoqda.

Konsortsium - bu aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan korxonalarning muvaqqat birlashmasidir.

Konsortsium aozolarining xuquq va majburiyatlari konsortsium to’g’risidagi bitimda belgilab qo’yiladi. Qo’yilgan vazifani bajarish uchun konsortsium ishtirokchilari badallari hisobidan yagona moliyaviy va moddiy fondlar barpo etadilar, byudjet mablag’lari va davlat bankidan kreditlar oladilar. Vazifa bajarilgach, konsortsium tarqaladi. Konsortsiumlarga boshqaruv bo’yicha qo’mitalar, direktorlar kengashi kabilar boshchilik qiladi. Konsortsiumlar aviatsiya, kosmos, komppyuterlar, aloqa kabi yuksak texnologik va katta miqdordagi sarmoyali sohalarda keng tarqalgan.

Konsalting - bu ishlab chiqarishga ish yuzasidan xizmat ko’rsatish sohasida ixtisoslashgan firmalarning o’z mijozlariga maslahat xizmati ko’rsatish va texnikaviy loyi’alarni ekspertiza qilish bilan boьliq iqtisodiy faoliyatdir.

Konsalting firmalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

-tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun sheriklar tanlash;

-maslahatchilik tashkilotlarining taraqqiy topishiga va xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko’maklashish;

-yagona axborot-so’rovnoma fondini yaratish va yagona reklama strategiyasi (yo’nalishi)ni amalga oshirish yo’li bilan ularning aozolari faoliyatini umum maqsadlar yo’lida jamlash va hokazo.

Konsalting firmalarining kichik biznes sohasida keng tarqalgan maslahat xizmatlari quyidagilardan iborat:

-barcha mulk shakllaridagi korxonalarni ro’yxatga olish uchun ta’sis ‘ujjatlarni tayyorlash bo’yicha maslahatlar berish;

-marketing bo’yicha izlanishlar o’tkazish;

-xususiylashtirish,aktsiyadorlashtirish dasturlarini ishlab chiqish;

-tashqi iqtisodiy faoliyat bo’yicha maslahat berish;

-reklama strategiyasini ishlab chiqish, reklama materiallarini tayyorlash va ularni tarqatish;

-xuquq, moliya, tashkiliy boshqarish masalalari bo’yicha maslahatlar berish;

-intellektual (aqliy) mulkni ‘imoya qilish masalasibo’yicha maslahatlar berish;

-ishchi xizmatchilarni tayyorlash va malakasini oshirish;

-tadbirkorlik va kichik biznesni taraqqiy toptirishga xizmat qiluvchi tadbirlarni o’tkazish;

-firma ish uslubini ishlab chiqish;

-xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, madaniyat, atrof-muhitni ‘imoya qilish masalalari bo’yicha maslahatlar berish;

-investitsiyalarni jalb qilish, imtiyozli kredit olish, zaruriy resurslarni va kapitallarni sotib olish bo’yicha maslahatlar berish va hokazo.

Zaruriyat tuьilsa, konsalting firmalari kichik biznes korxona ra’barlari va mutaxassislarining malakasini oshirishni ham tashkil etishi mumkin. Konsalting firmalari ko’pchilik hollarda savdo, sanoat palatasi, respublikaning milliy va tijorat banklari bilan yaqindan aloqa o’rnatadi. Bu esa ularning axborot xizmati bozorini shakllantirish yo’lida amalga oshirayotgan ishlari darajasini orttiradi va kichik biznes taraqqiyoti uchun sezilarli ulush qo’shadi.

Eksport injiniring firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat ko’rsatadi, chet eldagi ilmiy ьoyalar va texnik ishlanmalarni xorijda joriy etadi, murakkab va ulkan loyihalarni amalga oshiradi. Injiniring bilan birga mashina va uskunalarni eksport qilib, yetkazib beradi.

Injiniring korxona - muhandislik-maslahat xizmatlarni tijoratchilik qoidalariga asoslangan holda amalga oshiradi. Bunday korxona (firma):

- ishlab chiqarishni ta’minlash;

- mahsulot sotishni uyushtirish;



-ishlab chiqarish oboektlarini qurib, ishga tushirish
yuzasidan maslahat berish bilan shug’ullanadi.

Injiniring korxonadan injiniring xizmatlar bozorini farqlash lozim. Bu – xalqaro bozorning bir turi, yaoni injiniring xizmatlarining davlatlararo oldi-sotdi qilinishi. Injiniring xizmatlar bozorida asosiy haridor rivojlanayotgan davlatlar bo’lsa, sotuvchilar esa yuksak rivojlangan mamlakatlardir.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling