Menejment kafedrasi


Download 0.61 Mb.
bet3/24
Sana01.10.2020
Hajmi0.61 Mb.
#132098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Kichik biznes va tadbirkorlik 090220154339

O’zbekistonda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash ishlarini yo’lga qo’yish va amalga oshirish maqsadida bir qator davlat organlari va nodavlat tashkilotlari tuzilgan. Har birining aniq vazifalari belgilab qo’yilgan hamda maxsus dasturlar ishlab chiqilgan.


Dastur davlatning har tomonlama qo’llab-quvvatlovchi bozor jarayonlari asosida O’zbekiston aholisining tashabbusli, yaratuvchi keng tabaqalari tomonidan amalga oshiriladi.

Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash Davlat Dasturi quyidagi to’rt qismdan iborat.

  1. Bozor infratuzilmasini hamda kichik biznes va xususiy tadbirkor­likni rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish.

  2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari.

  3. Dasturni amalga oshirishni moliyaviy ta’minlash.

  4. Dasturning bajarilishini tashkil etish.

Mazkur dasturni amalga oshirish maqsadida respublikada va har bir viloyatda haryili aniq chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqiladi va belgilanadi hamda ularning bajarilishi monitoring qilib boriladi.

"Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida"gi Qonunda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat organlarining vakolatlari quyidagicha taqsimlangan va belgilangan.



1. Davlat boshqaruvi organlarining tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari:

  • tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlantirilishi ustidan monitoringni, mavjud muammolarni o’rganishni hamda tadbir­korlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;

  • tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari vaqonuniy manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlash;

  • tadbirkorlik sub’ektlariga moliyaviy, moddiy-texnik va axborot resurslaridan erkin foydalanishga ko’maklashish;

  • tadbirkorlik sub’ektlariga o’z mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda sotishga ko’maklashish;

  • tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli xabarlarni yetkazish va tushintirish ishlarini, konsalting, lizing, sug’o’rta va boshqa xil xizmatlar tizimini rivojlantirishni tashkil etish;

  • tadbirkorlik sub’ektlariga kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ko’maklashish;

  • tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan boshqa faoliyatni amalga oshirish.

  1. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari:

  • tadbirkorlikni rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini himoya qilishning qo’shimcha kafolatlari va choralarini belgilash;

  • tadbirkorlik sub’ektlari uchun mahalliy soliqlar va yig’imlar bo’yicha imtiyozlar belgilash;

  • tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan boshqa faoliyatni amalga oshirish.

  1. Tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat tomonidan rag’batlantirilishi:

  • tadbirkorlik sohasiga investitsiyalarni (shu jumladan, chet el investitsiyalarini), zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni jalb qilish uchun, shuningdek, bozor infratuzilmasini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;

  • eksport-import operatsiyalari. Xalqaro ko’rgazmalar va yarmarkalarda. tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlik sub’ektlarining ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlarini ko’rish;

  • tadbirkorlik sub’ektlari samarali faoliyat yuritishlari uchun ularni zarur huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnik va boshqa xil axborotlar bilan ta’minlash;

  • zooveterinariya xizmati ko’rsatilishi uchun zarur sharoitlar yara­tish;

  • soliqlar, yig’imlar va tariflar bo’yicha imtiyozlar belgilash va boshqalar.

Tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va himoya qilishda davlat siyosati ustuvordir. Xo’sh, bu boradagi barcha sa’y-harakatlarni kim nazorat qila oladi hamda kim tadbirkorlar huquqiga amal qilinishining huquqiy asoslarini to’liq xajmda amalga oshira oladi?

Davlat oldinga qarab qadam tashlashga shay. Bunga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrda e’lon qilingan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4848-son Farmoni7 yaqqol dalil. Ushbu hujjat butun mamlakat bo’ylab xususiy tashshabbuslarni rivojlantirish va biznesni mustahkamlashga xizmat qiladi. 

 Xorijiy davlatlarning tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish sohasidagi tajribasiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, ularda biznes hamjamiyatlar huquqlari himoyasi uchun javobgar - ombudsmanlar ko’z o’ngimizda namoyon bo’ladi.  

 Tadbirkorlar huquqlarini himoyalashga ixtisoslashgan ombudsmanlar o’tgan asrning 90-yillaridan boshlab Yevropa, AQSH, Avstraliyada faollik bilan ta’sis etila boshlangan. Bu esa o’z navbatida korporativ boshqaruvning ommaviy tus olishi hamda milliy iqtisodiyotlarda biznes ulushining ortishiga olib keldi.

 Masalan, AQSHda Milliy ombudsman davlat organlari (agentliklar) tomonidan kichik biznes egalariga nisbatan adolatsizlik qilinganda yoki keraksiz bo’lgan harakatlar amalga oshirilgan taqdirda ularga ko’mak ko’rsatadi. Qayta-qayta auditorlik tekshiruvlari o’tkazish, asossiz jarimalar solish, federal agentliklar tomonidan tahdid qilinishi shunday harakatlar qatoriga qiradi.

   SHunisi e’tiborga molikki, AQSHdagi ombudsmanlar:

 - ijro organlari tomonidan tayinlanadi va vazifasidan ozod etiladi;

 - qaysi idoraning qoshida ochilgan bo’lsa, asosan o’sha idora tomonidan ta’minlanadi;

 - ijrochi organlarga hisobot beradi va ular bilan chambarchas muloqotda faoliyat yuritadi.

 Bundan tashqari, AQSHdagi biznes-ombudsmanlar qaysi idora qoshida tashkil etilgan bo’lsa, o’sha idoraning “ichki nazorati”ni olib boradi. Bu bilan idoralar faoliyati xolisligini ta’minlashning qo’shimcha mexanizmlari ishlaydi hamda muayyan idoraning qoshida tashkil etilganiga qaramasdan, ombudsmanning undan mustaqilligi ta’minlanadi.

 Avstraliyada kichik biznes masalalari bo’yicha komissarlar, ya’ni ombudsmanlar instituti federal darajada hamda to’rtta shtat (Viktoriya, G’arbiy Avstraliya, Yangi Janubiy Uels, Janubiy Avstraliya) darajasida faoliyat ko’rsatadi. Komissarlarning huquqiy maqomi tahlili shundan dalolat beradiki, ularning faoliyatiga ombudsmanlarning aralash sxemasi xos. Ya’ni ularda ommaviy sektordagi ombudsmanlarga xos belgilar ko’proq ustun keladi. Kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ular faoliyatining asosiy    mezonidir.

 Komissarlar ikkita asosiy vazifalarni bajaradi:

1. Bir tomondan kichik biznes boshqa tomondan tijorat tashkilotlari va ommaviy hukumat organlari o’rtasidagi tijoratga oid munozaralarning alьternativ hal etilishini ta’minlash;

 2. Kichik biznes vakillariga maslahatlar berish hamda har ikki tomon bilan telefonda muzokaralar olib borish yo’li orqali munozarali holatlarni hal etish.

 Komissarlar ijro etuvchi hokimiyat bilan chambarchas aloqada faoliyat olib boradi:

 1. Komissar lavozimi va maqomi parlament hujjatlari asosida ta’sis etiladi;

2. Federal darajada komissarlarni vazifaga tayinlash va ozod etish ishlari Avstraliyaning general-gubernatori, shtatlar darajasida esa shtatlarning bevosita gubernatorlari zimmasidadir;

 3. Komissarlarning alohida shtati mavjud bo’lib, ular odatda byudjet hisobidan moliyalashtiriladigan davlat xizmatchilaridan iborat bo’ladi. Bundan tashqari, ular xizmati uchun har ikki tomondan to’lov undiradi;

 4. Komissarlar tegishli vazirlardan ko’rsatmalar oladi va ularni bajarishga majbur. O’z faoliyati haqida ma’ruzani vazirga taqdim etadi.

 Rossiyada – federal biznes-ombudsman etib, 30 yoshdan oshgan, oliy ma’lumotga ega Rossiya fuqarosi tayinlanishi mumkin. Unga Federatsiya kengashi a’zosi, deputat bo’lish, tadbirkorlik bilan shug’ullanish taqiqlanadi.

 Komissar jamoasi bilan birgalikda Ijtimoiy palata maydonida faoliyat yuritadi. Markaziy apparat shtatida davlat xizmatchilari bo’lgan 35 kishi ishlaydi.

 Rossiyaning biznes-ombudsmani maxsus vakolatlarga ega. Ularning asosiylari esa quyidagilar:

- davlar organlari (prokuratura, Tergov qo’mitasi va sud organlari bundan mustasno) va munitsipalitetlarning qarorlarini bekor qilishni so’rab sudga murojaat etish;

- tadbirkorlar va yuridik shaxslar guruhlari huquqlarini himoya qilishni so’rab, sudga davo arizalari bilan murojaat etish;

- kuchga kirgan sud hujjatlari hukmidan norozi bo’lib, arbitraj sudlariga murojaat etish;

- davlat organlari va munitsipalitetlardan zarur ma’lumotlarni olish;

- maxsus ruxsat olmasdan “tadbirkorlik moddalari” bo’yicha ayblanuvchilar va sudlanganlar bilan qamoqda ushlab turilgan joylar va jinoiy jazolarni o’tayotgan muassasalarga borib uchrashish;

- tashkilotlarda davlat organlari tomonidan uyushtiriladigan tekshiruvlarda qatnashish;

- tadbirkorlik faoliyatini nazorat qiluvchi huquqiy hujjatlarni bekor qilish yoki ularga o’zgartirishlar kiritishni so’rab,  RF Prezidenti yoki Hukumatiga takliflar kiritish.

 Qonunchilikka muvofiq vakil shaxs tadbirkorlarning barcha murojaatlarini ko’rib chiqishi, 13 kun ichida qaror qabul qilishi hamda arizaning ishga tushgani haqida tadbirkorni ogohlantirishi yoki asoslangan rad javobini berishi shart. Ishga tushgan arizalar bo’yicha vakil ariza beruvchiga 2 oyda 1 martadan kam bo’lmagan muddatda hisobotlar berishi kerak.

 O’zbekistonda- Farmonga ko’ra, parlament huzurida tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakil instituti tashkil etiladi. Mazkur vakil instituti quyidagi asosiy vakolatlarga ega bo’ladi:


  • tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

  • tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati tekshirilayotganda ularni huquqiy qo’llab-quvvatlash;

  • tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda ro’yobga chiqarilayotganligini o’rganish;

  • qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishiga ta’siri samaradorligini baholash;

  •  davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.

Vakilning qonun chiqarish tashabbuskorligi huquqini berish ham nazarimizda foydadan holi bo’lmaydi.

 Umuman olganda, biznes-ombudsmanlar ijrochi organlarning harakati (harakatsizligi)dagi xatoliklarni bartaraf etish bilan birga  umumiy jihatdan biznesning rivojlanishiga hissa ham qo’shadi. Ularning faoliyatida yo’naltiruvchi-maslahat hamda ma’lumotlar vazifalariga alohida e’tibor qaratiladi. SHuningdek, tegishli idoralar tomonidan dasturlarning bajarilishini nazorat qilish vazifasi ham ularga yuklatiladi. SHuningdek, ushbu tuzilmalar iqtisodiy munozalarni hal etishda davlat mexanizmiga tushadigan og’irliklarni o’z bo’yniga oladi. Aynan shu boisdan ham ba’zi davlatlar shunday ombudsmanlarni qo’llab-quvvatlaydi.



 Yuqorida ko’rsatib o’tilgan xorijiy tajriba hamda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib mamlakat uchun eng maqbul modelni tanlab olish maqsadga muvofiq. SHunday institut tuzish kerakki, biznes hamjamiyati bilan ish olib borish bilan bir qatorda u milliy qonunchilikka yangiliklar olib kira olsin, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda ishlasin hamda mamlakatimizda biznes rivojlanishiga befarq bo’lmaganlarning barchasini o’z faoliyatiga jalb eta olsin!



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling