Menejment kafedrasi
Qo’shma tadbirkorlik va qo’shma korxona
Download 0.61 Mb.
|
Kichik biznes va tadbirkorlik 090220154339
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Ishlab chiqarish tadbirkorligi
- Ishlab chiqarish tadbirkorligining mohiyati.
- Innovatsion, ilmiy-texnik faoliyat
- Moliyaviy mablag’ga bo’lgan talab va uning hisobi.
- Ishlab chiqarish faoliyati natijasi.
- 4. Tijorat tadbirkorligi
- Tovar olib-sotish va xizmat ko’rsatish bo’yicha operatsiyalar.
- 7. Maslahat tadbirkorligi
- O’rgatuvchi maslahatida
- Nazorat va mulo’aza uchun savollar
- 4-Mavzu. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATI YO’NALISHLARINI TANLASH VA TEXNIK-IQTISODIY JIXATDAN ASOSLASH Reja
- Tashkiliy-xukukiy muammolar
- Moliyaviy-kredit muammolari
- Ishlab chikarish texnikaviy muammolar
- 2. Tadbirkorlik g’oyasini tanlash
- Demak, tadbirkorlik g’oyasi
Qo’shma tadbirkorlik va qo’shma korxona. Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri qo’shma tadbirkorlik bo’lib, qo’shma korxona ko’rinishida tashkil etiladi. Qo’shma tadbirkorlik - bu umumiy strategik maqsadlarga erishish uchun bir ne-cha tashkilotlar mulki va ishchanligini birlashtirishdir. Uni ro’yobga chiqarish uchun ishtirokchilar o’z kuch-g’ayratlari va mulklarini bir-lashtirib, qo’shma korxona tuzadilar, olinadigan daromad va ehiimol qilinadigan tavakkalni o’zaro taqsimlab oladilar. O’zbekistonda boshqa mamlakatlardagi firma, kompaniyalar investitsiyalari ishtirokida tuzilgan qo’shma korxonalar rivojlanib bormoqda. Qo’shma korxonalar va qo’shma ishlab chiqarishlar tashkil etish xalqaro integratsiyada muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida bo’lgan mamlakatlarning o’z mahsulotlari bilan jahon bozori-ga chiqishlari uchun kuch-g’ayratni birlashtirish yangi imkoniyatlar yaratadi. O’zbekiston ham xalqaro mehnat taqsimoti afzalliklaridan foy-dalanishga intilib, mamlakatda chet el tadbirkorlari uchun qulay inves-titsion muhit yaratgan. Qo’shma tadbirkorlik iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurish, texnika va texnologiyani yangilash jarayonini tezlashtirish, sanoatni, xususan, qayta ishlash sanoatini rivojlantirishga katta yordam beradi. Qo’shma tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlar uchun hamkorlikning yangi shakli bo’lib, ikki yoki bir necha mamlakatlarning mahsulot ishlab chiqarish va sotish, ilmiy-’texnika, investitsiya va boshqa sohalarda bilimlari, kuch-g’ayratlari, mablag’larini birlashtirib, yangi pog’onalarga ko’tarishga olib keladi. Qo’shma tadbirkorlikni ro’yobga chiqarish shakli qo’shma korxona hisoblanadi. Qo’shma korxona - bu bir necha davlat vakillari hisob-langan ishtirokchilarning mulklarini birlashtirish, xo’jalik faoliyatini birgalikda boshqarish va olingan foydani taqsimlash kelishuvlariga asoslangan qo’shma xo’jalik tashkilotidir. Qo’shma korxonalar tuzish-dan maqsad mamlakatga ilg’or texnika, texnologiya, mahsulot sotish va ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish progressiv usullari, xorijiy sarmoyani jalb qilishdir. Imtiyozli xorijiy kreditlarni olish, ichki bozorni to’ldirish va eksportni kengaytirish, import o’rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarishni oshirish va buning evaziga valuta zaxiralarini ko’paytirish hisoblanadi. Qo’shma korxona turli mulkdorlarning qo’shma mulk shakliga asoslangan bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qo’shma korxona ta’sischilari O’zbekiston va boshqa davlat fuqarolari va yuridik shaxslari bo’lishi mumkin. Qo’shma tadbirkorlik shaklidagi xalqaro hamkorlikning asosiy xususiyatlari quyidagilar: tomonlarning xomashyo xarid qilish va uni qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish, texnologikxizmat ko’rsatish, ilmiy tadqiqot-lar va ishlanmalar, mahsulot ishlab chiqarish va sotishni moliyalash va boshqa sohalardagi uzoq muddatli hamkorligiga mo’ljallanganligi; umumiy maqsadga erishish uchun hamkorlarning binolar, inshootlar, mashinalar, uskunalar, pul mablag’lari va boshqa shakldagi mulklarining birlashtirilishi; hamkorlar tomonidan kiritiladigan sarmoya asosida korxona nizom jamg’armasi va boshqaruv organlarini birgalikda moliyalash; korxona foydasini uning ta’sischilari o’rtasida, qoida tariqasida, ularning nizom jamg’armasiga qo’shgan hissasiga muvofiq taqsimlash; - ehtimol qilingan zararni hamkorlar o’rtasida ularning xo’jalik faoliyatini amalga oshirishdagi ishtirokiga muvofiq taqsimlashda ifo- dalangan birgalikdagi tavakkal va birgalikdagi cheklangan mas’uliyat. Demak, qo’shma tadbirkorlikning asosiy belgilari qo’shma mulk, birgalikdagi boshqaruv, foyda va tavakkalni taqsimlash hisoblanadi. Qo’shma tadbirkorlik tashqi bozorga chiqishga yondashuv sifatida bir qator afzalliklar yaratadi va yuqori talablar qo’yadi: ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va rivojlantrishga hamkorlarning yuqori manfaatdorligini shakllantirish; mahsulot ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy samaradorligi uchun hamkorlar mas’uliyatini oshirish; -tovarlar ishlab chiqarish, ularni sotishga tayyorlash, sotish va undan so’nggi xizmatlarni ko’rsatishda kuch-g’ayratlarni birlashtirishga hamkorlarning intilishlari. Qo’shma korxonada turli mulk shakllarini birlashtirish natijasida o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan mulkning yangi shakli-qo’shma (aralash) mulk va yangicha ishlab chiqarish munosabatlari shakllanadi. Bu jarayonda qo’shma korxona tashkil etgan "ona" korxonalardagi mulkchilik shakli vaxarakteri, qo’shma korxona joy lashgan mamlakat-dagi ijtimoiy - siyosiy tuzum vau uerda hukmron bo’lgan ishlab chiqarish munosabatlari asosiy rol o’ynaydi. Qo’shma korxona mustaqil xo’jalik yurituvchi yuridik shaxs bo’lib, boshqaruv, direktorlik va taftish komissiyasi kabi boshqarish organlariga ega bo’ladi. U turli tashkiliy-huquqiy shaklda bo’lishi mumkin (mas’uliyati cheklangan jamiyat, qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat, ak-siyadorlar jamiyati va boshqalar), SHunday qilib, qo’shma korxonalar turli-tuman bo’lib, quyidagicha tasniflanadi. Qo’shma korxona ishtirokchilari qaysi davlatlar vakillari bo’lishiga qarab: O’zbekiston-Rossiya; O’zbekiston - O’rta Osiyo boshqa davlatlari; O’zbekiston-Mustaqil Davlatlar Hamkorligi (MDH) boshqa a’zolari; O’zbekiston-uzoq xorijiy davlatlar. Qo’shma tadbirkorlik uchun birlashtirilgan mulk shakllariga qarab: Faqat xususiy mulkka asoslangan; Xususiy mulk va davlat mulkiga asoslangan; Faqat davlat mulkiga asoslangan. Hamkorlarningqo’shmakorxonasarmoyasigaqo’shganhissasibo’yicha: Teng ishtirok etish - rivojlangan mamlakatlar ahamiyati jihatidan teng bo’lgan vakillari tomonidan faqat tadbirkorikni amalga oshirish maqsadida tuziladigan qo’shma korxona. Unda hamkorlar tomonidan bir-birlarining teng huquqliligi e’tirof etiladi va korxonaning barcha masalalari shu asosda hal qilinadi; Xorijiy sarmoyaning hissasi ko’p bo’lgan qo’shma korxona - bunday korxona to’liq xorijiy hamkor nazoratida bo’ladi va ayrim mahalliy hokimiyatlar ularni chet el korxonasi deb hisoblab, bir qator imtiyozlardan mahrum qilishlari ham mumkin; Xorijiy sarmoyaning hissasi kam bo’lgan qo’shma korxona - bu ko’rsatkich 50 foizdan qanchalik past bo’lsa, bunday qo’shmakorxonalar shunchalik milliy korxonalarga yaqin bo’ladi; xorijiy ishtirokchilar korxona faoliyati ustidan nazoratni o’z qo’llariga olishni istaydilar, lekin bu yerda unday imkoniyat yo’q va shuning uchun qo’shma kor-xonalarning bu tipi qo’shma tadbirkorlik uchun uncha qulay emas deb hisoblaydilar; shunga qaramay, O’zbekistonda qo’shma korxonalarning bunday tipi ham rivojlanib bormoqda. SHuni ta’kidlash lozimki, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qo’shma korxonalar xorijiy sarmoya (investitsiya)ning hissasi bo’yicha quyidagi ikki guruhga ajratiladi: Qo’shma korxona - uning nizom sarmoyasida xorijiy hamkorning ulushi 30 foiz va undan yuqori miqdorni tashkil etadigan korxonalar;xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona - uning nizom sarmoyasida xorijiy hamkorning ulushi 30 foizgacha miqdorda bo’lgan korxonalar. Respublikada qo’ shma tadbirkorlikni rivoj lantirishni rag’ batlantirish maqsadida yuqoridagi korxonalarning birinchi tipi uchun yaxshiroq shart-sharoit yaratish va ko’proq imtiyozlar ko’zda tutilgan. Hamkorlarning maqsadlari va faoliyat turlari bo’yicha: a) ilmiy tadqiqotlar olib borishga mo’ljallangan qo’shma korxonalar - yangi mahsulot, uskuna, texnologiya va boshqa ko’rinishdagi "nou-xau" yaratish uchun tajriba, ilmiy natijalar, loyiha ishlanmalari va boshqa fan-texnika yutuqlarini birlashtirish maqsadida tuziladigan korxonalar; b) ishlab chiqaruvchi qo’shma korxonalar - xorijiy hamkorning bunday korxona tuzishdan maqsadi mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish jarayonlaridagi xarajatlarni qisqartirish bo’lib, bunga xorijiy va mahalliy hamkorlarning komplektlovchi detallari, xorijiy investorning ishlab chiqarishni tashkil etish tajribasi va mahalliy hamkorning xom-ashyosi, ishchi kuchini birlashtirish yoki kooperatsion aloqalarning boshqa shakllari asosida erishish mumkin; xarid qiluvchi qo’shma korxonalar - xorijiy hamkor korxonasida tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun kerakli xomashyo, yarim tay-yor mahsulotlarni arzonroq narxlarda mahalliy bozorlarda sotib olish maqsadida tuzilgan korxona; sotish bilan shug’ullanuvchi qo’shma korxona - ishlab chiqa-riladigan mahsulotni qo’shma korxona joylashgan mamlakatda ham, boshqa uchinchi mamlakatlarda ham sotish uchun yangi bozorlarni o’zlashtirish maqsadida tuziladigan korxona; f) kompleks qo’shma korxona - har xil faoliyat turlari bilan shug’ullanuvchi korxona. 5. Qo’shma tadbirkorlik ishtirokchilari soni bo’yicha: ikki tomon ishtirokida tuzilgan qo’shma korxona-hamkorlaridan biri chet mamlakat vakili bo’ladi; uch tomon ishtirokida tuzilgan o’shma korxona: hamkorlaridan biri yoki ikkitasi chet mamlakatlar vakillari bo’lishi mumkin; d) tomonlarning boshqa variantlardagi hamkorligida tuzilgan qo’shma korxona. SHunday qilib, qo’shma tadbirkorlik va qo’shma korxonalar O’zbekiston va uning har bir mintaqasida rivojlanib bormoqda. Korporatsiya atamasi lotancha „sogrogatio" so’zidan olingan bo’lib, birlashma, ‘amjamiyat maonosini beradi. Korporatsiya yirik aktsioner jamiyatlar birlashmasi ‘isoblanib, bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradi. Natijada ishlab chiqarish monopollashadi. Korporatsiya investitsiya kapitalining markazlashuvini, ilm-fan taraqqiyotini, mahsulotning raqobatbardoshli bo’lishini va uzoq ‘ayot tsiklini ta’minlaydi. Korporatsiyalar tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi aktsioner jamiyatlarining xo’ish-ixtiyori bilan paydo bo’ladi. ‘ar bir korxona faoliyatini yurgizish uchun o’z holicha turli funktsiyalarni, yaoni: -xom ashyo, materiallar, energiya, uskuna qidirib topish, sotib olish va texnologik takomillashtirish; -mahsulot sifatini oshirish va ishlab chiqariladigan mahsulotni yangilash; -tayyor mahsulotni sotish bo’yicha qator ishlarni bajarishi lozim bo’ladi. Bir xil maxsulot ishlab chiqaruvchi bir qancha korxonalar yiьilishib, barcha uchun umumiy bo’lgan korxonalar faoliyatini ta’minlovchi funktsiyalarni hamma uchun bajaradigan bir idora, muassasa tuzishni rejalashtirganlar. Natijada shunday birlashma yuzaga kelganki, unda korxonalar o’z mulki va iqtisodiy mustaqilligini saqlagan holda hammalari uchun umumiy bo’lgan funktsiyalarni bajarishdan ozod bo’lganlar va shu funktsiyalarini bajarganligi uchun umumiy idora-muassasaga haq to’laganlar.O’z tarkibidagi aktsiyadorlik jamiyatlarni nazorat paketlarini egallash bilan korporatsiyalar xolding kompaniyalariga aylanadi. 3. Ishlab chiqarish tadbirkorligi Tadbirkorlik faoliyati turlari xilma-xildir. Har bir biznes maxsulot ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, tovarlarni almashtirish va tarqatish, ularni iste’mol qilish kabi ishlab chiqarish tsiklining asosiy fazalari bilan boьlanganligi tufayli tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish tadbirkorligi, tijorat tadbirkorligi va moliyaviy tadbirkorlik turlarini ajratish mumkin. Qayd etilgan ushbu tadbirkorlik faoliyatining har bir turi kichik turlarga bo’linadi. Mavjud tadbirkorlik faoliyatining turi va kichik turlarini rasm shaklida quyidagicha ifoda etish mumkin. Ishlab chiqarish tadbirkorligini tadbirkorlik faoliyatining asosiy turi desak xato bo’lmaydi. Zero, bunday tadbirkorlik faoliyati tufayli maxsulot, tovarlar ishlab chiqariladi, xizmat ko’rsatiladi, ma’lum maonaviy qadriyatlar yuzaga keladi. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki yillarida tijorat tadbirkorligi yaxshi rivojlandi. Tadbirkorlik faoliyatining bu turi tovar va xizmatlarni sotib olish va sotish jarayonlarini amalga oshirish bilan taoiflanadi, chunki bu sohada qisqa vaqt orasida daromad olish mumkin. Ilgari taqiqlangan ushbu soha harakatchan va tashabbuskor kishilar tufayli xususiy tadbirkorlik sifatida tez rivojlanib ketdi. Agar ishlab chiqarish korxona samaradorligining 10-12% ini tashkil qilsa, tijorat faoliyati esa bu ko’rsatkichni yana 20-30%ga oshiradi. Moliyaviy tadbirkorlik tadbirkorlik sohasining alohida olingan turiga kiradi. Uning faoliyat sohasi qiymatlarni almashinishi va almashtirilishidan iborat. Moliyaviy faoliyat ishlab chiqarish, tijorat sohasini ham qamrab olishi mumkin. SHu bilan birga moliyaviy tadbirkorlik mustaqil bank va sug’urta muassasalari shaklida ham faoliyat ko’rsatadi. Moliyaviy bitim tadbirkorlik faoliyatining ilgarigi turlariga qaraganda kamroq samara beradi. Buning ko’rsatkichi 5-10% ni tashkil etadi. Keyingi vaqtda O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining konsalting (maslahat) turi rivojlanmoqda. Bu tadbirkorlik turi ko’p yo’nalishlardan iborat bo’lib, kelajakda yaxshi rivojlanib ketishiga ja’on iqtisodiyoti taraqqiyoti guvohlik beradi. Ishlab chiqarish tadbirkorligining mohiyati. Tadbirkorlik faoliyatining turlari nisbatan mustaqil bo’lib, bir-birini to’ldirib keladi. Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini belgilab beruvchi ishlab chiqarish tadbirkorligining ustuuvorligini tan olish kerak. Innovatsion, ilmiy-texnik faoliyat, tovarlarni bevosita ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va shu sohadagi axborot bilan ishlash faoliyati ishlab chiqarish tadbirkorligiga kiradi. Ishlab chiqarish bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan har bir ishbilarmon tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bilan shug’ullanishini, qanaqa maxsulot ishlab chiqarishini, qanday xizmat ko’rsatishini oldindan belgilab olishi lozim. SHu ish amalga oshgandan keyin tadbirkor marketing bilan shug’ullanadi. Tovarga bo’lgan talabni bilish maqsadida u tovarning potentsial iste’molchilari, haridorlari, ulgurji va chakana savdo bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar bilan aloqa qiladi. Muzokaralar ishbilarmon va bo’lajak haridorlar o’rtasida shartnoma tuzilishi bilan yakunlanadi. Tuzilgan shartnoma tadbirkorlikdagi tavakkalchilikning oldini olishga imkon beradi. SHu ishlar amalga oshmasa, tadbirkor faqat oьzaki va ‘okalar asosida ishlab chiqarish faoliyatini boshlaydi. Ishlab chiqarish omillari. Ma’lumki, ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish fondlari, ishchi kuchi, axborotdan iborat. Ishlab chiqarish fondlari o’z navbatida asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlariga bo’linadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari (mehnat qurollari) in-shootlar, uzatuvchi moslamalar, quvvatli mashina va ji’ozlar, ishchi mashina va ji’ozlar, o’lchov uskunalari, laboratoriya ji’ozlari, hisoblash texnikasi, transport vositalari, ishlab chiqarish inventarlari va boshqa asbob-uskunalardan iborat. Asosiy ishlab chiqarish fondlariga tsex, zavod va laboratoriya binolari kiradi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining muhim elementi bo’lib ishchi mashinalar va uskunalar hisoblanadi. Ularga yordamchi tsexlarning barcha texnologik moslamalari, mashina vz uskunalari kiradi. Asosiy fondlarning bu qismi shartli ravishda aktiv qismi deb hisoblanadi, chunki shu mashina va uskunalarda maxsulotlarning dsosiy qismi tayyorlanadi. Transport vositalari tarkibiga avtomobilo, temir yo’l, ‘avo yo’llari va boshqa transportlarning barcha turlari kiradi. Aylanma ishlab chiqarish fondlarini (mehnat predmetlari) xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg’i va energetik resurslar, idish va idish moslamalar, chidamsiz va qisqa muddatda ishlatiladigan asboblar va ishlab chiqarish moslamalari, taomirlash uchun kerak bo’lgan ehtiyot va butlash qismlari tashkil qiladi. Sotib olinadigan butlash moslamalar, yarim tayyor maxsulotlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, o’zi tayyorlagan yarim tayyor maxsulot, kelajakdagi xarajatlar ham aylanma ishlab chiqarish jamьarmasini tash-kil qiladi. Asbob-uskunalarning xizmat muddati bir yildan oz bo’lsa, u aylanma fondlarga taalluqlidir. Yarim tayyor maxsulotlar sotib olingan yoki o’zida tayyorlangan turlariga bo’linadi. Yarim tayyor maxsulotlar iste’molga tayyor bo’lmagan bo’lib, uni boshqa tsex, firma yoki korxonada tayyor holatiga keltirish lozim. Tugallanmagan ishlab chiqarish tugallanmagan maxsulot bo’lib, yarim tayyor maxsulotdan farqli ravishda o’z ishchi joyida turadi. Uni meoyoridagi ishlov berish uchun korxonaning boshqa bo’linmasiga berilmay, shu tsexning o’zida qiyomiga yetkaziladi. Kelajakdagi xarajatlarga alohida to’xtalmoq lozim. Bu xarajatlar yangi maxsulotlarni tayyorlashdagi xarajatlar bo’lib, keyinchalik ishlab chiqarish xarajatlari jumlasiga kiritiladi. Ishchi kuchini tadbirkor - e’lon, mehnat birjasi, ishga joylash agentligi, tanish-bilishlar orqali topadi. Ishga olishda nomzodning ma’lumoti, mutaxassisligi, ish tajribasi, shaxsiy xususiyatlari hisobga olinadi. Undan keyin tadbirkor moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari, tayyorlanadigan maxsulotlarni sotish bozori haqida axborot to’playdi. Moliyaviy mablag’ga bo’lgan talab va uning hisobi. Tadbirkorlik bitimini tuzish moliyaviy xarajatlar bilan bog’liq. Ishlab chiqarish - tadbirkorlik faoliyatiga kerak bo’ladigan pulning miqdorini (Pp) quyidagi formula asosida hisoblash mumkin: Pp=Pi + Pm +Pv +Pa +Px Bu yerda:Pp=Pi + Pm +Pv +Pa +Px – bu yerda soliqlar Pi- yollanma ishchilarga maosh to’lash uchun kerak bo’ladigan pul mablag’lari; Pm - sotib olinadigan material, xom ashyo, yarim tayyor maxsulot, tщplash qismlar, yonilьi, energiya uchun to’lovlar; Pv- mehnat vositalari (asosiy ishlab chiqarish fondlari) - bino, inshoot, uzatish moslamalari, mashina, hisoblash texnikasi, asbob-uskunalar, transport vositalarini sotib olishga ketgan mablag’lar; Pa- axborot uchun sarflangan mablag’lar; Px- boshqa tashkilotlar xizmatiga (qurilish ishlari, transport xizmatlari va boshqalarga) ketgan to’lovlar. Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanish uchun tadbirkor boshlang’ich kapitalga ega bo’lishi kerak. Har qanday kishining bunga imkoni bo’lmasligi mumkin. Ushbu holatda ishbilarmon tijorat banki yoki mablag’i bor shaxsga kredit olish uchun murojaat qiladi. Mablag’larni imtiyozli asosida davlat tuzilmalari ajratishi mumkin. Buning uchun O’zbekistonda kichik biznesni rivojlantirishga yordam berish maqsadida maxsus jamьarmalar tuzilib, kredit berishga imtiyozlar yaratilgandir. Ishlab chiqarish — tadbirkorlik faoliyatiga bilvosita ishtirokchi bo’lib, unda moliyaviy idoralar, soliq inspektsiyasi, soliq militsiyasi ishtirok etadi. Ular tadbirkorlik faoliyati hisobidan mahalliy byudjetga majburiy to’lovlar, ajratmalar va jarimalar o’tkazish bilan shug’ullanadilar. Ishlab chiqarish faoliyati natijasi. Maxsulotni sotish, biror bir ishni bajarish, haridorga, iste’molchiga xizmat ko’rsatish va ma’lum hajmda foyda olish tadbirkor ishlab chiqarish faoliyatining natijasidir. Tadbirkor foydasi yalpi (balansli) va qoldiqli (sof) foydaga bo’linadi. Ishlab chiqarish va sotishga ketgan xarajatlardan keyin qolgan tushum yalpi foyda deyiladi. Yalpi foydadan soliqlar to’lanadi. Yalpi foyda hisobidan soliqlar, jarima va boshqa to’lovlar to’langandan keyin qolgan pul sof foyda hisoblanadi. Tadbirkorning umumiy moliyaviy bahosini rentabellik ko’rsatkichi belgilaydi. U sof foydani jami xarajatlarga bo’lgan nisbati shaklida aniqlanadi. Masalan, jami xarajat 40,0 mln so’mni tashkil qilib, sof foyda 6,0 mln so’m bo’lganda rentabellik ko’rsatkichi 15% ga (6/40 100) teng bo’ladi. 4. Tijorat tadbirkorligi Tovar birjalari. Tijorat tadbirkorligi faoliyati tovar birjalari yoki savdo tashkilotlari bilan bog’liq. Tovar birjasi - tovar namunalari haridor tomonidan oldindan ko’zdan kechirilmagan va tovarlarni minimal partiyasi belgilangan ulgurji tovar bozorining turi. Tovar birjasida o’zaro kelishilgan va rioya qilingan qoidalar asosida savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijorat vositalari va ularning xizmatchilari o’z xo’ishlari bilan birlashadi. Ushbu birjaning maqsadi erkin raqobatning boshqarish mexanizmini tashkil qilish va shu orqali talab va taklifni hisobga olgan holda haqiqiy bozor narxlarini aniqlashdir. Tovar birjasi standartlar bo’yicha sotiladigan tovarlar (don, ko’mir, metall, nefto, yog’och)ning doimo faoliyat ko’rsatuvchi ulgurji savdo bozoridir. SHunga o’xshash birjalar barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Misol sifatida London (rangli metall), Liverpulp (paxta), Singapur (kauchuk) va boshqa tovar birjalarini ko’rsatish mumkin. Tovar birjalarida tovar egalari bilan oddiy savdo qilishdan tashqari fpyucher bitimlari ham tuziladi. Bu bitim bo’yicha kontraktda ko’rsatilgan tovar uchun to’lovni ma’lum vaqtdan keyin amalga oshirish mumkin. Tovar birjalari quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi: -savdo bitimlarni tuzishga vositachilik xizmati ko’rsatadi; -tovar savdosini tartiblashtiradi, savdo jarayonlarini boshqaradi va savdo mojarolarini hal qiladi; -narxlar to’g’risida, shuningdek ishlab chiqarish va narxlarga ta’sir qiluvchi turli omillar haqida axborotlar yig’adi va e’lon qiladi. Tovar birjalari aylanmasining aksariyat qismi bor tovarlar (kassa bitimlari) bilan emas, balki kelajakdagi tovar yoki tovar yetkazib berish bitimi asosida (vaqtli bitim) amalga oshiriladi. Tovar birjalari ochiq yoki yopiq shaklda bo’lada. Yopiq birjalardagi savdoda faqat brokerlar - sotuvchi va haridor o’rtasidagi vositachilar ishtirok etadi. Ochiq birjalarda esa xo’lagan kishi ishtirok etishi mumkin. Tovar birjalari birja operatsiyalari mazmuniga ko’ra real tovar birjalari va fpyuchers tovar birjalariga bo’linadi. Hozirgi vaqtda O’zbekistonda ham tovar birjalari o’z faoliyatini amalga oshirib kelmoqtsa. Respublika tovarxomashyo birjasi 1994 yil aprelda ochiq hissadorlik jamiyati shaklida tashkil etildi. U sanoat, qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat tovarlari va xom ashyo maxsulotlarini erkin ulgurji savdosini uyushtiradi. Birja savdolarida brokerlar orqali harid qilingan maxsulotlar respublikadan tashqariga litsenziyasiz va bojxona to’lovisiz chiqariladi. Tovar xom-ashyo birjasining bo’linmalari barcha viloyatlarda va Qoraqalpoьistonda tashkil etilgan. Tovar-xom ashyo birjasi chet el davlatlari (Angliya, Polpsha,Turkiya) hamda MDX mamlakatlari (Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston)ning tovar xom ashyo birjalari bilan, Kiev, Belarusp universal birjalari bilan birjalararo aloqalarni yo’lga qo’ygan. Moddiy-texnika ta’minoti va sotish bozor usullari bo’yicha oldi-sotdi, ulgurji savdo, yarmarka, birja va kim oshdi savdolari yo’li bilan amalga oshiriladi. Etkazib beruvchilar va iste’molchilar o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri o’zaro manfaatli aloqalar moddiy-texnika ta’minotining yetakchi shakli bo’lib qoldi. „O’zulgurjibirjasavdo» uyushmasi respublikada ishlab chiqarish vositalari bozorini vujudga keltirishga, tovar resurslarini oldi-sotdisini uyushtirishga, korxonalar, muassasalar va tadbirkorlarga xizmat ko’rsatishni kengaytirish hamda rivojlantirishga ko’maklashadi. Tovar olib-sotish va xizmat ko’rsatish bo’yicha operatsiyalar. Tijorat tadbirkorligining asosiy mazmunini tovar olib-sotish va xizmatlar ko’rsatish tashkil etadi. Tijorat tadbirkorlik faoliyati umumiy shaklda ishlab chiqarish tadbirkorligi faoliyatiga o’xshab ketadi. Tijorat tadbirkorligida iste’molchiga moddiy resurslar o’rniga tayyor tovarlar sotiladi. Tijorat tadbirkorligida maxsulot ishlab chiqarish o’rnini tayyor tovar egallaydi. Tijorat bitimi tuzishdan oldin bozor ta’lilini o’tkazish zarur. Umumiy ko’rinishda marketing-tijorat korxonalari va firmalari xo’jalik faoliyatining barcha tomonlarini boshqarish va tashkil etish tizimidir. Marketing savdo korxonalari faoliyatini kompleks boshqarishga mo’ljallangan. Marketing yordamida savdo korxonasining ‘ayotiy faoliyati amalga oshiriladi, yaoni bozor o’rganiladi, tovar iste’molchiga yetkaziladi, moliyaviy ta’minot va foyda olish yo’lga qo’yiladi. SHu yerda savdo korxonasiga ikki bir-biri bilan bog’liq talab qo’yiladi, yaoni iste’molchilarning o’zgaruvchan harakatiga o’rganish va raqobat sharoitida faoliyat ko’rsatish. Savdo sohasida marketingni amalga oshirishning eng muhim sharti uni rejalashtirishdir. Marketing rejasi natura va qiymat ifodasidagi sotish hajmini belgilaydi. Tovarlar talabga qarab farqlanadi. Birinchi guruhga bozorni hali egallamagan tovarlar kiradi, ikkinchi guruhni esa keng talabga ega bo’lgan anoanaviy tovarlar tashkil qiladi. Marketing tuzilmasi tezkor boshqarish ishlari bilan birga bozorni o’rganish, bashorat qilish, rejalashtirish, maqsadlarni amalga oshirish va ularni nazorat qilish funktsiyalarini o’z ichiga oladi. Savdo firmasidagi marketing faoliyatining model-dasturini oddiy rasm ko’rinishida tasvirlash mumkin. Agar bozorning dastlabki ta’lili va bashorati tijorat bitimini tuzish foydasiga hal bo’layotgan bo’lsa, tijoratchi shu bitim aks etilgan biznes-rejani va bo’lajak xarajat va kutilayotgan natijalarni ishlab chiqishi lozim. Har bir tijorat bitimi umumiy holatda quyidagilarni o’z ichiga oladi: savdo-vositachi xizmatlarni bajarish uchun ishchilarni yollash (tovarni sotib olish, tashish, sotish, reklama ishini olib borish, kerakli xizmatlarni rasmiylashtirish); tovarni saqlash va sotish uchun kerak bo’lgan omborxona, baza, savdo do’konlarini sotib olish yoki ijaraga olish; tovarni keyinchalik sotish uchun sotib olish; amalga oshiriladigan ishni moliyalashtirish uchun pul mablag’larini kreditga olish va keyinchalik kredit va uning foizini qaytarish; vositachilik faoliyati ko’rsatayotgan boshqa tashkilot yoki shaxslarning xizmatlaridan foydalanish va ularga pul to’lash; bitimda ko’rsatilgan ishni rejalashtirish, rasmiylashtirish va tartiblashtirish uchun kerak bo’lgan axborotnito’plash yoki sotib olish; tovarni haridorga sotish; bitimni rasmiylashtirish, barcha soliq va boshqa to’lovlarni to’lash. Tijorat bitimining barcha muhim tadbirlari bir-biri bilan muddat jihatdan bog’liqdir. Yakunida biznes-reja va harakatlarning yiriklashtirilgan muvofiqlashtiruvchi rejasi ishlab chiqiladi. Agar bitim yirik bo’lib, ko’p muddatga cho’zilsa, ishni bajarish reja jadvalini tuzish tavsiya etiladi. Moliyaviy tadbirkorlik Tijorat banklari va fond birjalari moliyaviy tadbirkorlik uchun faoliyat ko’rsatuvchi makon bo’lib xizlyt qiladi. Ushbu bozor institutlarining mohiyati nimada? Tijorat banki-aktsiyador turdagi moliyaviy-kredit muassasasi bo’lib, asosan pul omonatlarini (depozitivlarni) qabul qiluvchi va mijoz ko’rsatmasi bilan boshqa hisob-kitob operatsiyalarni amalga oshiruvchi tijorat tashkilotlariga pulli xizmat ko’rsatadi. Tijorat banklarining daromad manbai depozit (jalb etilgan) va ssuda mablag’lari o’rtasidagi farqlardan shakllanadi.Tijorat banklari operatsiyalari passiv (mablag’larni jalb etish), aktiv (mablag’larni joylashtirishkomission vositasi (komission to’lovlari bo’lgan mijozlarning topshiriqlarini bajarish) kabi uch guruhga bo’linadi. Tijorat banklari mablag’larni katta muddatga olib, kichik muddatga qarzga beradi. Bu banklar kreditorlarga oldindan belgilangan foizlarni to’lash bilan bog’liq tijorat tavakkaliga mubtalo bo’ladi. SHu sababli bank berilgan qarzlari turli sabablarga ko’ra o’z vaqtida qaytmasligini hisobga olib, ma’lum pul zaxirasiga ega bo’lishi kerak. 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining „Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunida tijorat banklari faoliyatining barcha xuquqiy asoslari aniq belgilab berilgan. 1996 yilning birinchi choragida tijorat banklari vakillik hisob raqamlari Markaziy bank hisob-kitoblar markaziga o’tkazish to’liq tugallandi va qliring markazlari tugatildi. Bu hudud ichidagi banklar o’rtasida operatsiyalarning sanoqli soatlarda o’tkazilishiga imkon beradi. Bu banklar tщla mustaqildir. Fond-birjasi. Moliyaviy tadbirkorlikning elementlaridan yana biri fond birjasidir. Kapitalning ko’payishi, aktivlarning g’aqiqiy narxini aniqlashga qaratilgan qimmatba’o qog’ozlar bozoriga fond birjasi deyiladi.u Fond birjasining faoliyat tamoyili talab va taklifni tezkor tartiblashtirishdan iboratdir. O’z resurslari yetmay qolganda ular boshqa banklardan yoki Markaziy bankdan kredit olishlari mumkin. Fond birjalarida qammatbaho qog’ozlarning kopirovkasi o’tkaziladi. Bunga muvofiq birjaning kopirovka bo’limi mutaxassislari birja orqali o’tayotgan barcha qammatbaho qog’ozlarning harid kursi va sotuv kurslarini muntazam ravishda baholab boradilar. Joriy kurslar esa doimo chiroqli tabloda yozilib, maxsus byulletenda chop etiladi. Joriy kurslarga binoan shu vaqt shu birjada ma’lum aktsiyalarni sotish yoki sotib olish narxlari aniqlanadi. Bu narxlar maxsus formula yordamida chiqarilsa, ular birja faolligining indeksini aniqlash uchun asos bo’ladi. Birja faolligi iqtisodiyotda sodir bo’layotgan a’volni o’ziga xos ravishda aks ettiradi. Hozirgi vaqtda O’zbekistonda ham fond birjalari o’z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. «Toshkent» respublika fond birjasi erkin sotuvga chiqarilgan aktsiyalar savdosi bilan shug’ullanuvchi yopiq aktsiyadorlik jamiyati, 1994 yil aprelda «Toshkent» respublika universal tovar-fond birjasi tarkibidagi fond bo’limi asosida tashkil etildi. Birja qimmatli qog’ozlarning bir maromda muomalada bo’lishini ta’minlaydi, ularning bozor bahosini belgilaydi va ularga doir ma’lumotlarni tarqatadi. Birjaning 81 brokerlik idorasi bo’lib, ularda jami 240 broker (brokerlik o’rnini sotib olgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek xorijiylar) ishlaydi. Respublikaning qimmatli qog’ozlar bozorini shakllantirish borasida ‘ukumat tomonidan bir qancha tadbirlar ko’riddi. Bunday bozorlar respublikada ilgaridan ma’lum bo’lib, 20-30 yillarda veksellar, depozitli sertifikatlar, obligatsiyalar muomalada bo’lgan. 1995 yildan esa bunday qimmali qog’ozlar “Toshkent” respublika fond birjasi orqali sotila boshlandi. Respublika fond bozoriga Markaziy bank tomonidan veksellar bilan birga depozit va jamьarma sertifikatlari chiqarildi. Qimmatli qog’ozlar bozorini kengaytirish maqsadida fond do’konlari tarmog’i vujudga keltirildi. Ularning soni 55 ga yetdi. Bozor iqtisodiyotining muhim qismlaridan biri bo’lgan qimmatli qog’ozlarni saqlashning depozitariy tizimi fond birjalari, emitet, investor va brokerlik idoralari faoliyatini nazorat qiluvchi tashkilotlarga xizmat qiladi. O’zbekistonda tuzilgan “Vaqt” milliy depozitariysining va uning 12 ta hududiy filiallarning, 6 mustaqil depozitariylarning asosiy vazifasi qimmatli qog’ozlarni saqlash, ularning harakatini hisob-kitob qilish va ro’yxatga olish, egalik xuquqi bo’yicha xizmat ko’rsatishdan iborat. Depozitariydagi komppyuterlarda 4,8 ming aktsiyadorlik jamiyatlarining umumiy nominal miqdori 4 mlrd so’mlik aktsiyalari saqlanadi. SHuningdek, ja’ondagi ko’pgina davlatlarning qimmatbaho qog’ozlar bozorlari to’g’risidagi zarur axborotlari depozitariyning “Depo” elektron schyotlari komppyuterlarida saqlanadi. Respublikada depozitariyning 9 ta viloyat fili-allari va 5 ta ro’yxatga olish punkti faoliyat ko’rsatmoqda. 1995 yidda „Toshkent» fond birjasi Yevropa-Osiyo fond birjalari federatsiyasi aozoligiga qabul qilindi. 7. Maslahat tadbirkorligi Maslahat xizmatlarining mohiyati va bosqichlari. Ma’lum bir sohada o’z mutaxassisligi bo’yicha yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi kishiga maslahatchi deyiladi. CHet ellarda boshqaruv bo’yicha pulli maslahat konsalting deb yuritiladi. Iqtisodiyot va boshqaruv bo’yicha Yevropa Federatsiyasi Maslahatchilar Assotsiatsiyasining ta’rificha menejment-konsalting boshqaruv bo’yicha muammo va imkoniyatlarni aniqlash, ularga baho berish, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda xolisona maslahat berish hamda yordam ko’rsatishdir. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda mablag’larni maslahatli xizmat shaklida intellektual kapitalga kiritish yangi uskuna yoki ilg’or texnologiyalarni sotib olishga ketgan mablag’lar bilan tengdir. Mablag’lar ishlatishning ushbu ko’rinishi bizning mamlakatimizda endi amalga oshirilmoqda. Bu yo’nalishda intellektual imkoniyatlardan iqtisodiyot va boshqaruv sohalarida to’laligicha foydalanish yaxshi samara beradi. Ko’p korxonalar o’zlarining intellektual imkoniyatlari-dan to’la va samarali foydalanmaganligidan bozor iqtisodiyoti sharoitida qiyin axvolga tushib qolganlar. O’z vaqtida maslahatchilar yordamidan foydalangan ra’barlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatida iqtisodiy samaraga erishganlar. Konsalting xizmatlari bir martali maslahat ham bo’lishi mumkin. Lekin ular konsalting loyi’a shaklida bo’lib quyidagi asosiy bosqichlarni qamrab oladi: muammolarni aniqlash (diagnostika); loyihani ishlab chiqish; loyihani amalga oshirish. Loyihaning hajmiga qarab yakuniy bosqich bir necha kundan bir necha oygacha cho’zilishi mumkin. Baozida mijozlar bilan ish olib borish ko’p yillar davom etadi. Maslahat uslublari. Maslahat uslublari turli xil bo’lishi mumkin. Maslahatning uch turi - ekspertli, jarayon va o’rgatuvchi maslahatlar keng qo’llaniladi. Ekspertli maslahat - konsaltingning eng passiv shaklidir. Maslahatning bu turida maslahatchi diagnostika, qaror qabul qilish va ularni joriy etishni mustaqil ravishda amalga oshiradi. Mijoz esa bunday hollarda maslahatchiga kerakli axborot yetkazib berishi zarur bo’ladi. Jarayon maslahatida - loyi’ani ishlab chiqish bosqichlarida konsalting firma maslahatchilari mijoz bilan faol ish olib borib, yuzaga kelgan muammolarni hamkorlikda ta’lil qiladi va kerakli takliflar beradi. O’rgatuvchi maslahatida - mutaxassislarning asosiy maqsadi ьoyalarning yuzaga kelishi, yechimlar qabul qilish uchun asos tayyorlashdir. SHu maqsadda mijozlar uchun maoruzalar o’qiladi, seminarlar o’tkaziladi, o’quv qo’llanmalari ishlab chiqiladi. Umuman olganda mijozlar kerakli nazariy va amaliy axborotlar bilan ta’minlanadi. Amalda esa yuqoridagi har bir maslahat turlari sof holda qo’llanilmaydi, ular kombinatsiyalashgan shaklda uchraydi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda konsalting xizmati ko’p yillar mobaynida bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining muhim elementlaridan hisoblanadi. Konsalting xizmati statistika tomonidan maxsus tarmoq deb tan olingan. AQSHda ushbu tarmoqda 700 ming kishi band bo’lib, uning bir yillik xizmat hajmi 50 mlrd. dollarni tashkil qiladi. Konsalting xizmatlari turli xil bo’lishi mumkin. Menejment bo’yicha Yevropa maslahatchilar ma’lumot-ko’rsatikichida 84 turdagi konsalting xizmatlari ko’rsatilgan. Ular quyidagi 8 ta guruhga bo’lingan: umumiy boshqaruv, maomurchilik, moliyaviy boshqaruv, xodimlar boshqaruvi, marketing, ishlab chiqarish, axborot texnologiyasi, maxsus xizmatlar. Konsalting firmaning mijozlarni jalb etish usullari. Maslahat beruvchi bozorning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu faoliyat bilan shug’ullanuvchi firmalar o’z tovari, o’z xizmat namunasini ko’rsatish imkoniga ega emas. SHuning uchun ular faoliyatida mijozlarni jalb etish muammosi turadi. Mijozlarni jalb etish usullari turli xildir. Bunga o’z imkoniyatlarini tashviыot qilish, reklama qilish, vositachilar yordamida mijozlarni jalb qilish, firma haqida ijobiy fikr bildirgan oldingi mijozlar taklif-laridan foydalanish kiradi. Eng sodda va eng keng qo’llaniladigan usul - reklama qilishdir. Firma o’z imkoniyati, xizmat ko’rsatishning taxminiy narxi, muvaffaqiyatli bajarilgan loyihalar haqida turli xildagi reklama ma’lumotlarini va reklama e’lonlarini tarqatadi. Mijozlarni jalb qilishda vositachilar yordamidan keng foydalaniladi. Vositachilar sifatida o’z rahbarining ishonchini qozongan firma xodimlari bo’lishi mumkin. G’arb mamlakatlarida bunday vositachilarni topish uchun maxsus uslublar ishlab chiqilgan. Bu maqsadlar uchun alohida mablag’lar ajratiladi. Albatta, maslahatchi firmaning obro’sini belgilab beruvchi omil - bu o’tmishda muvaffaqiyatli olib borilgan faoliyatdir. Yirik, ‘atto o’rta miyona firmalarning ijobiy tavsiyasi - eng yaxshi reklamadir. Maslahatchi - firmaning obro’yi maslahatga buyurtma olishni ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Vizit kartochka, prospekt, ofisdagi yaxshi a’vol, firma xodimlarining tashqi ko’rinishi, yaxshi muomalasi buyurtmachining shu maslahatchi - firma bilan hamkorlik qilishi haqidagi qaroriga ijobiy taosir ko’rsatadi. Umuman firmaga maslahatchilar kerakmi? O’zbekiston iqtisodiyotini tiklanish vaqtida, baozi korxonalarda tubdan islo’otlar olib borilayotgan davrda, ni’oyatda ko’p muammolar yuzaga kelmoqda. SHu muammolarni oqilona yechish uchun maslahatchilar salo’iyati oshib borishi aniq. SHu bilan birga moliyaviy imkoniyat cheklanganligi tufayli maslahatchilarni firmaning u yoki bu muammolarini yechish uchun taklif qilish maqsadga muvofikdir. Muammolarni yechishni eng asosiy muammo - korxonaning strategik rivojlanish muammosini yechishdan boshlash kerak. Ana shundan keyin marketing, innovatsion imkoniyat va boshqa muammolarni hal qilishga o’tish kerak. Tayanch iboralar Tadbirkorlik turi, tadbirkorlik shakli, yuridik shaxs, jismoniy shaxs, xususiy mulk, ommaviy mulk, unitar korxona, aralash mulk, mikrofirma, kichik korxona, o’rta korxona, yirik korxona, yakka tartibdagi tadbirkorlik; xususiy tadbirkorlik; jamoa tadbirklorligi; qo’shma tadbirkorlik. Nazorat va mulo’aza uchun savollar Tadbirkorlikning qanday turlarini bilasiz? Ishlab chiqarish tadbirkorligining mohiyati nimadan iborat? Nima uchun ishlab chiqarish tadbirkorligi kishi faoliyatining asosiy turiga kiradi? Tijorat tadbirkorligining mo’iyatshsh tushuntirib bering? Moliyaviy tadbirkorlik nima bilan shug’ullanadi, uning faoliyat mohiyati nimadan iborat? Konsalting nima? Uning istiqboli haqida gapirib bering? Tadbirkorlikning qanday shakllarini bilasiz? Xususiy tadbirkorlik yakka tadbirkorlikdan nima bilan farq qiladi? Jamoa tartibidagi mehnat faoliyati deganda nimani tushunasiz? U qanday ko’rinishlarda bo’ladi? SHirkat firmalarining qanday turlarini bilasiz? Aktsiyadorlik jamiyatlari qanday turlarga bo’linadi? Ularni tashkil etish tartibi nimalardan iborat? Xolding kompaniyalarining mohiyati nimada va ularning qanday turlarini bilasiz? Injiniring va venchur korxonalar qanday ishlarni bajaradi? Kontsern, konsortsiumvasindikatlarga ta’rif bering. Moliyaviy tadbirkorlikning faoliyat mohiyati nimadan iborat? Konsalting nima? Uning istiqboli haqida gapirib bering. Yakka tadbirkorlik nima? U qanday turiarga bo’linadi? 4-Mavzu. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATI YO’NALISHLARINI TANLASH VA TEXNIK-IQTISODIY JIXATDAN ASOSLASH Reja 1.Tadbirkorlik faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish muammolari. 2.Tadbirkorlik g’oyasini tanlash 3.Tanlangan g’oyani texnik-iqtisodiy jixatdan asoslash 1.Kichik biznes va tadbirkorlikni shakllanishi va rivojlantirish muammolari Mamlakatimizda bozor munosabatlarining jadal rivojlanishi bilan uning tarkibiy qismi sifatida kichik va o’rta biznes taraqqiy eta boshladi. Kichik biznesni tashkil etishni qo’llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish tizimi ham uni doimiy takomillashtirib borishni taqozo qiladi. Ayniqsa, tadbirkorlik faoliyatini yangi boshlayotgan, mablag’lari yetishmayotgan, xo’jalik faoliyati yuritish uchun yetarli malaka va tajribaga ega bo’lmagan tadbirkorlar uchun davlatning qo’llab-quvvatlovchi tadbirlari g’oyat muhimdir. Bugungi kunda keng tovarlar ishlab chiqarayotgan, ishlab chiqarish bilan shugullanayotgan yoki aksincha, ishlab chiqarish bilan shug’ullanmay «oddi-sotdi» bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar deyarli bir xil imtiyozlardan foydalanishmoqda. Natijada, tadbirkorlar ishlab chiqarish va aholi uchun zarur mahsulotlar yetkazib berish o’rniga qulay va tez foyda beruvchi faoliyatlar bilan shug’ullanmoqda. Xorijiy mamlakatlardagi kichik va o’rta biznes faoliyati tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, iqtisodiyotning bu sektori doimiy ravishda ko’plab muammo va to’siqlarga duch keladi. Bu muammolarnit ashkiliy-xuquqiy, moliyaviy-kredit va ishlab chiqarish-texnikaviy turlarga ajratish mumkin. Tashkiliy-xukukiy muammolar: qonuniy va me’yoriy xujjatlarning yetarli darajada takomillashmaganligi; kichik biznes atamasi faqat miqdoriy ko’rsatkichlar bilan bog’liq bo’lib, tarmoqlar bo’yicha ishlovchilarning soni (bandlar) qatoiy belgilab qo’yilganligi; mulk shakllari, kichik biznes korxonalari mol-mulk qiymati va mablaьlari hajmining hisobga olinmasligi; bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda kichik biznes korxonalarini yirik korxonalar bilan ishlab chiqarish va texnik iqtisodiy aloqalarni tartibga soluvchi me’yoriy va qonuniy asoslarning yetarli emasligi va boshqalar. Moliyaviy-kredit muammolari: kichik va o’rta biznes korxonalarini ro’yxatdan o’tkazishni soddalashtirish va ro’yxatdan o’tganligi uchun turli to’lovlardan ozod qilish; ishlab chiqarish va noishlab chiqarish, tijorat bilan shug’ullanuvchi, kichik biznes korxonalari uchun kredit tizimini tabaqalashtirish; ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tijorat korxonalari uchun tabaqalashgan va raьbatlantiruvchi soliq tizimini joriy qilish; kichik va o’rta biznes tizimi korxonalari uchun yanada soddalashtirilgan hisobot tizimini joriy qilish; davlat tomonidan kichik biznes tuzilmalarini moliya-kredit siyosatini takomillashtirish orqali doimiy qo’llab-quvvatlash; yakka faoliyat bilai shug’ullanuvchi tadbirkorlarning hamtashqi iqgisodiy aloqalarda ishtirokini kengaytirish. Ishlab chikarish texnikaviy muammolar: kichik biznes korxonalarining yirik korxonglar bilan doimiy ishlab chiqarish va texnik iqgisodiy aloqalarini yo’lga qo’yish; kichik biznes korxonalarining yirik korxonalar uchun detallar, qismlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi orqali kooperatsion aloqalarga tortish tizimini takomillashtirish; kichik biznes korxonalari moddiy-texnik taominotini mustahkamlash, ularning yangi texnika va texnologayadan, «nou-xau»dan foydalana olishi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bosqichida kichik biznesni barqaror rivojlantirish bilan bog’liq yechimini kutayotgan muammolar: kichik biznesni samarali faoliyat ko’rsatishi uchun tashkiliy, me’yoriy, xuquqiy va iqgisodiy asoslarning yetarli darajada takomillashmaganligi, mavjud me’yoriy-qonuniy xujjatlarning amalga oshirishdagi maomuriy-byurokratik to’siqlarning mavjudligi; shaxsiy va xususiy mulkii himoya qilish va kafolatlash mexanizmining yetarli emasligi; milliy iqtisodiyotning barcha sektorlarida kichik biznes tuzilmalarining yetarli rivojlanmaganligi, tuzilgan shartnomalarning muddatlarida bajarilmasligi va xuquqiy kafolatlarini amalga oshirishdagi qiyinchiliklar; tadbirkorlik faoliyatida hisob va hisobot jarayonlarini soddalashtirish zaruriyati, turli byudjetdan tashqari fondlar yordami asosida yangi texnika va ilьor texnologiyalarni olish uchun shart-sharoitlarning yetarli emasligi; qishloq bozor iifratuzilmalarining to’laqonli faoliyat ko’rsatmasligi, ayniqsa, qishloq xo’jaligida faoliyat ko’rsatuvchi dehqon-fermer xo’jaliklari uchun servis xizmati (uruьlik, yoqilьi, mineral o’g’itlar, texnik, meliorativ va boshqalar)ning zaifligidan tashqari qishloq xo’jalik mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va qayta ishlash korxonalari faoliyatining zaifligi, moliyaviy-kredit munosabatlaridagi shartnomalarning vaqtida bajarilmasligi; qishloqlarda tadbirkorlarning faoliyat yuritishi uchun zarur tashkiliy, xuquqiy, iqtisodiy maolumotlarning yetarli emasligi, qishloqda kichik oilaviy biznesni rivojlantirishning real mexanizmini ishlab chiqish ehtiyoji; kichik biznesga xorij investitsiyalarini jalb qilish mexanizmini takomillashtirish, moliya-kredit, soliq, tashqi savdo, investitsion siyosatni takomillashtirib borish zarurligi; kichik biznes tuzilmalari uchun tadbirkorlarni tayyorlash, qayta tayyorlashdan iborat tizimni doimiy takomillapggirib borish asosida ularning ijtimoiy-psixologik tayyorgarligani oshirish dolzarb tusolayotganligidan iborat. Ushbu muammolarning yechimlarini ishlab chiqish va amalta oshirish mamlakatimizda kichik biznesni gurkirab rivojlanishi hamda iqtisodiy taraqqiyotni tezlapggirishga olib keladi. Buning uchun davlat tomonidan kichik va o’rta biznes tuzilmalari faoliyatining rivojlanish jarayonlarini doimiy taxlilil qilib, qo’llab-quvvatlashning samarali tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish talab etiladi. 2. Tadbirkorlik g’oyasini tanlash Tadbirkorlik bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan kishi qandaydir g’oyani o’ylab, uni amalga oshirish yo’llarini izlaydi. Demak, har qanday tadbirkorlik faoliyati g’oyadan boshlanadi. G’oyaning mohiyatiga kelganda u bilim shakllaridan biri hisoblanadi. Lekin g’oya bilimning shunday shakliki, unda bilimning ikki darajasi o’zaro bog’liq holda mujassamlagandir. Ulardan birinchisi bo’lajak biror hodisa, voqea, ob’ektning tasavvur qilinadigan tasviri, timsoli bo’lsa, ikkinchisi uni ro’yobga chiqarish rejasi hisoblanadi. G’oyada nazariy bilim o’z rivojining yuqori cho’qqisiga yetib, o’zini o’zi inkor qilish va moddiy narsa ko’rinishida gavdalanish bo’sag’asida turadi. Boshqacha aytganda, g’oya sof bilimning tugashi va amaliy hodisa, voqea, jarayonning boshlanii hisoblanadi. G’oyada ob’ektivlik sub’ektning maqsadi, intilishi, ichki ehtiyojiga, ya’ni ideal mo’ljaliga aylanadi. G’oya ideal mo’ljal (oliy maqsad) sifatida quyidagilarni o’z ichiga oladi: muayyan bilim yutuqlarining mujassamlagan ifodasi; ularni moddiylatiri yo’Ilari, vositalari, usullari to’g’risidagi bilim; unda mujassamlagan bilimlarni ro’yobga chiqariga intili; mazkur bilimlarni ro’yobga chiqari rejasi. G’oyaning umumiy mohiyatidan kelib chiqqan holda tadbirkorlik g’oyasini ko’rib chiqamiz. Tadbirkorlik g’oyasi - bu tadbirkor tomonidan tashkil etilishi va amalga oshirilishi ehtimol qilingan shi, faoliyat to’g’risidagi umumiy tasavvurdir. Tasavvur esa kishining qandaydir tadbirkorlik faoliyati to’g’risida bilgan, eshitgan, ko’rgan va uning xotirasida qolgan belgilari bo’yicha qayta tiklanadigan umumiy tasviri (sxemasi)dir. G’oyalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga katta ta’sir ko’rsatadi. Ammo bunday ta’sir o’z-o’zidan emas, balki odamlar faoliyati orqali amalga oshadi. G’oyani amalga oshiri uchun uni tasavvurdan (umumiy sxemadan) aniq tushunchalarga, ularni esa real amaliyotga aylantirish kerak bo’ladi. SHu boisdan g’oya aniq shakllantirilib, puxta ishlab chiqilishi zarur. Bunday jarayon natijasida g’oyaning amaliy yo’nalishlari shakllantiriladi. G’oyaning amaliy yo’nalishi - bu tadbirkorlik g’oyasining ishlab chiqilgan va tadbirkor uchun muhim tuunchalar (tadbirkorning maqsadi va imkoniyatlari hamda bozor talablariga mosligi, foydaliligi, istiqbolligi, raqobatbardoshligi va hokazolar)da ifodalangan variantidir. Bir g’oya bir necha yo’nalishda ro’yobga chiqarilishi mumkin. G’oya va uning amaliy yo’nalishini to’g’ri tanlash tadbirkorlikda katta rol o’ynaydi. Noto’g’ri tanlangan g’oya yoki uning amaliy yo’nalishi asosida tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyati mag’lubiyatga yuz tutishi shubhasiz. CHet el tajribasidan ma’lumki, tadbirkorlar, korxonalarning sinish sabablaridan biri aynan g’oyaning noto’g’ri tanlanishi hisoblanadi8. SHuning uchun g’oya tanlashga juda jiddiy yondashish zarur. Bundan tashqari, tanlangan g’oya va yo’nalishni sinab ko’rib, uning foydaliligi, istiqbolligi, jozibadorligiga ishonch hosil qilish lozim. Yangi korxonani tashkil qilishga qaratilgan tadbirlarni bajarishga kirishishdan oldin, kichik biznes va xususiy korxonalar sub’ektlari g’oyalarni aniq va yetarlicha tahlil qilishi lozim, bu esa vaziyatni o’zgarishiga moslashishga imkon beradi. Tadbirkorlik g’oyasi kishining tadbirkorlik salohiyatiga, tadbirkorlikni amalga oshirish imkoniyatlariga asoslanishi kerak. Demak, tadbirkorlik g’oyasi - bu sizning biznesingizning keng ma’nodagi (kengaytirilgan) tavsifi bo’lib, uning maqsadi, ishlab chiqarish va sotish uchun mo’ljallangan yangi tovar (xizmat)lar tavsifini, ularni amaldagi ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlardan farqi yoki anhanaviy tovar (xizmat) turlarini ishlab chiqarish va sotish jarayonlariga yangiliklarni joriy qilish va boshqalarni ifodalashdir Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling