“Menejment” kafedrasi
Rahbarlik turlarining, o’ziga xos xususiyatlari
Download 354.61 Kb.
|
“Menejment” kafedrasi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Belgilar Rahbarlik turlari
- Sangviniklar
Rahbarlik turlarining, o’ziga xos xususiyatlari
Har uchala rahbarlik turi o’rtasida mutanosiblik mavjud bo’lib aniq sharoitlarda birining salmog’i oshishi bilan boshqasining salmog’i kamayadi. Fazilat - bu ijobiy xislat, yaxshi sifat yoki xususiyatdir. Kishilarda fazilatlarning turlicha bo’lishi hamda har xil xulq- atvorlar insonning badanida aylanib yuradigan suyuq moddalarga ko’p jihatdan bog’liq ekanligi tajribada kuzatilgan. Qadimgi tibbiyotning yirik namoyondasi Gippokrat inson badanida qon asosii o’rinni ishg’ol etsa, bunday odam harakatchan, engil bo’ladi, taasurotlarning almashinishiga tez ko’nikib keta qoladi, o’z atrofida sodir bo’layotgan voqealarga darhol va ishtiyoq bilan aralashadi, degan fikri bejiz emas. Mana shu xil kishilarni Gippokrat Sangviniklar (xushchaqchaq kishilar) deb atagan. Bu lotincha “singvinis” ya’ni “qon” degan so’zdan kelib chiqqan. Sangviniklar tuyg’u (jo’shqin) xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular:
Sangviniklar ish jarayonida kechgan ko’ngilsiz hodisalarni tezda esdan chiqarib yuboradilar. Ular o’z kuchi hamda qobiliyatlariga ortiqcha baho berish xususiyatiga egadirlar. Rahbarlar ularning ishini salbiy baholashdan ko’ra ularga nisbatan qattiq qo’l va talabchan bo’lsalar ijobiy natijaga erishish mumkin. Sangviniklar yuqori lavozimga intiladigan kishilar bo’ladilar. Agar kishi tanasida shilliq hukmron o’rin tutsa, unday kishilar og’ir, tepsa tebransmas, kayfiyatlari va intilishlari ancha barqaror, voqealar va hayot taassurotlariga loqayd qaraydigan bo’ladilar. Bunday xil kishilar flegmatiklar deb atalgan. Qadimgi yunonlar shilliqlarni “Flegma” deyishgan.
Flegmatiklar chidamliligi, matonati, o’zini tuta bilishi bilan ajralib turadi. Gippokratning fikricha, agar kishi tanasida za’faron safro ustun tursa, bunday kishi tezkor, qa’tiy-harakatchan bo’ladi. Bu toifa kishilarni Gippokrat xoleriklar (qoni qiziq kishilar) deb atagan. Qadimgi yunonchada safroni “xoley” deyishgan.
Nihoyat, Gippokrat yana bir tur kishilarni ajratadiki, bundaylarning ahvoli, ruhiyati bir xilda turmaydi. Ular yomon kayfiyatga ko’proq moyil bo’ladilar, arzir-arzimas narsalardan qattiq kuyunaveradilar. Bunday kishilarni ulug’ shifokor melanxoliklar deb atagan. Qadimgi yunonchada “melanxolik” so’zi “qora safro” degan ma’noni bildirgin.
Melanxoliklar qulay sharoitda oldiga qo’yilgan masalalarni muvafaqqiyatli bajaradi. Agar ishda sharoit, ya’ni vaziyat o’zgarsa, qiyinchilik tug’ilsa, ular o’zlarini panaga olib turishadi. Hozirgi davrda menejer (rahbar)lar qondirishi zarur bo’lgan talablar juda ko’p.
Download 354.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling