“Menejment” kafedrasi


Download 354.61 Kb.
bet69/79
Sana09.11.2021
Hajmi354.61 Kb.
#172319
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   79
Bog'liq
“Menejment” kafedrasi-fayllar.org

6-mavzu. ILOVALAR

YORK INVESTMENTS LIMITETDA MAQSADLAR BO’YICHA BOSHQARUV6

York investmentg LTD kompaniyasi keng doiradagi moliyaviy xizmatlarni firmalarga va yakka shaxs mijozlarga ko’rsatib keladi. Kompaniya rahbariyati maqsadlar bo’yicha boshqaruv tashkilotning samaradorligini sezilarli darajada oshirishni niyat qilib, joriy qildi.

Djorj Patrik, to’lov hujjatlari bo’limining boshlig’i a’lo mutaxassis deb hisoblanar edi, chunki kompaniyaga ishchi kelgunga qadar u bu sohada to’rt yil ishlagan edi. Bo’limning 8 ta xizmatchisi 1000 ta kompaniya xizmatchisi uchun to’lov operatsiyalarini amalga oshirib kelgan.

Patrik kompaniyadagi birinchi yil ishida boshlig’i, nazorat xizmati rahbari bilan o’zining bo’limi uchun quyidagi maqsadlarni belgiladi va muhokama qildi:

1) 1 iyunga bo’lim xizmatchilarini keng dastur bo’yicha o’qitishni joriy qilish;

2) 1 sentyabrga barcha to’lovlar protsedurasi uchun yozma hujjatlarni ishlab chiqish;

3) har yil davomida bo’limdagi kadrlarni 15% kamaytirish. Ammo shunday bo’ldiki, jamoada yangilik kiritilishi munosabati bilan bo’limdan uchta, eng yaxshi xizmatchilar ketib qolishadi. Shu sababli yangi xizmatchilarni o’qitish uchun sezilarli qo’shimcha harajatlar qilishga to’g’ri keladi.

Yil oxirida har ikkala rahbar, ya’ni boshliq va uning qo’l ostidagi xizmat qiluvchi Patrik rejasini, yana muhokama qildilar va qo’lga kiritgan natijalarni quyidagicha ta’riflaydilar.

Birinchi maqsad. Amalga oshmadi. Umum ta’lim dasturi ishlab chiqilmadi, ammo uning ba’zi bir elementlari bajarildi.

Ikkinchi maqsad. Ikkinchi maqsad ham amalga oshmadi. chizma hujjatlar soni oshib, protsedura ma’lumotnomasi ishlab chiqarilmadi.

Uchinchi maqsad. Amalga oshmadi. Nazorat xizmat rahbari Djim Stelmax o’z xizmatchisining ishidan qoniqmadi. Nima uchun Patrikning rejasi bajarilmadi degan savolga javoban, u uchta yaxshi mutaxassisni ketib qolganini eshitdi.

Yangi qabul qilingan uchta xizmatchini faqat bittasi avvalgilar kabi ishlay olar edi.





Download 354.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling