Menejment nazariyasi


-Topshiriq. Quyidagi savollarga oʻz javobingizni yozing


Download 22.54 Kb.
bet3/3
Sana15.02.2023
Hajmi22.54 Kb.
#1202565
1   2   3
Bog'liq
1-Mavzu (2)B

4-Topshiriq. Quyidagi savollarga oʻz javobingizni yozing.
1. Menejment tushunchasi, uning mohiyati va maqsadi nimalardan iborat?
Javob:
Menejment tushunchasi tor ma’noda biror-bir tashkilot maqsadini aniqlash va unga erishish uchun zarur boʻlgan rejalashtirish, tashkil etish va nazorat jarayonlarining foyda keltirishi, samara berishi faoliyat yoʻnalishini qanchalik toʻgʻri tanlay bilishga, qarorlar qabul qila olishga hamda uning boshqarilishini nazorat qilishga va bu jarayon borishiga bogʻliq boʻladi .
Menejmentning mohiyati ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va iqtisodiy aloqalarning murakkablashuvi bilan kengayib boradi. Menejment ishlab chiqarish jarayonida, ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli shakllari mavjud boʻlgan sharoitda, ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida raqobatni shakllantirish, foydani maksimallashtirishga qaratilgan boʻlsa, u butun bir iqtisodiy tizimda ishlab chiqarish evaziga jamiyat ehtiyojini qondira oladigan bozor infratuzilmasi elementlari va ularning oʻzaro aloqasini ta’minlovchi mexanizmning barqaror ishlashiga, har bir fuqaro, guruh, uyushma, tashkilot va muassasalar manfaatlarini e’tiborga olgan holda, ularni jahon sahnasida oʻz oʻrniga ega boʻlishiga qaratilgan boʻladi.

2. Menejment nazariyasi fanining predmeti, qanday izlanish uslublari mavjud?


Javob: Menejment predmeti xoʻjalik yuritishning barcha darajalarida menejmentning qonunlari (qonuniyatlari), tamoyillari va munosabatlarini oʻrganishdan iboratdir. Menejment munosabatlari ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlarning ajralmas qismi boʻlib, turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, mehnat, psixologik va boshqa koʻrinishlarda namoyon boʻladi. Menejment munosabatlari menejment qoʻl ostidagi xodimlar oʻrtasida boʻladigan aloqa va oʻzaro ta ‘sirning murakkab majmuini ifodalaydi, demak, menejment, eng avvalo, kishilarni boshqarishdir.
3. Menejment sub’yekti va ob’yekti nima?
Javob; Menejment sub’yekti bu boshliq boshqarivchi ,ob’yekti esa hodimlar ishchilar .
4. Menejment nazariy tomonlarining asosiy vazifalari nimadan iborat?
Javob: nazariy tomonlarining asosiy vazifalari quyidagilar:
- menejmentning nazariy asoslarini oʻrganish;
- bozor iqtisodiyoti sharoitida menejmentning asosiy usullarini oʻrganish va amaliyotga tatbiq etish;
- menejment faoliyati sohasida kasbiy mahorat bilimlarini egallash;
- menejment tamoyillari, funksiyalari haqida tushuncha berish;
- menejment jarayonida kommunikasiyalar va ulardan foydalanish koʻnikmalarini hosil qilish;
- rahbarlik faoliyati boʻyicha kasbiy mahorat uslubi va madaniyati haqida bilim berish;
- Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida menejment tizimini oʻrganish va tahlil qilish;
- xorijiy tajribalarni oʻrganish, ulami taqqoslash asosida oʻqitish, oʻrgatish va b.
5. «Menejment nazariyasi» kursining vazifalari va boshqa iqtisodiy fanlar bilan birgalikda rivojlanishini asoslang.
aniq vazifalarni hal yetishga: iqtisodiyotni bozor munosabatlariga oʻtishiga, foyda olishga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholi ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga, kishilar ma’naviy darajalarini oʻstirish va boshqalarga qaratilgandir. sosiologiya, psixologiya, personalni boshqarish, ekonometrika, tarmoq iqtisodiyoti kabi fanlar bilan aloqadordir. Chunki menejment asosan kishilarni, jam iyatni boshqarish boʻlganligi uchun, mehnatni tashkil etish, ishchi oʻrinlarini, shart- sharoitlarini yaratish, belgilangan vazifalar bajarilishi yuzasidan nazorat qilish, faoliyat natijalarini baholashda samaradorlik koʻrsatkichlarini qoʻllash, qolaversa, menejmentda rahbarning psixologiyasi, madaniyati oʻziga xos uslubga ega boʻlishini taqozo etish va ularni oʻrganish menejment nazariyasi fanining yuqorida ta’kidlangan fanlar bilan bogʻliqlikda, birgalikda rivojlanishiga asos boʻladi.
Javob:
Download 22.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling