Menejment risklarini boshqarish


Download 59.38 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi59.38 Kb.
#1513215
  1   2
Bog'liq
Menejment risklarini boshqarish esse


Jaloliddinova Sarvinoz Kamoliddin qizi

Menejment risklarini boshqarish


Esse

Keyingi yillarda risklar tadqiq etilgan qator ilmiy ishlarda ularni minimallashtirishni amalga oshirish borasida ma‘lum natijalarga erishish ta‘kidlansada, mazkur jabhada hamon o‘z echimini kutayotgan qator muammolar mavjudligini alohida qayd etish lozim. Xususan, bu jarayonda risklarning mohiyati, ularning yuzaga kelish sabablari va o‘zaro boqliqligi, shuningdek, oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat, ya‘ni risk-menejment imkoniyatlarini tadqiq etish dolzarb mavzularidan biri hisoblanishini qayd etish o‘rinlidir.


Risklarni o‘rganish jarayonida, bir tomondan, risk menejmenti imkoniyatlari birmuncha orttirib ko‘rsatilishi moliyaviy risklar nazariyasi yaratilishiga bo‘lgan talabni oshirgan bo‘lsa, boshqa tomondan, shu kunga qadar ―moliyaviy risk‖ tushunchasining mohiyati to‘laligicha ochib berilmaganligi, bu yo‘nalishda tadqiqotlar olib borilishi kerakligini ta‘kidlash lozim.
Risk - moliyaviy kategoriyadir. Shuning uchun, risk darajasi va qiymati moliyaviy mexanizmi orqali ham ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday ta‘sir moliyaviy boshqarish texnik yordami va maxsus strategiyasi bilan amalga oshiriladi. Birgalikda, strategiya va texnikada, ya‘ni, risk menejment mexanizmi bir hil shakllantirish tushuniladi. Shunday qilib, risk menejment, moliyaviy menejmentni bir qismidir. Risk menejmentning pirovard maqsadi foyda va xavfni optimal darajada bilish, maqbul nisbatda foydani qo‘lga kiritishdan iborat.
Obyektni boshqarish funksiyasi – bu funksiyaning vazifasi riskning yuzaga kelishini, qo‘yilgan kapitalga riskning ta‘sirini va ta‘sir doirasini kamaytirish, aniqlashni, riskni sug‘urta qilishni, ishlab chiqaruvchilar subektini iqtisodga munosabati va aloqasini ochib beradi.
Subyektni boshqarish funksiyasi – bu riskni tahlil qilish, yo‘nalishlarini aniqlash, boshqarish, kamaytirish va nazorat vazifalarini bajaradi.
Strategik boshqarish – oldiga qo‘yilgan maqsadga, yaxshi qaror qabul qilish va tanlangan qaror asosida maqbul hulosalar chiqarish orqali muhim natijaga erishish tushuniladi. Maqsadga erishgandan keyin bu strategik boshqarish o‘z kuchini yo‘qotadi va strategik boshqarishni yangi qarorini ishlab chiqishga to‘g‘ri keladi.
Taktik boshqarish amaliyot usuli hisoblanib, bu menejmentning belgilangan sharoitda aniq maqsadga erishishi tushuniladi. Taktik boshqarish vazifasi deganda, biznesda riskni boshqarishni optimal qarorlarini yaratish tushuniladi.
Risk menejmentining vazifalarini amalga oshirish uchun bilim, mahorat va tadbirkolik zarur bo‘ladi, bu esa risk menejmentida strategik uslubni yaratishni talab qiladi. Risk menejmenti strategiyasi deganda biznesda aniqlangan va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan riskli munosabatlarni tahlil qilishni va uning ta‘sir darajasini pasaytirish uslublarini yaratishni mahorat bilan boshqarish va baholash tushuniladi.
Risk menejmentining strategik muhitida quyidagi qonunlar kiritilgan:
maksimal daromadga erishish, ehtimollikni optimal darajasini aniqlash, riskning ta‘sir doirasi va daromadning optimal darajasi o‘rtasidagi munosabat.
Maksimal daromadga erishish – bu investor qo‘ygan o‘z kapitaliga ta‘sir qiluvchi riskning minimal ta‘sir doirasidan kelib chiqqan holda daromad darajasini belgilashi tushuniladi.
Ehtimollikni optimal darajasi – bu riskni oldini olish maqsadida taklif qilingan bir qancha usullardan investor uchun eng maqbul uslubni tanlash tushuniladi.
Riskning ta‘sir doirasi va daromadning optimal darajasi o‘rtasidagi munosabatda, risk menejmenti kutilayotgan daromadni baholash va riskning bu daromadga ta‘siri doirasidan kelib chiqqan holda o‘z kapitalini sarflashni davom ettirish yoki bu riskli munosabatdan chekinish tushuniladi.
Risk menejment tizimi moliyaviy munosabatlar boshqaruv jarayonida kelib chiqadi. Risk menejment o‘z ichiga boshqarish strategiyasi va taktikasini oladi.
Risk menejment strategiyasi maqsadga erishish yo‘nalishini belgilaydi va vositalarni to‘g‘ri yo‘naltirishni anglatadi. Bu yo‘nalishda bir qarorga kelish uchun ma‘lum bir qoidalar va cheklovlar to‘plami mavjud. strategiya barcha boshqa qabul qilingan variantlarni rad qilishga, yana bir marta o‘ylashga imkon beradi. Yangi maqsadlar yangi strategiyani ishlab chiqish imkonini beradi.
Taktika – aniq maqsadlarning aniq echimidir. Taktikaning maqsadi eng yaxshi echim va, usullarni tanlash va boshqarish texnikasini munosib tanlash hisoblanadi.
Risk menejment boshqarish sistemasi sifatida ikiita tizimdan iborat, ya‘ni boshqariladigan sistema (obyekti), va boshqaradigan sistema (subyekti).
Risk menejmenti boshqaruv obyekti risklar, risk sarmoyasi va riskni amalga oshirish jarayonida xo‘jalik sub‘ektlari o‘rtasida iqtisodiy aloqalar hisoblanadi. Bu iqtisodiy aloqalar, tadbirkorlar (sherik, raqib) o‘rtasida va boshqalar sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi, qarz beruvchi va qarz oluvchi o‘rtasidagi aloqalardir.
Risk menejmenti boshqaruv subyekti - (moliyaviy menejeri, sug‘urta mutaxassisi, akvizitor va boshqalar) odamlarning bir maxsus guruh deb turli hil texnik va ma‘muriy ta‘sir usullari nazorat obyekti orqali maqsadli faoliyat olib boradi. Ya‘ni nazorat obyekti, sub‘ektning ta‘sir jarayoni, o‘zini o‘zi boshqarish jarayoni amalga oshirilishi mumkin, agar faqat boshqaruv va nazorat qilish tizimi o‘rtasida muayyan axborot aylanishi sodir bo‘lsa. Agar risk sharoitida harakat haqida aniq bir qaror qabul qilish imkonini bermasa, bu sharoitda etarli va ishonchli ma‘lumotlar, muhim rol o‘ynaydi.
Risk menejment axborot ta‘minoti har xil axborotlardan iborat: statistik, moliyaviy, iqtisodiy. Bu ma‘lumotlar ustida, sug‘urta, sug‘urta xizmatlari, shu jumladan, tovar, kapital, moliyaviy barqarorlik va ularning mijozlari, hamkorlari, raqobatchilar, narxlar, narxlar va xarajatlarini to‘lovga qobiliyatlilik, talabning mavjudligi va kattaligi, ehtimollar bilimi, sug‘urta shartlari, dividendlar va foizlar va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Risk menejment asosiy qoidalari:

  • o‘z kapitalidan ortiq risk qilish mumkin emas;

  • risk qilish oqibatlari haqida o‘ylash kerak;

  • kichik narsa uchun ko‘p risk qilish mumkin emas;

  • ijobiy qarorlar faqat ikkilanmasadn qabul qilinganda qabul qilinadi;

  • ko‘p ikkilangan hollarda salbiy qarorlar qabul qilinadi;

  • har doim faqat bir echim bor, deb o‘ylash hato. Balki boshqa yechimlar ham bor.

Birinchi qoidaga ko‘ra investitsiyalar bo‘yicha qaror qabul qilishdan oldin quyidagilarni bajarish kerak:

2-rasm. Investitsiyalar bo‟yicha qaror qabul qilish jarayoni1


Ikkinchi qoidani amalga oshirish uchun moliyaviy menejer zararni maksimal darajada bilib, u nimaga olib kelishini biladi, riskni oldindan ko‘radi va riskdan voz kechishga qaror qilardi. Riskni boshqa kishining javobgarligiga qo‘yadi.
Uchinchi qoida riskni sug‘urtaga yuboradi. Bu xol sug‘urta mukofoti va sug‘urta summasi o‘rtasida maqbul nisbatni tanlash degan ma‘noni anglatadi.

Download 59.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling