Menejment va marketing
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
tijorat banklari likvidligini boshqarishda innovatsion strategiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- G’ANIYEV AZAMAT BAHROM O’GLI “TIJORAT BANKLARI LIKVIDLIGINI BOSHQARISHDA INNOVATSION STRATEGIYA”
- «HIMOYAGA RUXSAT ETILDI»
- KIRISH. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
- II BOB. TIJORAT BANKLARI LIKVIDLILIGINING JORIY HOLAT TAHLILI
- III BOB. TIJORAT BANKLARINING LIKVIDLIGINI BOSHQARISHNI INNOVATSION STRATEGIYASI
- XULOSA…………………………………………………………………
- Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi.
- Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari.
- Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti
- Mavzuning nazariy amaliy ahamiyati
- Bitiruv malakaviy ishining tarkibining qisqacha tavsifi.
- I BOB. TIJORAT BANKLARI LIKVIDLIGINING MOHIYATI VA UNI BOSHQARISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI.
- 2-rasm. Bank barqarorligini ta’minlashning asosiy shartlari. 4
2 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
G’ANIYEV AZAMAT BAHROM O’GLI “TIJORAT BANKLARI LIKVIDLIGINI BOSHQARISHDA INNOVATSION STRATEGIYA”
«HIMOYAGA RUXSAT ETILDI»
Bitiruvchi : 5230200 -“ Menejment”- ta’lim yo’nalishi 4 -kurs talabasi
G’aniyev Azamat Bahrom o’gli
____________________________ Ilmiy rahbar: i.f.n. Saydaxmedov Obidxon Anvarovich
TOSHKENT – 2015
«Moliyaviy menejment» fakulteti dekani iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Astanakulov Olim Tashtemirovich _______________________________ «____»______________________2015
«Menejment va marketing» kafedrasi mudiri iqtisod fanlari nomzodi Jumayev Otabek Tolibovich _______________________________ «____»______________________2015
3 Men
G’aniyev Azamat Bahrom o’gli ushbu BMIni mustaqil bajardim, ko’chirmachilik holati yo’qligiga javob beraman. Ko’chirmachilikka yo’l qo’ygan holatimda BMI kafedra mudiri taqdimnomasiga asosan rektor buyrug’i bilan bekor qilinishi va “qoniqarsiz” baho qo’yilishini bilaman.
___________________________ G’aniyev Azamat Bahrom o’gli
4 M U N D A R I J A KIRISH. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 3
VA UNI BOSHQARISHNING NAZARIY XUQUQIY ASOSLARI
7 1.1 Bank likvidligi tushunchasi va unga ta’sir qiluvchi omillar… 7 1.2 Tijorat banklari likvidligini boshqarish nazariyalari………… 20 II BOB. TIJORAT BANKLARI LIKVIDLILIGINING JORIY HOLAT TAHLILI
28 2.1 O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining likvidligini boshqarish amaliyoti…………………………………………
2.2 ATB Agrobankning moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlari va boshqaruv faoliyati taxlili……………………………………
36
III BOB. TIJORAT BANKLARINING LIKVIDLIGINI BOSHQARISHNI INNOVATSION STRATEGIYASI
52 3.1 Tijorat banklarining likvidligini ta’minlash xorij tajribasi….. 52
3.2 Tijorat banklari likvidligini boshqarishni takomillashtirish…. 57
XULOSA………………………………………………………………… 64
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI…………………. 66
5 KIRISH “Mamlakat iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o’sishi barcha mavjud imkoniyatlarning safarbar qilinayotganligi hamda o’zini oqlagan islohotlar strategiyasining izchil davom ettirilayotganligi hisobiga ta’minlanmoqda. 1 ”
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Banklar o’z majburiyatlarini to’liq bajarishi uchun mijozlari oldida ishonchli imidjiga ega bo’lishi lozim. Bu ishonch esa banklarning likvidligi negizidan kelib chiqadi. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida tijorat banklari o’z faoliyatlari barqarorligini ta’minlashi uchun, avvalo, likvidlikka, to’lov qobiliyatiga, daromadlilikka muntazam e’tibor qaratishi talab etiladi. Tahlillar shuni ko’rsatadiki, mavjud tijorat banklarining hisobot davri davomida vakillik hisobvaraqlarida mablag’lari yetarli bo’lishi kuzatilgani holda, hisobot davri o’rtasida vakillik hisobvaraqlari sezilarli tushib ketmoqda va ushbu holat ularning likviddigiga ham
ta’sir qilmoqda. Natijada, hisobot davri o’rtasida mijozlar majburiyatlarining birinchi talabini bajarishda ayrim qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Shuningdek, likvid aktivlarning bank brutto aktivlari hajmidagi ulushi yuqori bo’lishiga qaramay, majburiy zaxira stavkalarining yuqori bo’lganligi sababli Markaziy bankning majburiy zaxirasida deponentlangan mablag’lar ulushi ham yuqoriligicha qolmoqda. Ushbu mablag’lardan banklar faoliyatini amalga oshirish litsenziyasi qaytarib olingandan keyingina foydalanilishini hisobga olsak, ular banklar likvidligini ta’minlashga xizmat qilmayogganligi ma’lum bo’ladi. Qolaversa, tijorat banklari likvidligi operativ hal etilishida Markaziy bank tomonidan overdraft, overnayt va boshqa likvidlikni ta’minlaydigan qayta moliyalash kreditlardan foydalanilmayapti. Yuqoridagi holatlar tijorat banklarida likvidlilik muammosining dolzarbligini
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2015 – yilda iqtisodiyotimizning tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va devirsifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish – ustuvor vazifamizdir. Xalq so’zi.18.01.2015.
6 belgilab beradi va banklar likvidligi ta’minlanishini takomillashtirish yo’llarini chuqur ilmiy tahlil qilishni taqozo etadi. Bankning likvidligi va to’lovga layoqatligini ta’minlashda likvidlik siyosati va strategiyasini to’g’ri olib borish juda muhimdir. Demak, tijorat banklari likvidlikni boshqarish, u bo’yicha kuchli siyosat va strategiyaga ega bo’lishga ma’lum bir davrda emas, balki har kuni ahamiyat berishlari zarurligi taqozo etilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi PQ-1438-sonli qaroriga muvofiq, tijorat banklarining kapitallashuv darajasi, barqarorligi va likvidligini oshirish ustuvor yo’nalishlar sifatida belgilab berildi. So’nggi yillarda respublikamiz tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish, aholining banklarga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlash, tijorat banklari likvidligi, to’lovga qobiliyatligi va barqarorligini ta’minlash borasida ulkan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. 2014 yilda bank tizimida amalga oshirilgan izchil va aniq maqsadli islohotlar banklar kapitallashuv darajasi va depozit bazasining yuqori sur’atlarda o’sishiga imkon
berdi va
natijada bank
tizimining moliyaviy barqarorligi mustahkamlanib, moliyaviy vositachilik roli kengaydi hamda ko’rsatilayotgan bank xizmatlari sifati yanada oshdi. 2015 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, tijorat banklaridagi aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlari depozitlari umumiy hajmi 2013 yilga nisbatan 30,5 foizga oshib, 28,5 trln. so’mga etdi.
Shuningdek, banklarda uzoq muddatli resurs bazasini shakllantirish borasidagi chora-tadbirlar doirasida aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bo’sh pul mablag’larini banklarga jalb qilishdagi moliyaviy vositalardan biri hisoblangan bank qimmatli qog’ozlarini muomalaga chiqarish ishlari ham jadallashtirildi.
7 Tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan qarz qimmatli qog’ozlari xajmi 2015 yilning 1 yanvar holatiga 1,0 trln. so’mni, jumladan, muomaladagi uzok muddatli obligatsiyalar 310,2 mlrd. so’mni va depozit sertifikatlari miqdori 689,7 mlrd. so’mni tashkil etmokda. Tijorat banklarining kapitallashuvini oshirish bo’yicha ko’rilgan chora – tadbirlar natijasida 2014 yil yakuni bo’yicha bank tizimida kapitalning etarlilik darajasi 23,8 foizni tashkil etdi. Bu esa, bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi tomonidan belgilangan xalqaro me’yordan 3 barobar yuqoridir. 2
darajasi 2014 yil yakuni bo’yicha 64,6 foizni yoki talab etiladigan minimal darajadan 2 barobardan ortiqni tashkil etdi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi tijorat banklari likvidliligini boshqarish siyosatini nazariy asoslari va amaliy jihatlarini o’rganish, tahlil qilish, bankning oltin qoidasidan kelib chiqib, tijorat banklari aktivlari va majburiyatlarining muvofiqligini hamda uning likvidlilikka ta’sirini o’rganish, shuningdek uni takomillashtirish borasida ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir. Bitiruv malakaviy ishida ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: - tijorat banklari likvidliligini boshqarishning nazariy-huquqiy asoslarini o’rganish; - O’zbekiston Respublikasi bank tizimining aktiv va passivlari tarkibi, dinamikasi va strukturasini tahlil qilish; - tijorat banklarining likvidlilik me’yorlarini tahlil qilish; - tijorat banklari likvidliligini boshqarishda Xalqaro Bazel qo’mitasining yangi tavsiyalari va rivojlangan mamlakatlar bank tizimi tajribasidan kelib chiqib, respublikamiz bank tizimida qo’llaniladigan iqtisodiy me’yorlarni takomillashtirish hamda xulosa va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
2 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning mamlakatimizni “2014 yildagi makroiqtisodiy xolat va real sektor taxlili” ga bag’ishlangan vazirlar mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. 2015-yil 17-yanvar.
8 Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti bo’lib, Respublikamiz bank tizimi va tijorat banklari, ularning likvidlik darajasi, dinamikasini o’rganish hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining predmeti – tijorat banklari faoliyati va ularning likvidlik holati, shuningdek likvidligini boshqarish siyosatini takomillashtirish xususiyatlari hisoblanadi.
jarayonida tijorat banklari likvidligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan operatsiyalarni rivojlantirish, amalga oshirish jarayonida mavjud muammolarni hal etish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va tavsiyalar berish.
ishi kirish, uchta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan. BMI matni 71 ta betni tashkil etib, unda 8 ta jadval, 6 ta rasm keltirilgan. Kirish qismida bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi ko’rsatib o’tilgan, bank tizimida tijorat banklari likvidliligining ahamiyati, maqsadi va vazifalari bayon qilingan, mavzuning ilmiy-amaliy jihatdan muhimligi asoslab berilgan. Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida likvidlilikning iqtisodiy mohiyati va nazariy-xuquqiy asoslari, tijorat banklari likvidligini boshqarish siyosati va strategiyasi, likvidlik ko’rsatkichlari va xalqaro talablar yoritilgan. Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida mamlakatimiz tijorat banklarining likvidlik holati, uni boshqarish siyosati va amaliyoti tahlil etilgan. Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobida tijorat banklarining likvidligini ta’minlash xorij tajribasi, banklar likvidliligini boshqarish siyosatini takomillashtirish yo’llari yoritilgan. Bitiruv malakaviy ishining xulosa va takliflar qismida, tijorat banklari likvidliligini boshqarish va undagi muammolarni hal etish bo’yicha umumiy xulosalar, nazariy va amaliy tavsiyalar hamda takliflar ishlab chiqilgan.
9 I BOB. TIJORAT BANKLARI LIKVIDLIGINING MOHIYATI VA UNI BOSHQARISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI. 1.1. Bank likvidligi tushunchasi va unga ta’sir qiluvchi omillar. Ma’lumki, mamlakatning moliyaviy-iqtisodiy inqirozga yuz tutishi oqibatida bank mijozlarining moliyaviy imkoniyatining pasayishi, ularga ajratilgan kreditlar qaytarilishining susayishi, bank depozitlari (omonatlari)dan mablag’larni olib qo’yishi jarayonlari yuz beradi, va aksincha, iqtisodiyotning rivojlanishi esa banklarga qo’shimcha mablag’larining kelib tushishi hamda bank resurslarining shakillanishi uchun zamin yaratadi. Banklarning faoliyatiga miqdoriy baho beruvchi, ishonchligini ta’minlovchi va uning faoliyatiga aniq tashxis qo’yuvchi vositalaridan biri bu – bankning likvidligi hisoblanadi. Bankning barqaror rivojlanishi uning likvidlik darajasining ta’minlanishini talab etadi. Bank likvidligi nafaqat bankning barcha kontragentlari oldidagi moliyaviy va qarz majburiyatlarini o’z vaqtida va to’liq bajarilishini ta’minlash imkoniyatini beradi, balki bank kontragentlarining kreditlarga bo’lgan ehtiyojlarini ham ta’minlanishini belgilab beradi. Likvidlik tijorat banklari faoliyatida eng asosiy tushunchalardan biridir. Likvidlik tijorat banklari ishonchliligi va barqarorligi asosini tashkil etadi va ularning to’lovga qobiliyatli bo’lishiga zamin yaratadi. Banklar likvidligi ularning to’lov qobiliyati va ishonchli bo’lishini ta’minlashda zarur kategoriya hisoblanadi. Shu o’rinda banklarning likvidligi, to’lov qobiliyati va ishonchliligi to’g’risida fikr bildirsak. Tijorat banklarining mijozlar va kreditorlar oldida o’z imidjini saqlab qolishi uchun eng avvalo ularning likvidligi va to’lov qobiliyati mustahkam bo’lishi lozim. Bank likvidligi bo’yicha risklarning ortishiga ta’sir qiluvchi bir qancha omillar mavjudki, bu omillar bank likvidligiga alohida ahamiyat berishni va bank likvidligi bo’yicha xatarni doimiy ravishda kuzatib borishni talab qiladi.
10 Shu sababli banklar o’z daromadidan kechib bo’lsa ham, likvidlikni saqlab turishga majbur. O’z navbatida, resurslar banklarning daromadliligini oshirish maqsadiga yo’naltirilsa, unda bu bankning likvidligiga ta’sir ko’rsatadi. Demak, banklarning likvidliligi va daromadliligi o’zaro teskari mutanosiblikda namoyon bo’ladi. Banklar ishonchliligi deganda ularning o’z mijozlari oldidagi majburiyatini, ya’ni birinchi talab bilanoq amalga oshirish layoqatiga ega bo’lgan faoliyatini tushunamiz. Ishonchlilikka erishish uchun esa banklar likvid va to’lov qobiliyatiga ega bo’lishi lozim (1-rasm):
1-rasm. Banklar ishonchliligining amal qilish shartlari. 3 banklari likvidligi, to’lovga qobiliyati bank ishonchlilik ko’rsatkichlarini ifodalovchi va bir-biri bilan chambarchas bog’liq elementlardir. Likvidlik - bank majburiyatlarni kerakli vaqtda, ya’ni talab etilgan vaqtda bajara olish qobiliyatidir. To’lov qobiliyati esa bank majburiyatlarini bajara olish qobiliyatidir. Agar bank depozitlarni qaytarish vaqti etganda bajara olmasa, u vaqtinchalik likvid bo’lmaydi, lekin bankka mablag’lar tushgandan keyin u to’lay oladi va o’zining likvidligini tiklaydi. Ushbu vazifani banklar tashqi qarzlar evaziga xam amalga oshirishlari mumkin. O’z vaqtida bank majburiyatlarini bajara olmasligi bankning to’lov qobiliyatiga ta’sir etmaydi. To’lovga qobiliyatli bank u ertami, kechmi o’z majburiyatlarini albatta bajaradi. Likvid bank esa, o’z muddatida majburiyatlarini bajaradigan bankdir. Bank
3 Sattarov O.B. Tijorat banklari likvidligini boshqarish. Monografiya. Toshkent-2010y. Likvidlilik To’lov qobiliyati Ishonchlilik
11 amaliyoti ko’rsatishicha, qisqa vaqt mobaynida banklar o’z zimmasidagi majburiyatlarini bajarishi orqali raqobat sharoitida mijozlari va imidjini saqlab qoladi. Mijozlarni yo’qotmaslik va kelgusida yangi mijozlarni jalb qilish orqali banklar daromad manbaini oshirib, samarali faoliyat yuritishni davom ettiradi, chunki banklarning barcha operatsiyalari faqat va faqat mijozlar uchun bo’lmog’i lozim. Tijorat banklari likvidligining nazariy asoslarini tahlil qilish uchun uning lug’oviy ma’nosini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq. Likvidlik atamasi lotincha "Likuidus" so’zidan olingan bo’lib-"oquvchan", "suyuqlik", “o’zgaruvchan” degan ma’nolarni anglatadi. Tushunchaning iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqadigan bo’lsak, bu moddiy qiymatliklarning va boshka aktivlarning tezda sotilishi va pulga aylanishini ifodalaydi. Likvidlilik, to’lovga layoqatlilik va bankning barqarorligi orasidagi munosabat 2-rasmda aks etgan. Aktiv
Passiv
Bank talablari
Bank majburiyatlari
Likvidlilik
To’lovga layoqatlilik
Bank talablarining muddatida bajarilishi
muddatida bajarilishi
Bank barqarorligi 2-rasm. Bank barqarorligini ta’minlashning asosiy shartlari. 4
4 Sattarov O.B. Tijorat banklari likvidligini boshqarish. Monografiya. Toshkent-2010y.
12 Bank majburiyatlarining o’z vaqtida, to’liq bajarilishi va ularni yo’qotishlarsiz ta’minlashning zarurligi bank rahbarlaridan likvidlikning o’zgarishiga ta’sir qiladigan omillarni tahlil qilib borishni talab etadi. Bank rahbari tomonidan likvidlikni samarali boshqarish uchun unga ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqlab olishi zarur, chunki bu omillarni aniqlash bank rahbari uchun bank amaliyotida yuz beradigan negativ o’zgarishlarni oldindan ko’ra bilish va unga nisbatan ehtiyot chorasini ko’rish uchun imkoniyat yaratadi. Bank likvidligiga ta’sir etuvchi omillar bo’yicha iqtisodiy adabiyotlarda turli xildagi qarashlar mavjud. Bank likvidligining mavjud muammolari bilan shug’ullangan ko’pgina iqtisodchi olimlar (O.I.Lavrushin, T.V.Nikitina, N.D. Belostotskaya, Yo.Abdullaev, T.Qoraliev va b.lar) bank likvidligiga ta’sir etuvchi omillarni ichki va tashqi omillar guruhiga ajratish orqali tahlil qilib chiqqanlar. Xususan, bank likvidligining o’zgarishi uning faoliyatidan tashqarisida mavjud bir qator tashqi omillar bilan ham bog’liq. Bu omillar tarkibiga mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy ahvol, pul va qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanganlik darajasi, banklararo bozorning barqarorlik va rivojlanganlik darajasi, Markaziy bankning qayta moliyalashtirish imkoniyati, Markaziy bankning nazorat funktsiyasi va uning samaradorligi kabi omillar kiradi. Likvidlik holatini samarali kuzatishga hamda favqulotda holatlar uchun etarli darajada amaliy harakat rejasini ishlab chiqishga qobiliyatsizlik aksariyat hollarda banklarni likvidlik inqirozga, hatto bankrotlikka olib keladi. Likvidliligi past bo’lgan vositalarga uzoq muddatlarga qo’yilgan mablag’lar hisobidan qisqa muddatli likvidlikka bo’lgan ehtiyojlarni qondirish va yuqori foyda olish o’rtasidagi muvozanatni saqlash bankni boshqarishning asosiy komponenti hisoblanadi. Tijorat banklari likvidligi tasnifini kengrok tarzda quyidagi rasm orqali keltirish mumkin (3-rasm):
13
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling