Menejment va marketing


-rasm. Mamlakatimiz tijorat banklarining joriy likvidlilik koeffitsienti


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana10.04.2020
Hajmi0.85 Mb.
#99094
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tijorat banklari likvidligini boshqarishda innovatsion strategiya


 

6-rasm. Mamlakatimiz tijorat banklarining joriy likvidlilik koeffitsienti 

ko’rsatkichlari

11

, foizda (01.01.2014 y holatiga) 

 

    Respublikamizdagi  barcha  tijorat  banklari  joriy  likvidlilik  bo’yicha 



o’rnatilgan me’yorga javob beradi.  

    Ayniqsa,    ATB    Uzsanoatqurilishbanki,  ATB  Asia  Alliance  bank,  Eron 

Soderat banklarning joriy likvidlik darajasi 100 foizdan yuqori. 

    Asosan  yirik  va  chet  el  kapitali  ishtirokidagi  tijorat  banklarida  mazkur 

ko’rsatkich  juda  yuqori  bo’lsa,  kichik  va  o’rta  banklarda  biroz  pastroq 

ko’rsatkichga ega. 



 

 

                                                 

11

 Рейтинговое агентcво «Аҳбор-Рейтинг»/ Аналитический обзор банковского сектора: №34, феврал 



2014г. 26 с

 


 

 

34 



2-jadval. 

O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining joriy likvidlik koeffitsienti 

to’g’risida solishtirma ma’lumot.

12

 

№ 

Bank nomi 



01.01.2013 yil 

holatiga  

01.01.2014 yil 

holatiga  

o’tgan yilning shu davriga 

nisbatan  

(+;-) 





Eron "Soderot" Banki 

135,5% 


170,0% 

34,5% 


125,5% 

"O’zsanoat qurilish 



banki" 

81,2% 


102,1% 

20,9% 


125,7% 

"Asia Alliance bank" 



105,4% 

102,0% 


-3,4% 

96,8% 


"O’T-Bank" 

114,0% 

97,0% 


-17,0% 

85,1% 


“KDB Bank 

O’zbekiston” 

98,8% 


92,6% 

-6,2% 


93,7% 

TIF Milliy banki 



80,0% 

84,7% 


4,7% 

105,9% 


"Davr-Bank" 

96,0% 

83,3% 


-12,7% 

86,8% 


"Hamkorbank" 

90,6% 

82,8% 


-7,8% 

91,4% 


"Ipak Yo’li" 

82,7% 

82,0% 


-0,7% 

99,2% 


10  "Ipoteka-bank" 

77,9% 


76,0% 

-1,9% 


97,6% 

11  "Orient finans" 

98,4% 

70,5% 


-27,9% 

71,6% 


12  "Turkiston" 

82,0% 


69,5% 

-12,5% 


84,8% 

13  "Qishloq qurilish bank" 

73,9% 

60,7% 


-13,2% 

82,1% 


14  "Invest Finance Bank" 

73,6% 


60,7% 

-12,9% 


82,5% 

15  "Asakabank" 

72,8% 

57,4% 


-15,4% 

78,8% 


16   Xalq banki  

67,8% 


57,0% 

-10,8% 


84,1% 

17 


 

"Kapital bank" 

48,9% 

56,1% 


7,2% 

114,7% 


18  "Hi-Tech BANK" 

57,4% 


55,1% 

-2,3% 


96,0% 

19  "Mikrokreditbank” 

67,1% 

54,9% 


-12,2% 

81,8% 


20  "Trastbank" 

70,7% 


54,7% 

-16,0% 


77,4% 

21  "Universal Bank" 

51,5% 

50,5% 


-1,0% 

98,1% 


22  "Aloqabank" 

52,9% 


48,8% 

-4,1% 


92,2% 

23  “Amirbank” 

49,9% 

44,5% 


-5,4% 

89,2% 


24  "Agrobank" 

34,1% 


42,7% 

8,6% 


125,2% 

25  "Turon bank" 

60,5% 

42,0% 


-18,5% 

69,4% 


26  "Ravnaq-Bank" 

85,9% 


41,9% 

-44,0% 


48,8% 

27  “Savdogar” 

39,0% 

40,7% 


1,7% 

104,4% 


  

O’rtacha % 

75,9% 

69,6% 


-6,2% 

91,8% 


 

    Tijorat  banklarida  joriy  likvidlik  koeffitsientini  tahlil  qiladigan  bo’lsak, 

aksariyat hollarda o’tgan yilga nisbatan pasayishni kuzatishimiz mumkin. Ushbu 

holatni  tijorat  banklarining  xalqaro  talablarga  moslashayotganligi  va  muddatli 

depozitlar hajmining oshayotganligi bilan izohlash mumkin. 

                                                 

12

 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari (www.cbu.uz) 



 

 

35 



    2014  yilda  bank  tizimi  barqarorligini  ta’minlash  maqsadida  bank  nazoratini 

xalqaro andozalarga muvofiq holda takomillashtirish ishlari davom ettirildi. 

    Bank nazorati sohasidagi islohotlar banklarning kreditorlari, omonatchilari va 

mijozlari  manfaatlarining  himoyalanish  darajasini  yanada  oshirish,  banklarning 

o’rnatilgan  iqtisodiy  normativlar  va  qonunchilik  talablariga  to’liq  rioya 

qilishlariga erishish tadbirlari orqali amalga oshirildi. 

    Xususan,  tijorat  banklarining  faoliyatini  tartibga  solish  va  nazorat  qilish 

mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida: 

    – «Tijorat  banklarining  moliyaviy  holati  va  barqarorligini  baholash  hamda 

ularning  natijalarini  ko’rib  chiqish  Tartibi»  va  «Aktivlar  sifatini  tasniflash, 

tijorat banklari tomonidan ular bo’yicha ehtimoliy yo’qotishlarni qoplash uchun 

zaxiralarni  shakllantirish  va  undan  foydalanish  Tartibi»ga  asosan,  tijorat 

banklarining  kapital  etarliligi,  likvidliligi,  aktivlar  sifati  va  diversifikatsiyasi 

hamda bank Boshqaruvi organlarining faoliyati samaradorligi; 

    – bank 

operatsiyalarini 

amalga 

oshirishda 



operatsion 

va 


bozor 

tavakkalchiliklarini 

baholash 

bo’yicha 

«Tijorat 

banklarining 

bank 

tavakkalchiliklarini  boshqarishiga  nisbatan  qo’yiladigan  talablar  to’g’risida»gi 



Nizomga  muvofiq,  har  bir  bankda  bevosita  bank  Kengashiga  bo’ysunuvchi 

Tavakkalchiliklarni  nazorat  qilish  qo’mitalarining  faoliyati  doimiy  ravishda 

monitoring qilib borildi. 

    O’z navbatida, «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi 

Qonunning  53-moddasiga  asosan  banklar  va  ularning  filiallari  tomonidan 

iqtisodiy  normativlarni  belgilovchi  qonun  hujjatlari  talablari  buzilgan  taqdirda 

ularga  nisbatan  Markaziy  bank  tomonidan  tegishli  choralar  va  sanktsiyalar 

qo’llanilib, yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar bartaraf etildi. 

    2014  yilda  tijorat  banklari  faoliyatini  baholash  tizimini  xalqaro  reyting 

kompaniyalarining  mezon  va  andozalari  asosida  amalga  oshirish,  bank 

nazorati bo’yicha xalqaro Bazel qo’mitasining yangi tavsiyalarini amaliyotda 

qo’llash, tijorat banklarining buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarini xalqaro 



 

 

36 



talablarga  muvofiqlashtirish  borasida  Jahon  banki  va  Xalqaro  valyuta  fondi 

bilan hamkorlik ishlari davom ettirildi. 

    Jumladan,  mamlakatimiz  bank  nazorati  tizimini  xalqaro  standartlarga  mos 

ravishda  takomillashtirish  va  xalqaro  Bazel  qo’mitasining  yangi  tavsiyalarini 

joriy  qilish  bo’yicha  Jahon  bankining  texnik  yordam  dasturi  doirasida  2014 

yilning 6 – 10 yanvar va 29 aprel – 10 may kunlari davomida respublikamizga 

tashrif buyurgan  missiyasi  bilan  birga tijorat banklarida korporativ boshqaruv 

sifati  va  samaradorligini  oshirish,  operatsion  va  foiz  xatari  ustidan  nazoratni 

kuchaytirish,  jamlanma  nazoratni,  moliyaviy  hisobotlarni  va  banklarni 

reytinglash  amaliyotini  yanada  takomillashtirish  masalalari  har  tomonlama 

ko’rib chiqildi. 

    O’zaro  hamkorlik  aloqalarining  davomi  sifatida  Xalqaro  valyuta  fondi 

ekspertlari  tomonidan  2014  yilning  2 - 12  sentyabr  kunlari  respublikamizga 

navbatdagi  tashrif  chog’ida  tijorat  banklarining  moliyaviy  barqarorligini 

baholashning  nazorat  tizimini  va  huquqiy  asoslarini  yanada  takomillashtirish 

yuzasidan  bildirilgan  tavsiyalar  asosida  Markaziy  bankning  «Tijorat 

banklarining  kapital  etarliligi  bo’yicha  talablar  to’g’risida»gi  va  «Tijorat 

bankining  likvidligini  boshqarish  bo’yicha  talablar  to’g’risida»gi  Nizomlariga 

tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. 

    2015  yilning  1  yanvar  holatiga  ko’ra,  respublikamizda  faoliyat  yuritayotgan 

barcha tijorat banklari (26 ta) «Fitch Reytings», «Mudis» va «Standart end Purs» 

kabi nufuzli xalqaro reyting agentliklarining «barqaror» reyting baholariga ega. 

    Respublikamizning  etakchi  banklari  –  Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  milliy  banki, 

«Asaka»  bank,  «Ipoteka-bank»,  «O’zsanoatqurilishbank»,  «Agrobank», 

«Hamkorbank»  va  «Ipak  yo’li»  banki  bir  yo’la  ikkita  etakchi  xalqaro  reyting 

agentliklarining «barqaror» reyting baholarini olishgan. 

    Shuni  alohida  ta’kidlash  joizki, 2014  yilning  15  aprel  kuni  «Mudis»  xalqaro 

reyting  agentligi  «O’zbekiston  bank  tizimining  rivojlanish  istiqboli» 

mavzusidagi  navbatdagi  hisobotini  e’lon  qilib,  O’zbekiston  bank  tiziminining 

rivojlanish istiqbolini ketma-ket beshinchi yil «barqaror» darajada tasdiqladi. 



 

 

37 



    Shuningdek,  2014  yil  dekabr  oyida  «Standart  end  Purs»  va  «Fitch  reytings» 

reyting  agentliklari  O’zbekiston  bank  tizimi  rivojlanish  istiqbollarini  yana  bir 

bor «barqaror» baholadi. 

    Bu  esa  o’z  navbatida,  mahalliy  va  xorijlik  sarmoyadorlarning  respublikamiz 

bank  tizimiga  bo’lgan  ishonchini  yanada  mustahkamlab,  banklarning  xalqaro 

moliyaviy  institutlar  bilan  hamkorligini  yanada  kengaytirish  hamda  ularning 

kredit liniyalarini jalb etish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilmoqda.  

    2015 yilda bank tizimini isloh qilish va yanada rivojlantirishda asosiy e’tibor 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli 

Qarori bilan tasdiqlangan «2011 - 2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini 

yanada  isloh  qilish  va  barqarorligini  oshirish  hamda  yuqori  xalqaro  reyting 

ko’rsatkichlariga  erishishning  ustuvor  yo’nalishlari  bo’yicha  kompleks  chora-

tadbirlar»  dasturida  hamda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  Vazirlar 

Mahkamasining  bank  tizimiga  oid  boshqa  qarorlarida  belgilab  berilgan 

vazifalarning sifatli bajarilishini ta’minlashga qaratiladi. 

    Shuningdek,  2015  yil  uchun  bank  tizimini  isloh  qilish  va  rivojlantirishning 

ustuvor  yo’nalishlarini  ishlab  chiqishda  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 

Senatining  2014  yil  28  avgustdagi  «O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki 

boshqaruvi raisining O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2013 yildagi 

faoliyati  to’g’risidagi  hisoboti  haqida»gi  SQ-440–II-sonli  Qarorida  bank  tizimi 

oldiga qo’yilgan ustuvor vazifa va topshiriqlarning ijrosi inobatga olingan. 

    Xususan,  ushbu  vazifalar  doirasida  2015  yilda  respublika  bank  tizimining 

barqarorligini yanada oshirish, bank nazorati tizimini Bazel qo’mitasining yangi 

tavsiyalari asosida takomillashtirish, tijorat banklarining  resurs bazasini  yanada 

mustahkamlash, ularning investitsion faolligini kuchaytirish hamda yangi ishlab 

chiqarish korxonalarini barpo etish, mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish, 

texnik  va  texnologik  jihatdan  yangilash  bo’yicha  investitsion  loyihalarni 

moliyalashtirishda  banklarning  ishtirokini  yanada  kengaytirish  kabi  muhim 

chora-tadbirlarni davom ettirish rejalashtirilmoqda. 


 

 

38 



    Bunda bank tizimini yanada rivojlantirish borasidagi tadbirlar quyidagi asosiy 

yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi: 

    Tijorat  banklari  faoliyatini  tartibga  solish  va  nazorat  qilish  tizimini  xalqaro 

andoza va me’yorlar, shu jumladan, bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasining 

yangi tavsiyalari asosida takomillashtirish bo’yicha ishlarni davom ettirish. 

    2015  yilda  bank  nazorati  bo’yicha  Bazel  qo’mitasining  bank  likvidligi 

borasidagi  yangi  tavsiyalariga  («Bazel-III»  talablariga)  muvofiq,  respublika 

bank  tizimi  likvidligini  yanada  mustahkamlash  maqsadida  2015  yilning  1 

yanvaridan boshlab likvidlikni ta’minlash borasidagi mavjud talablarni bajarish 

muddati  30  kundan  ortiq  bo’lgan  majburiyatlar  bo’yicha  qo’shimcha 

me’yorlarni joriy qilish hisobiga yanada kuchaytirilib boriladi. 

 

2.2. ATB Agrobankning moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlari va  

boshqaruv faoliyati tahlili. 

 

    Mamlakatimizda  olib  borilayotgan  moliya-bank  tizimidagi  islohotlar 



natijasida  bugun  yurtimizda  faoliyat  ko’rsatayotgan  bank  muassasalari  katta-

kichik  sanoat  korxonalari,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sub’ektlari, 

dehqon  hamda  fermer  xo’jaliklarining  ishonchli  hamkoriga  aylandi.  Negaki, 

yalpi  ichki  mahsulot  hajmi,  aholi  real  ish  haqi  va  daromadlarining  o’sishida, 

yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorida o’z haridoriga 

ega  bo’lishida,  ijtimoiy  ob’ektlar  hamda  turar-joy  binolari  barpo  etishdek  keng 

ko’lamli  bunyodkorlik  ishlarida  qo’lga  kiritilayotgan  ulkan  yutuqlarda  aynan 

bank muassasalarining moliyaviy ko’magi muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

    Ayni  paytda  barqaror  va  ishonchli  faoliyat  yuritib  kelayotgan  “Agrobank” 

aktsiyadorlik  tijorat  banki  ham  iqtisodiyotdagi  tarkibiy  o’zgarishlarni  yanada 

chuqurlashtirish,  uning  etakchi  tarmoqlarini  jadal  modernizatsiya  qilish  hamda 

texnik va  texnologik  jihatdan  yangilash,  qulay  ishbilarmonlik muhitini  yaratish 

hamda  aholining  ish  bilan  bandligini  ta’minlashga  qaratilgan  tadbirlarda  faol 

ishtirok etib kelayapti. 



 

 

39 



    ATB Agrobank o’z infratuzilmasi bilan mamlakatimizning barcha hududlarini 

qamrab olgan bo’lib, mijozlarga o’zining 183 ta filiali, 301 ta minibanki, 251 ta 

maxsus  kassalari,  188  ta  xalqaro  pul  o’tkazmalari  shahobchalari  orqali  xizmat 

ko’rsatib kelmoqda. Boshqacha aytganda, bugungi kunda Agrobank tomonidan 

300  mingga  yaqin  yuridik  hamda  3  millionga  yaqin  jismoniy  shaxslarga 

zamonaviy  bank  xizmatlari  ko’rsatilayapti.  Respublikamiz  bank  sektorida 

Agrobank kapitali hajmi va filiallar tarmog’i soni bo’yicha ikkita hamda aktivlar 

miqdori bo’yicha uchta eng yirik banklar qatoriga kiradi. 

    SHuni  mamnuniyat  bilan  aytish  joizki,  bank  faoliyati  jahonning  nufuzli 

xalqaro  reyting  agentliklari  hisoblanmish  “Mudis”  hamda  “Fitch  Reytings” 

kompaniyalari tomonidan “barqaror” deb baholandi. Shuningdek, milliy reyting 

agentligi  hisoblanmish  “Axbor-Reyting”  tomonidan  Agrobankning  faoliyati 

natijalari milliy ko’rsatkichlar bo’yicha eng yuqori “uzA+” “Barqaror” prognozi 

bilan baholandi. 

    Hisobot yilida bankning iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirishga qaratilgan sa’y-

harakatlari 

natijasida 

uning 


moliyaviy 

barqarorligini 

baholovchi 

ko’rsatkichlardan  biri  bo’lgan  aktivlari  2014  yil  31  dekabr  holatiga  2  trln.  688 

mlrd.  so’mni,  shundan  daromad  keltiradigan  aktivlar  miqdori  70  foizini  tashkil 

etdi. Bankning jamlama kapitali 329 mlrd. so’mni tashkil etdi. 

    O’tgan  hisobot  yilida  bank  tomonidan  agrar  kompleksni  moliyaviy  qo’llab-

quvvatlash,  sanoatda  ishlab  chiqarishni  ko’paytirish,  qishloq  xo’jalik 

mahsulotlarini 

etishtirish 

va 

qayta 


ishlash, 

fermer 


xo’jaliklarini 

moliyalashtirishga asosiy e’tibor qaratilib, ushbu yo’nalishlarga 1 trln. 987 mlrd. 

so’mdan ortiq kreditlar ajratilib, pirovardida 41 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari 

tashkil etildi. 

    Shuningdek qishloq joylarda ishlab chiqarishni kengaytirish va infratuzilmani 

rivojlantirishga  qaratilgan  loyihalarni  moliyalashtirish  uchun  kichik  biznes 

hamda xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga 451,6 mlrd. so’mlik kreditlar ajratildi. 

    Yuqorida qayd etib o’tilgan yutuqlar zamirida aktsiyadorlarimiz, mijozlarimiz 

hamda  bank  o’rtasidagi  o’zaro  ishonchga  asoslangan  haqiqiy  hamkorlik  yotadi 


 

 

40 



desak  aslo  mubolag’a  bo’lmaydi.  Bank  faoliyatining  umumiy  ko’rsatkichlarini 

quyida keltiriladigan jadvallar asosida tahlil qilib chiqamiz. 



3-jadval  

Tijorat banki resurslari va uning tarkibi.

13

 

 

#



№ 

Moddalar 

2013 yil  

2014 yil 

O’zgarishi(+;

-) 


mln.so’m 

mln.so’m 



mln.so’m 

1

1. 



Majburiyatlar 

1706134,08 

86,9 

2359307,05 



87,7 

653172,97 

  

38,2 


  

(bankning jalb 

qilingan resurslari ) 

2

2. 



Bank  kapitali 

256729,05 

13,1 

329335,39 



12,3 

72606,34 

28,2 

3

3. 



Jami resurslari 

1962863,14 

100 

2688642,45 



100 

725779,31  37 

 

    ATB  Agrobankning  2013-yil  31  dekabr  holatidagi  ma’lumotlar  bilan  o’tgan 



yil ma’lumotlari solishtirilib tahlil qilinganda quyidagi xulosaga kelindi: 

    Bankning  jami  resurslari  2688642.45 mln.  so’mni  tashkil  etib  o’tgan  yildan 

725779.31  mln.  so’mga  ya’ni  37  %ga  oshganini  ko’rsatadi.  Tarkibi  bo’yicha 

tahlilida  buning  87.7  %  ga  2359307.05  mln.  so’m  bankning  majburiyatlari 

qolgan 12.3 % 329335.39 mln. so’mni bank kapitali tashkil etgan. Majburiyatlar 

o’tgan yildan 653172.97 mln. so’mga 38.2 % ga oshgan, kapitali esa 72606.34 

mln.ga  so’mga  28.2  oshgani  bankning  jami  resurs  bazasini  oshishini 

ta’minlagan. 

    Quyidagi  jadval  ma’lumotlarida  ATB  Agrobankning  o’z  kapitali  tarkibi 

o’rganib chiqilib, bunda ustav fo’ndi, umumiy zahiralar taqsimlanmagan foyda 

va  boshqa  moddalar  tahlili  2013-2014  yilga  nisbatan  qiyosiy  tarzda  ko’rib 

chiqilib o’zgarish xolatlari aks ettirilganligini ko’rishimiz mumkun.  



 

                                                 

13

 ATB “Agrobank”yillik hisobot ma’lumotlari 2013-2014 y. 



 

 

41 



 

 

 

4-jadval  

Tijorat banki o’z kapitali tarkibi.

14

  

№ 

Moddalar 



2013 yil  

2014 yil 

O’zgarishi(+;-) 

mln.so’m 

mln.so’m 



mln.so’m 

1



Ustav fondi 

166687,44 

64,9 

219916,95 



66,7 

53229,51 

31,9 

2



Umumiy zahira 

52345,91 

20,4 

66855,08 



20,3 

14509,17 

27,7 



Taqsimlanmagan 



foyda 

37040,94 

14,4 

32904,93 



9,9 

-4136,01 

-11,1 



Boshqalar 



654,76 

0,3 


9658,43 

2,9 


9003,67 

13,7 


Jami o’z mablag’lari   256729,05 

100 

329335,39 



100 

72606,34 

28,3 

 

    Bankning  kapitalini  tahlil  qilinganda  jami  mablag’larining  329335.39  mln. 



so’mni  tashkil  etib  o’tgan  yildan  72606.34  mln.ga  ya’ni    qariyb  28  %  ga 

oshganini  ko’rish  mumkin.  Bunga  ustav  fondining  53229.51  mln.ga  32  %  ga, 

umuniy  zaxiraning  14509.17  mln.ga  27.7  %  ga  va  boshqa  mablag’larning 

9003.67  mln.ga  13.7  %  ga  oshishi  ta’sir  etgan.  Tarkib  jihatdan  qaraydigan 

bo’lsak,  asosiy  o’rinni  qariyb  77  %  ni  219916.95  mln.  so’mni  ustav  fondi, 

umumiy  zaxira  20.3  %  66855.07  mln.  so’mni,  taqsimlanmagan  foyda  10  % 

32904.93  mln.  so’mni  va  boshqa  mablag’larning  3  %  ni  9658.43  mln.  so’mni 

tashkil etganini ko’rish mumkin.  

    O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  Vazirlar  Mahkamasining 

2014  yil  17  yanvarda  o’tkazilgan  yig’ilishida  belgilab  berilgan  2014  yilda 

mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  ustuvor  yo’nalishlari  doirasida 

amalga  oshirilgan  chora-tadbirlar  natijasida  respublikamizda  makroiqtisodiy 

barqarorlik va iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda o’sishi ta’minlandi. 

                                                 

14

 ATB “Agrobank” yillik hisobot ma’lumotlari 2013-2014 y. 



 

 

42 



    2014  yil  yakuni  bo’yicha  O’zbekistonda  yalpi  ichki  mahsulot  (YaIM)  ishlab 

chiqarish hajmining 2013 yilga nisbatan real o’sishi 8,1 foizni va uning nominal 

hajmi 144,9 trln. so’mni tashkil etdi. 

    Mamlakat  iqtisodiyotining  yuqori  sur’atlarda  o’sishi  barcha  mavjud 

imkoniyatlarning  safarbar  qilinayotganligi  hamda  o’zini  oqlagan  islohotlar 

strategiyasining  izchil  davom  ettirilayotganligi  hisobiga  ta’minlanmoqda. 

Xususan: 

    - xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirish,  biznes  yuritish,  mahalliy  va  xorijiy 

investitsiyalarni  keng  jalb  etish  uchun  zarur  sharoit  va  qulay  muhit  yaratish 

borasida aniq chora-tadbirlarning amalga oshirilishi; 

    - sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va 

texnologik  yangilash,  yuqori  texnologiyali  va  zamonaviy  ishlab  chiqarish 

ob’ektlarini  ishga  tushirish,  ushbu  sohada  keng  qamrovli  investitsion 

dasturlarning izchillik bilan amalga oshirilishi; 

    - iste’mol  tovarlari  ishlab  chiqarish  hajmini  tubdan  oshirish,  bunda  sanoat 

kooperatsiyasi  asosida  tayyor  mahsulotlar,  butlovchi  buyumlar  va  materiallar 

ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko’lamining yanada kengaytirilishi; 

    - banklarning 

kapitallashuvi, 

likvidligi 

va 

resurs 


bazasini 

yanada 


mustahkamlash  hamda  ularning  investitsion  faolligini  yanada  oshirishga 

qaratilgan izchil va aniq maqsadli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi; 

    - ijtimoiy  sohani  rivojlantirish,  aholi  bandligi  va  real  daromadlarining 

oshishini  ta’minlashga  qaratilgan  chora-tadbirlarning  amalga  oshirilishi 

iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda o’sishiga zamin yaratmoqda. 

    2014  yilda  mamlakat  iqtisodiyotining  barcha  tarmoqlarida  mahsulot  ishlab 

chiqarish  va  xizmatlar  ko’rsatish  hajmlarining  yuqori  sur’atlarda  o’sishi 

kuzatildi.  Xususan,  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  umumiy  hajmi  2013 

yilga nisbatan 8,3 foizga, shu jumladan, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 

9,4 


foizga 

oshdi. 


Bunday 

yuqori 


o’sish  sur’atlarini  ta’minlashda 

mamlakatimizda  qabul  qilingan  2011-2015  yillarda  sanoatni  ustuvor  darajada 

rivojlantirish  dasturi  va  ishlab  chiqarishni  modernizatsiya  qilish,  texnik  va 


 

 

43 



texnologik yangilashga doir tarmoq dasturlari doirasida amalga oshirilgan chora-

tadbirlar muhim ahamiyat kasb etdi. 

    Sanoatda  yuqori  o’sish  sur’atlari  zamonaviy  va  ilg’or  texnologiyalarga 

asoslangan  mashinasozlik  va  metallni  qayta  ishlash  (o’sish  sur’ati  13,5  foiz), 

engil  sanoat  (16,1  foiz)  hamda  qurilish  materiallari  (10,7  foiz)  sanoati 

tarmoqlarida kuzatildi. 

    Qishloq  xo’jaligi  sohasini  intensiv  asosda  rivojlantirish,  erlarning  meliorativ 

holatini  tubdan  yaxshilash,  selektsiya  ishlarini  chuqurlashtirish,  mazkur 

tarmoqda  ishlab  chiqarishni  texnik  va  texnologik  yangilash  hamda  zamonaviy 

agrotexnologiyalarni  joriy  etish  bo’yicha  chora-tadbirlarning  izchillik  bilan 

davom  ettirilishi  natijasida  2014  yilda  qishloq  xo’jaligida  mahsulot  ishlab 

chiqarish hajmi 2013 yilga nisbatan 6,9 foizga oshdi. 

    Shu  jumladan,  dehqonchilik  mahsulotlarini  etishtirish  hajmi  6,9  foizga, 

chorvachilik mahsulotlarini etishtirish hajmi esa 7,0 foizga oshdi. 

    2014 yilda bozor xizmatlari ko’rsatish hajmi 2013 yilga nisbatan 15,7 foizga 

o’sib, uning YaIM tarkibidagi ulushi 54 foizni tashkil etdi. 

    Xizmat ko’rsatish sohasida yuqori o’sish sur’atlari moliyaviy xizmatlar (33,9 

foiz),  aloqa  va  axborotlashtirish  (24,5  foiz),  kompyuter  dasturlash  (21,6  foiz), 

maishiy  xizmatlar  (20,7  foiz),  qurilish  (18,3  foiz)  hamda  savdo  va  umumiy 

ovqatlanish (17,5 foiz) sohalarida kuzatildi. 

    Davlat  investitsiya  dasturini  amalga  oshirish,  mahalliy  va  xorijiy  investorlar 

uchun  zarur  sharoit  va  qulay  muhit  yaratish  borasida  amalga  oshirilgan  chora-

tadbirlar  natijasida  2014  yilda  mamlakatimiz  iqtisodiyotiga  jalb  qilingan 

investitsiyalarning umumiy hajmi 2013 yilga nisbatan 10,9 foizga o’sib, AQSH 

dollari hisobida 14,6 mlrd. dollarni tashkil etdi. 

    Bunda,  asosiy  kapitalga  yo’naltirilgan  investitsiyalarning  aksariyat  qismi, 

ya’ni  qariyb  80  foizi  korxonalar,  aholi,  to’g’ridan-to’g’ri  investitsiyalar  va 

kreditlar hisobidan moliyalashtirildi. Xususan, jami kapital qo’yilmalarning 21,2 

foizdan  ortig’ini  yoki  3  mlrd.  dollardan  ziyodini  horijiy  investitsiyalar  va 

kreditlar tashkil etdi. 



 

 

44 



    Umumiy  investitsiyalarning  73  foizdan  ortig’i  ishlab  chiqarish  sohasiga  va 

qariyb 40 foizi mashina va uskunalar harid qilishga yo’naltirildi. 

    Mamlakatimizda  ichki  bozorni  sifatli  tovarlar  bilan  ta’minlash,  eksport 

tarkibida  yuqori qo’shimcha  qiymatga  ega  mahsulotlar ulushini  ko’paytirish va 

yangi  ish  o’rinlarini  yaratish  borasida  amalga  oshirilayotgan  tizimli  chora-

tadbirlar doirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini har tomonlama 

qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

    Amalga  oshirilayotgan  chora-tadbirlar  natijasida  kichik  biznes  va  xususiy 

tadbirkorlik  sohasining  mamlakatimiz  iqtisodiyotida  tutgan  o’rni  va  ahamiyati 

tobora ortib bormoqda.  

    Agrar  sohani  moliyaviy  qo’llab-quvvatlashda  ATB  Agrobank  hukumatimiz 

tomonidan  so’nggi  yillar  davomida  Respublikamizning  agrar  sektorini  yanada 

barqaror  rivojlantirishga  juda  katta  e’tibor  bilan  yondashilmoqda,  buning 

natijasida  mazkur  sohada  ulkan  yutuqlarga  erishilmoqda.  Qishloq  xo’jalik  va 

sanoat  korxonalarining  moddiy-texnika  bazasini  mustahkamlash,  qishloq 

xo’jalik  mahsuloti  ishlab  chiqaruvchilari  tarkibida  qayta  ishlovchi  zamonaviy 

korxonalarni  barpo  etish,  yuqori  sifatli,  raqobatbardosh  mahsulotlarni  ishlab 

chiqarish maqsadida zamonaviy texnologiyalar hamda uskunalarni tatbiq qilish, 

ichki  bozorni  mahalliy  oziq-ovqat  tovarlari  bilan  to’ldirishga  yo’naltirilgan 

loyihalarni  ishga  tushirish  maqsadida  moliya  muassasalari  tomonidan  kredit 

mablag’lari ajratish orqali qo’llab- quvvatlab kelinmoqda.  

    O’tgan  hisobot  yilida  ATB  Agrobank  tomonidan  aynan  ana  shu  maqsadlar 

uchun jami 1 trln. 987 mlrd. so’mdan ortiq kreditlar ajratildi. 

    Berilgan  kreditlardan  1  trln.  120  mlrd.  so’mi  ya’ni  56  foizi  qishloq 

ho’jaligiga, 502  mlrd. so’mi,  ya’ni 25 foizi sanoatga, 137  mlrd. so’mi, ya’ni 7 

foizi moddiy-texnik ta’minotga, 227 mlrd. so’mi,  ya’ni 11 foizi iqtisodiyotning 

boshqa sohalariga yo’naltirildi. 

    Bank mablag’lari hisobiga asosan tuman markazlarida hamda qishloqlarda 41 

mingdan  ortiq  yangi  ish  o’rinlari  tashkil  etildi.  Qishloq  ho’jaligini  kreditlashda 

ATB  Agrobank  asosiy  e’tiborini  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 



 

 

45 



farmonlari,  qarorlari  hamda  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlarida  belgilangan 

vazifalardan  kelib  chiqqan  holda  bank  tizimini  erkinlashtirish  va  isloh  qilish, 

shuningdek qishloq ho’jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, 

jumladan  fermer  xo’jaliklarini  rivojlantirishga  hamda  qishloq  xo’jalik  sohasiga 

chet el investitsiyalarini faol jalb etishga qaratmoqda.  

    Prezidentimizning  Oziq-ovqat  mahsulotlari  ishlab  chiqarishni  kengaytirish 

va  ichki  bozorni  to’ldirish  yuzasidan  qo’shimcha  chora-tadbirlar  to’g’risida”gi 

qarori  bu  borada  dasturilamal  vazifasini  o’tamoqda.  Chunki  mazkur  hujjatda 

qishloq  joylarda  zamonaviy  texnika  va  texnologiyalar  bilan  jihozlangan  qayta 

ishlovchi ihcham korxonalarni barpo etish, aholining dehqonchilik madaniyatini 

yuksaltirish  orqali  qo’shimcha  ish  o’rinlari  yaratish  hamda  daromadlarni 

oshirish  singari  ustuvor  vazifalar  belgilab  berilgan.  Bank  tomonidan  shu 

maqsadda ishlar izchil davom ettirilib, qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish 

hamda  qayta  ishlashga  qaratilgan  10  ming  611  ta  loyihaga  83,9  mlrd.  so’m 

mablag’ yo’naltirildi. Ushbu moliyalashtirilgan loyihalar asosida o’tgan hisobot 

yilida 104,8 mlrd. so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi va xizmatlar ko’rsatildi. 

    Qoramolchilik tarmog’ini rivojlantirish tadbirlariga 19,5 mlrd. so’m, shundan 

naslli  va  zotdor  qoramolchilik  tarmog’ini  rivojlantirishga  6,7  mlrd.  so’m, 

parrandachilik tarmog’ini rivojlantirish tadbirlariga 4,3 mlrd. so’m, baliqchilikni 

keng yo’lga qo’yish maqsadlari uchun 2,7 mlrd. so’m, asalarichilikni moliyaviy 

qo’llab-quvvatlashga 1,1 mlrd. so’m kreditlar ajratildi. 

    Keyingi  yillarda  mamlakatda  issiqhona  xo’jaliklarini  barpo  etish  harakati 

keng quloch yoydi. ATB Agrobank issiqhonalar tashkil etishga qaratilgan 200 ta 

loyihalarni  amalga  oshirish  uchun  6,9  mlrd.  so’m  miqdorida  kredit  ajratdi. 

Shuning  hisobidan  2  ming  301  ta  yangi  ish  o’rinlari  yaratildi  hamda  60  ming 

905 tonna qishloq xo’jalik mahsulotlari etishtirildi. 

    Qishloq  xo’jalik  mahsulotlari,  go’sht  va  sut  mahsulotlarini  qayta  ishlash 

bo’yicha  mini-texnologiyalar  hamda  ihcham  uskunalar  sotib  olish  uchun  44  ta 

loyihani moliyalashtirishga ajratilgan 1,6 mlrd. so’m kreditlar hisobiga 67 ta ish 

o’rinlari tashkil qilindi. 



 

 

46 



    Shaxsiy  yordamchi,  dehqon  va  fermer  xo’jaliklariga  sabzavot  mahsulotlari 

urug’lari hamda urug’lik kartoshka uchun 4 mlrd. so’m mikrokreditlar ajratilgan 

bo’lsa,  hududlarda  intensiv  bog’lar  va  uzumzorlarni  yaratish  va  tomchilatib 

sug’orishni joriy etishga qariyb 1 mlrd. so’m kreditlar ajratildi. 

    Qishloq ho’jaligini yuqori unumli qishloq xo’jalik texnikalari, agregatlar bilan 

ta’minlash  maqsadida  hisobot  yili  davomida  fermer  xo’jaliklariga  57  ta 

kombayn uchun 7,1 mlrd. so’m, 176 ta haydov traktori uchun 16,1 mlrd. so’m, 

chopiq  traktori  va  yordamchi  agregatlar,  plug,  paxta  hamda  g’alla  seyalkalari, 

OVH va kultivatorlar haridi uchun 23,9 mlrd. so’m kredit ajratildi. 

    Bank  tomonidan  qishloq  ho’jaligini  moliyaviy  qullab-quvatlash,  xususan, 

fermer  xo’jaliklarining  moddiy-texnik  bazasini  mustahkamlash  maqsadida 

horijiy  moliya  institutlarining  mablag’lari  yo’naltirildi.  Xalqaro  tiklanish  va 

taraqqiyot bankidan - 15,5 mln. AQSH dollari, Osiyo taraqqiyot bankidan - 55,5 

mln.  AQSH  dollari,  Germaniyaning  KfV  bankidan  -  2,9  mln.  evro, 

Germaniyaning  Bayerish  Xipoferaynsbank  AGdan  -  2,9  mln.  evro,  Xususiy 

sektorni rivojlantirish islom korporatsiyasidan - 11 mln. AQSH dollari, Xalqaro 

taraqqiyot  uyushmasidan  -  9,2  mln.  AQSH  dollari  hamda  12,4  mlrd.  so’mlik 

mablag’lar shular jumlasidandir. 

    2014  yilgi  paxta  va  g’alla  hosili  uchun  Moliya  vazirligi  huzuridagi  “Davlat 

ehtiyojlari uchun harid qilinadigan qishloq xo’jalik mahsulotlarining hisob-kitob 

Jamg’armasi”  mablag’laridan  858,4  mlrd.  so’m  imtiyozli  kreditlar  ajratildi. 

Shundan,  paxta  hosilini  moliyalashtirishga  673.9  mlrd.  so’m  va  g’alla  hosilini 

kreditlash uchun 184,5 mlrd. so’m ajratildi.  

    Bankning  mamlakat  iqtisodiyotining  qishloq  xo’jalik  tarmog’ini  qo’llab-

quvvatlash  bo’yicha  etakchiligi,  mamlakat  bo’ylab  keng  tarmoqli  filiallar, 

barqaror  kapitallashuv  darajasi  va  an’anaviy  mijozlar  bazasiga  egaligi,  horijiy 

banklar hamda moliya institutlarining kredit liniyalari mavjudligi raqobatdoshlik 

imkoniyatlarini kengaytiradi. 

    Bankning  moliyaviy  barqarorligini baholovchi  ko’rsatkichlardan  biri bo’lgan 

aktivlar  hisobot  yili  yakunida  2  trln.  688  mlrd.  so’mni  tashkil  etib,  bunda 



 

 

47 



daromad  keltiradigan  aktivlar  70  foizni  yoki  2  trln.  161  mlrd.  so’mni  tashkil 

etib, o’tgan yilga nisbatan 56 foizga yohud 768 mlrd. so’mga o’sishiga erishildi.  

    Daromad  keltiradigan  aktivlar  tarkibida  kredit  qo’yilmalari  79  foizni  yoki  2 

trln.  184  mlrd.  so’mni,  boshqa  banklardagi  mablag’lar  14.5  foizni  yohud  391 

mlrd. so’mni va investitsiyalar 1 foizni yoki 0.3 mlrd. so’mni tashkil etdi. 

    Yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  kompleks  xizmat  ko’rsatish  uchun  shart-

sharoitlar  yaratish,  omonatlar  hamda  depozitlarning  yangi,  manfaatli  turlarini 

taklif  etish  yo’li  bilan  bo’sh  pul  mablag’larini  jalb  qilish  va  mahalliy  hamda 

horijiy moliya institutlarining maqsadli kredit liniyalarini o’zlashtirish bo’yicha 

izchil  choralar  ko’rilishi  natijasida  bankning  majburiyatlari  1  trln.  666  mlrd. 

so’mga etdi.  

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26-noyabrdagi “2011-2015 

yillarda  respublika  moliya-bank  tizimini  yanada  isloh  qilish,  uning 

barqarorligini  oshirish  va  yuqori  xalqaro  reyting  ko’rsatkichlariga  erishishning 

ustuvor  yo’nalishlari  to’g’risida”gi  PQ-1438-sonli  Qarorida  belgilangan 

vazifalar  ijrosini  ta’minlash  maqsadida  aholi  omonatlari  va  xo’jalik  yurituvchi 

sub’ektlari  depozitlari  qoldig’ini  2011-2015  yillarda  2,5  martaga  ko’paytrish 

bo’yicha  amalga  oshirilgan  chora-tadbirlar  natijasida  2014  yilning  31  dekabr 

holatiga jami depozitlar 1 trln. 592 mlrd. so’mni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 

115 foizga o’sdi. Bankning jami depozitlari tarkibida yuridik shaxslarning depozitlari 

684 mlrd. so’mni yoki 43 foizni hamda jismoniy shaxslardan qabul qilingan omonatlar 

miqdori 908 mlrd. so’mni yohud 57 foizni tashkil etdi. 

    Bankning  jami  resurslar  bazasi  2  trln.  359  mlrd.  so’mga  etdi  hamda  o’tgan 

yilga nisbatan 653 mlrd. so’mga yoki 38 foizga o’sishiga erishildi. 

    Bankning umumiy kapitalini 2011-2015 yillar davomida o’rtacha 2.1 martaga oshirish 

borasida amalga oshrilgan chora-tadbirlar natijasida kapitalni oshirishga erishilmoqda. 

    Bank  o’zining  2013  yilgi  faoliyat  natijalaridan  kelib  chiqib,  2014  yilda 

rivojlanish strategiyasining asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagilarni belgiladi: 

    Kadrlar  siyosatini  kuchaytirish,  zahira  tarkibiga  kiritilgan  mutahassislarni 

rotatsiya  qilish  ishlarini  davom  ettirish;  investitsiya  faoliyati  masalalari  bilan 



 

 

48 



shug’ullanuvchi  hodimlarni  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirish;  bank 

sohasida kadrlar tayyorlash usullarini muntazam takomillashtirib borish; 

    Ichki  manbalar  hisobiga  iqtisodiyotga  uzoq  muddatli  kredit  qo’yilmalari 

ulushini  yanada  oshirish,  ishlab  chiqarishni  modernizatsiyalash,  texnik  va 

texnologik  yangilash,  zamonaviy  texnologiya  asosida  raqobatbardosh  mahsulot 

ishlab  chiqarilishini  tashkil  etishga  yo’naltirilgan  bankning  investitsiyaviy 

faolligini kuchaytirish; 

    Qishloq  xo’jalik  mahsulotlari  ishlab  chiqaruvchi  fermer  xo’jaliklariga 

universal  bank  xizmatlarini  ko’rsatish,  shu  jumladan  paxta  va  g’alla 

mahsulotlarini  qayta  ishlash,  saqlash,  tashish  hamda  sotishga  ihtisoslashgan 

paxta tozalash va donni qayta ishlash sanoati korxonalariga kredit berish hamda 

moliyalashtirish mexanizmlarini izchil takomillashtirib borish; 

    Qishloq  ho’jaligida  iqtisodiy  islohotlarni  izchil  chuqurlashtirib  borish, 

fermerlik  harakatini  yanada  qo’llab-quvvatlash,  uning  moddiy  va  moliyaviy 

bazasini mustahkamlash, sanoat ishlab chiqarishi hamda qurilishni yanada jadal 

rivojlantirish,  meva-sabzavot  va  chorvachilik  mahsulotlarini  qayta  ishlash 

bo’yicha  zamonaviy  texnika  hamda  texnologiyalar  bilan  jihozlangan  ihcham 

korxonalarning keng tarmog’ini tashkil etish; 

    Erlarning  meliorativ  holatini  yaxshilash,  agrosanoat  majmuasi  tarmoqlarida 

ishlab  chiqarishni  zamonaviylashtirish,  texnik  va  texnologik  yangilash,  ilg’or 

chet  el  texnologiyalari  hamda  uskunalarini  jalb  etishga  yo’naltirilgan  faol 

investitsiya siyosatini amalga oshirish, shu asosda yuqori sifatli, ichki va tashqi 

bozorlarda  raqobatbardosh  mahsulot  ishlab  chiqarishni  ta’minlash,  ichki 

iste’mol bozorini mahalliy oziq-ovqat tovarlari bilan barqaror to’ldirish; 

    Bazel  qo’mitasi  tomonidan  belgilangan  xalqaro  standartlar  talablariga 

muvofiq  institutsional  jihatdan  yanada  rivojlanish;  jumladan  bankning 

kapitallashuv  darajasini  oshirish,  resurs  bazasini  ko’paytirish,  aktivlar  sifatini 

yaxshilash,  bank  tavakkalchiligining  boshqarilishini  takomillashtirish  orqali 

bankning moliyaviy barqarorligi va likvidliligini oshirish; 


 

 

49 



    Kapitallashuv  darajasini,  shu  jumladan  ustav  kapitalini  o’stirish  hisobiga 

oshirish,  aktsiyalarni  chiqarish  va  fond  bozorlarida  joylashtirish  orqali  jami 

kapitalning keyingi yilda kamida 20 foiz o’sishini ta’minlash; 

    Barqaror  resurs  bazasi  va  likvidliligini  mustahkamlash  maqsadida  omonat 

hamda  depozitlarning  yangi  jozibali  turlarini  joriy  etish,  ko’rsatilayotgan  bank 

xizmatlari  doirasini  kengaytirish,  jumladan  muomalaga  chiqarilgan  depozit 

sertifikatlarini  joylashtirish  yo’li  bilan  aholi  va  xo’jalik  yurituvchi 

sub’ektlarning  bo’sh  pul  mablag’larini  bank  aylanmasiga  keng  jalb  etish 

bo’yicha tizimli chora-tadbirlar qabul qilish; 

    Bankning  investitsion  faolligini  kuchaytirish,  investitsiya  loyihalarini 

moliyalashda 

bankning 

ishtirokini 

yanada 


kengaytirish, 

loyihalarni 

ekspertizadan  o’tkazish  va  xatarlarni  baholash  tizimini  takomillashtirish, 

kreditlar  bo’yicha  muammoli  qarzdorlik  yuzaga  kelishining  oldini  olish  chora-

tadbirlarini  qabul  qilish  yo’li  bilan  bank  kredit  portfelining  hajmi  doimiy 

ravishda o’sishi hamda sifati yaxshilanib borishini ta’minlash; 

    Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  sub’ektlarini  kreditlash  hajmlarini 

kengaytirish,  shuningdek  kichik  biznes  hamda  xususiy  tadbirkorlik  sub’ektlarining 

loyihalarini 

moliyalashtirishni 

kengaytirish 

maqsadida 

xalqaro 

moliyaviy 

institutlarining kredit liniyalarini o’zlashtirish va jalb qilishni faollashtirish; 

    Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini moliyalash, aholi bandligi 

hamda  farovonligini  oshirishning  eng  muhim  vositasi  sifatida  bankning 

mikromoliyalash xizmatini kengaytirish; 

    Chet  el  moliya  institutlari  bilan  hamkorlikni  yanada  kengaytirish  va  horijiy 

kredit  liniyalarini  keng  jalb  qilish  yuzasidan  yangi  imkoniyatlarni  ochish, 

nufuzli  xalqaro  reyting  kompaniyalaridan  bankka  barqaror  prognozli  reytinglar 

muntazam  olinishini  ta’minlash,  jumladan  “Fitch  reytings”,  “Mudis”  etakchi 

xalqaro reyting kompaniyalarining reyting baholari muntazam ravishda yangilab 

borilishini ta’minlash; 

    Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish, plastik kartochkalar 

bilan  hisob-kitob  qilish  ko’lamini  va  sifatini  oshirish  bilan  bog’liq  ishlarni 



 

 

50 



davom  ettirish,  aholining  plastik  kartochkalar  orqali  muomala  qiladigan 

depozitlari sonining oshishini rag’batlantirish; 



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling