Menejment va marketing
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
tijorat banklari likvidligini boshqarishda innovatsion strategiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati I. O`zbekiston Respublikasi qonunlari. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
- III. Internet saytlari.
Tijorat banklari likvidliligini ta’minlash, uni talab darajasida oshirish, va shu bilan birgalikda, kutilayotgan daromadga ega bo’lish kuchli likvidlilik strategiyasini talab etadi, ya’ni tijorat banki bir vaqtning o’zida likvidlikka erishgan holda maksimal daromad olishning samarali pozitsiyasiga ega bo’lishi lozim.
Bank rahbariyati likvidlikni rejalashtirishi hamda bankning qisqa muddatli majburiyatlarini ularni qaytarib olishda to’lashga etarli darajada naqd pul va qisqa muddatli aktivlarga ega bo’lishi lozim. Etarli likvidlikning ta’minlanish zaruriyati sababli tijorat banki foyda olishga bo’lgan intilishni muvozanatda saqlab turishi lozim hamda banki hech qachon daromadlilikni oshirish evaziga likvidlilikni suiste’mol qilmasligi lozim. Foydalanilgan nazariy ma’lumotlar va tahlil qilingan amaliy ma’lumotlar asosida quyidagi xulosa va takliflarni keltirib o’tishim mumkin: 1. Tijorat banklari talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hajmini kamaytirishga va muddatli depozitlar hajmini oshirishga jiddiy e’tibor qaratishlari lozim. To’g’ri bugungi kunda banklar uchun eng arzon resurs bu mijozlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlaridagi mablag’lardir. Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar xatto kapital resurslaridan ham arzon, shu bilan birga transformatsiya riski eng yuqori bo’lgan resurs hisoblanadi. Shuning uchun tijorat banklari joriy likvidlilik koeffitsientini 2015 yil 1 yanvardan boshlab 100 foiz ta’minlashlari lozimligini hisobga olib, 2013-2014- moliyaviy yillar davomida tijorat banklari mijozlariga talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlaridagi mablag’larini muddatli depozitlarga joylashtirishini taklif qilishlari lozim. 2. Bugungi kunda tijorat banklarining depozitlar bo’yicha majburiy zaxiraga tortilgan resurslari bilan birga, bankning kredit portfelidagi muammoli aktivlari bo’yicha ehtimoliy yo’qotishlarga qarshi tashkil qilinadigan maxsus zaxiralari
67 ham Markaziy bank tomonidan majburiy zaxiralar hisobraqamlariga olib qo’yilmoqda. Banklar balansidagi mavjud aktivlarining sifatliligini doimiy nazorat qilib borishlari lozim. Aks holda banklarda mavjud yuqori likvidli aktivlaridan to’liq foydalana olmaslik riski yuzaga kelishi mumkin. 3. Banklar kredit portfelining sog’lomligini oshirish, berilgan kreditlar va lizing xizmatlarining o’z vaqtida undirilishi ustidan doimiy monitoring o’rnatilishi lozim. Bundan tashqari, kelgusida vujudga kelishi mumkin bo’lgan potentsial muammoli kreditlarni oldindan aniqlash va ular bilan alohida ishlash tizimini yo’lga qo’yish maqsadga muvofiq bo’lardi. 4. Bugungi kunda respublikamizda faoliyat yuritayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning banklardagi 90962-“To’lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari” hamda 90963-“Muddatida to’lanmagan hisob-kitob hujjatlari” hisobvaraqlarida hisobi yuritilayotgan debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yuqori ulushga ega. Bu muammolar esa mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bank tizimi likvidliligini ta’minlash va monetizatsiya koeffitsientini yanada oshirish maqsadida Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga overdraft, overnayt, lombard krediti kabi qayta moliyalash kreditlari taklif qilinishi lozim. Bu usul yuqorida qayd qilingan muammolarni hal qilish imkonini beradi. Rivojlangan mamlakatlar bank tizimida bu usul samarali yo’lga qo’yilgan. Masalan Angliya bank tizimida overdraft va overnayt kreditlari jami pul massasi (M2 agregat) ning qariyb 50 foizini tashkil etadi. 5. Xanuzgacha mamlakatimizda naqd va naqdsiz pul baholari o’rtasida farq mavjud bo’lib, naqd pullar ko’proq jozibaga ega va aholi bankdan o’z mablag’larini naqd holda olishga harakat qiladilar va bankni tezkor ravishda qo’shimcha naqd pullarni jalb etishga undaydilar. Bundan tashqari, bank tizimidan tashqarida shaxsiy iste’mol uchun pul massasining mavjudligi naqd va naqd pulsiz mablag’larini unifikatsiyalashga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
68 6. Tijorat banklari asosiy resurs ta’minotchilari bilan yaxshi, mustahkam va uzoq aloqada bo’lishga harakat qilishlari zarur, ya’ni bank va to’lovga layoqatli mijozlarni faqatgina majburiyat shartnomasi bog’lab turishi kerak emas, chunki istalgan paytda bank uchun muhim mijozlar hisobraqamlarini boshqa bankka o’tkazishlari mumkin. 7. Jami kreditlar tarkibida muddati o’tgan kreditlar hisobining kuchli nazorat qilinishi va ular darajasining tijorat banki tomonidan belgilangan miqdorda saqlab turilishi bankning asosiy daromad manbai bo’lgan kreditlarni samarali boshqarishga yordam beradi. 8. Yuqorida aytib o’tganimdek, Respublikamizning barcha tijorat banklarida yuridik shaxslar muddatli depozitlari hajmining jami depozitlar tarkibidagi ulushi juda past darajada. Likvidlikni samarali boshqarishda esa muddatli depozitlar hajmini oshirish zarur. Tijorat banklarining muddatli depozitlari miqdorini oshirish yo’li bilan ularning resurs bazasini mustahkamlash maqsadida: 9.
yuridik shaxslarning muddatli depozitlariga to’lanadigan foiz stavkalarining ijobiy darajasini ta’minlash va asosan 1 yildan ortiq muddatlarga muddatli depozitlar jalb qilinishi lozim; 10. aholining muddatli omonatlarining hajmini yanada oshirish, bankdan tashqari pul aylanishini qisqartirish va shu yo’llar orqali tijorat banklarida naqd pul etishmasligiga barham berish lozim.
69 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati I. O`zbekiston Respublikasi qonunlari. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari: 1. O’zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasi.- T. O’zbekiston, 1992. 2. O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida”gi qonuni 1995-yil 21-dekabr. 3. O’zbekiston respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi qonuni 1996-yil 25-aprel. 4. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti “Aktsioner tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlar to’g’risida” gi farmoni 1998-yil 2-oktyabr. 5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni, 2000-yil 21-aprel. 6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining kapitallashish darajasini oshirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2006 yil 19 dekabrdagi PF-3831 son farmoni. 7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabardagi “2011 – 2015 yillarda respublika moliya – bank tizimini yanada islox qilish va barqarorligini oshirish xamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi PQ – 1438 qarori. 8. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning mamlakatimizni “2014 yildagi makroiqtisodiy xolat va real sektor taxlili” ga bag’ishlangan vazirlar mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. 2015-yil 17-yanvar. 9. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2015 – yilda iqtisodiyotimizning tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va devirsifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va
70 xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish – ustuvor vazifamizdir. Xalq so’zi.18.01.2015. 10. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va 2014 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan vazirlar mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. 18 yanvar. 2014 yil. 11. Karimov I.A Bosh maqsadimiz – keng ko’lamli islohatlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish yakunlari xamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi xalq so’zi – 2013 yil 21 yanvar,№13(5657) – son. 12. Karimov I.A 2012 – yil vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi: 2011 yilda mamlakatimizni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2012 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so’zi – 2012 yil 20 yanvar,№14(5414) – soni. 13. Karimov I.A mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konseptsiyasi: O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasi. T.O’zbekiston, 2010 – 56 b. II Asosiy va qo’shimcha adabiyotlar. 1. Банковское законодательство: учебник / под ред. Е.Ф.Жукова. M.: ЮНИТИ, 2008. 300 стр. 2. Банковское дело: учебник. – 2 e здание, перераб. I доп. / под ред. O.И.Лаврушина. – M .учебник: Финансы и статистика ,2011. – 672 стр.
71 3. Банки и банковские операции: учебник/ под ред. E.Ф.Жукова. – M.: Банки и биржи, ЮНИТИ, 2010. 330 стр. 4. ATB “Agrobank” yillik hisobot ma’lumotlari 2013-2014 y.
5. A.В.Беляков. “Банк и менеджмент”. -M.: Альфа, 2009. 77 стр. 6. A.Vahobov, N.Jumaev, E.Hoshimov “Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi” Toshkent: Akademnashr 2009. 70 bet. 7. A.Г.Ивасенько“Банковские операции”. -Воронеж, 2011. 71 стр. 8. Sattarov O.B. Tijorat banklari likvidligini boshqarish. Monografiya. Toshkent. 2010y. 41 bet. 9.
B.Xodiev va boshqalar. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari”: nomli asarini o’rganish bo’yicha qo’llanma Toshkent. Iqtisodiyot nashriyoti. 2009. 9. В.T.Севрук. “Банковские риски”. -M. INFO, 2011. 98 стр. 10. Г.Попов. “Об экономическим кризисе”. -M. Бизнес-букс 2008. 112-113 страницы. 11. Yo.Abdullaev, T.Qoraliev, Sh.Toshmurodov, S.Abdullaev “Bank ishi” Toshkent: Moliya-iqtisod 2009 yil 32 bet. 12. Yo.Mamadalieva. Tijorat banklarining likvidligini ta’minlash masalalari. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss. avtoreferati. – T. 1998. –15-bet. 13. E.Ф.Жуков. “Деньги, банки и кредит”. -M. Финансы 2010. 205 стр. 14. K.В.Захаров. “Ликвидность банка”. –М Финансы и статистика, 2009. 117 стр. 15. М.Ильясов.“Вопросы устойчивости коммерческих банков”. -С.Питер, 2010. 110 стр. 16. Н.Каримов. “Платежеспособность банков. T. 1998. 22-bet. 17. N.X.Jumaev, O.Q.Abdurahmonov. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi. -T.: Akademnashr, 2010, 16 bet. 18. O.И.Лаврушин. “Банковские дело”. -M.: ИГОС 2009. 189 стр.
72 19. O.И.Лаврушин “Банковские дело” Учебник Москва: Финансы и статистика 2005 г. 61 стр. 20. O.И.Лаврушин “Банковские риски” Москва KНOРУЧ. 2007 г. 80 стр. 21. П.С.Роуз “Банковские менеджмент” Москва Дело 1995 г. 55 стр. 22. Питер Роуз. “Банковский менеджмент”. -M.: Риа, 1999. 381 стр. 23. Sattarov O.B. “Banklar likvidliligini ta’minlashni takomillashtirish” Bozor, pul va kredit 2007 yil № 11, 18-19 betlar. 24. M.Ermatov “Banklar likvidliligini oqilona boshqarish omillari” Bozor, pul va kredit 2008 yil №10, 15-17 betlar. 25. N.Abdunazarova “Opit Uzbekistana v obespechenii ustoychivosti bankovskoy sistemi” Bozor, pul va kredit 2013 yil № 3, 6-8 bet. 26. O.Sattorov. Tijorat banklari likvidliligini ta’minlashni takomillashtirish. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss. avtoreferati. – T. 2008. 12 bet. 27. O.Ernazarova “Tijorat banklarida likvidlikni ta’minlash” Bozor, pul va kredit 2009 yil № 7, 6-8 betlar. 28. T.Boboqulov “Moliyaviy inqiroz sharoitida tijorat banklari likvidliligi” O’zbekiston iqtisodiyoti axborotnomasi. 2009 yil №4, 26-28 bet. 29. U Azizov “Iqtisodiy o’sishning nazariy va amaliy omillari” Bozor, pul va kredit 2013 yil 4 – son , 42-43 betlar. 30. M.Jumagaldiev. O.Sattarov “Bank likvidliligini boshqarish nazariyasi” Bozor, pul va kredit 2004 yil № 1, 7-9 betlar. 31. Рейтинговое агентcво «Аҳбор-Рейтинг»/ Аналитический обзор банковского сектора: №34, феврал
2014г. 26 стр. 32. F.Mullajonov “O’zbekiston bank tizimi: barqaror rivojlanish, xalqaro mezonlarga erishish yo’lida” Bozor, pul va kredit jurnali 2013 y, 1-son, 5-bet. 33. F.Mullajonov “2014 yilda pul-kredit sohasidagi vaziyat va monetar siyosatning 2015 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari” to’g’risidagi ma’ruzasi. 2015-yil 18-yanvar. 52 bet
73 34. Z.Xolmaxmadov “Tijorat banklari likvidlilikni ta’minlash muammolari va ularni hal qilish yo’llari” Moliya jurnali 2008 yil №1, 51-54 betlar. 35. “O’zbekiston Respublikasini 2013 yilning birinchi choragida ijtiomiy- iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to’g’risida”. Bank axborotnomasi 2013 yil, may № 20, 11-12 bet X.Sodiqov, K.Karimov “Moliyaviy xatarlarni boshqarish daromadlilikni ta’minlaydi”. Bozor, pul va kredit jurnali 2012 y. 9- son 7-10 betlar. 36. ATB “Agrobank” yillik hisobot ma’lumotlari 2013-2014 y. 20 bet. III. Internet saytlari. www.cbu.uz www.universal bank.uz www.tex.uz www.uspsb.uz www.ravnaqbank. uz
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling