3.3 Korxonalarning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligi statistikasi
Korxonalarda faoliyatni rivojlantirish uchun asosiy vositalar yetarli darajada bo‘lish lozim.
Asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilganda, korxona xodimlarining asosiy vositalarning faol qismi bilan qanday ta’minlanganligi katta ahamiyatga ega. Chunki ishchilar qanchalik mehnat qurollari bilan yaxshi va to‘liq ta’minlangan bo‘lsa, shuncha mehnat unumdorligi yuqori bo‘ladi. Xodimlarning fond bilan qurollanganlik darajasi (Fq) asosiy vositalarning faol qismi summasining xodimlar soniga nisbati bilan topiladi va har bir xodimga qanchalik asosiy vositalarning faol qismi summasi to‘g‘ri kelishini ifodalaydi.
AV faol qismi
Fq = ---------------------------:
Xodimlar soni
Korxona faoliyati natijalarining miqdoriga to‘g‘ri keladigan asosiy vositalar sig‘imi asosiy vositalar summasining natija ko‘rsatkichlariga nisbati bilan aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich korxona faoliyat natijalariga (ishlab chiqarilgan mahsulot, tovaroborot, foyda va shu kabilar) qanchalik asosiy vositalar to‘g‘ri kelishini bildiradi. Bu ko‘rsatkich dinamikada qanchalik kamayib borsa, shunchalik yaxshi.
A . V
F-lik = ------------
Q
Korxona o‘z mablag‘larining asosiy vositalar bilan ta’minlanganligi asosiy vositalar summasini o‘z mablag‘lari summasiga nisbati bilan aniqlanadi va o‘z mablag‘larining har bir so‘miga qancha asosiy vositalar to‘g‘ri kelishini bildiradi.
A . V
O‘zt = ------------
O‘m
Korxonaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichlari va ularni aniqlash yo‘llari quyidagi sxemada ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |