Menejment va statistika
Asosiy vositalarni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar
Download 0.83 Mb.
|
Statistika ma'ruza matni
3.1. Asosiy vositalarni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar
Korxonalar asosiy vositalarining holati va foydalanish samaradorligini o‘rganishda ko‘pgina ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichlar tizimini 3 guruhga : - asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar; - asosiy vositalar bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; - asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarga bo‘lish mumkin. Asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar o‘z navbatida quyidagi ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi. - asosiy vositalarning umumiy mablag‘lardagi hissasi; - asosiy vositalar faol qismining asosiy vositalarning umumiy summasidagi ulushi; - asosiy vositalar eskirish koeffitsienti; - asosiy vositalar yangilanish koeffitsienti; - asosiy vositalarning yaroqlilik koeffitsienti; - asosiy vositalarning hisobdan chiqarilish koeffitsienti. Korxonaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligini quyidagi ko‘rsatkichlar bilan ifodalash mumkin: - korxonaning fond bilan qurollanganlik darajasi; - faoliyat natijalarining fondlardagi sig‘imi; - korxona o‘z mablag‘larining asosiy vositalar bilan ta’minlanganligi; - korxona xodimlarining (ishchilarning) texnika bilan ta’minlanganligi va boshqa ko‘rsatkichlar. Korxonaning asosiy vositalardan samarali foydalanishni quyidagi ko‘rsatkichlar bilan ifodalash mumkin. - asosiy vositalarning qaytimi ya’ni har bir so‘m asosiy vositalarga qancha mahsulot ishlab chiqarilganligi; - asosiy vositalarning daromadliligi; - asosiy vositalarning rentabelligi (foydaliligi). Korxonaning asosiy vositalarini o‘rganishda buxgalteriya hisobi va hisoboti, biznes- reja, statistik hisobot ma’lumotlari, hamda audit. soliq idoralari, tekshiruv ma’lumotlari, inventarizatsiya natijalaridan foydalaniladi. ayniqsa buxgalteriya hisoboti ma’lumotlaridan: shakl № 1 “Buxgalteriya balansi”, shakl № 2 “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot”, juda zarur hisoblanadi. Asosiy vositalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarga ta’sir qiluvchi omillarni hisoblashda analitik hisob ma’lumotlaridan ham foydalanish lozim. Korxona asosiy vositalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini qo‘yidagi sxemada3 berilgan. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling