Menejment va statistika


Asosiy vositalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi


Download 0.83 Mb.
bet108/172
Sana08.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#244312
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   172
Bog'liq
Statistika ma'ruza matni

Asosiy vositalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi


Asosiy vositalar (AV)



AV holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar




AV bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar




AV samaradorligi-ni ifodalovchi ko‘rsatkichlar


















Av.ning umumiy mablag‘laridagi hissasi




Fond bilan qurollanganlik darajasi




Av. rentabelligi






















Av. faol qismi-ning umumiy Av.lardagi ulushi




Natijaning(mahsu-lot, tovar oboroti va h.k.) fond-lardagi sig‘imi




Av.ning qaytimi






















Av. ning eskirish koeffitsienti




O‘z mablag‘larining Av.lar bilan ta’minlanganligi




Av.ning daromadliligi






















Av.ning yangilanish koeffitsienti


































Av.ning yaroqlilik koeffitsienti


































Av.ning chiqarilish koeffitsienti















3.2 Asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar statistikasi

Korxonalarda asosiy vositalarning miqdorining yetarli bo‘lishi va holati faoliyat natijalariga juda katta ta’sir qiladi. Asosiy vositalar holatini aniqlaganda ularning korxonaning umumiy mablag‘lardagi hissasi, asosiy vositalar tarkibi, yaroqliylik va eskirish ko‘rsatkichlarini hisoblash lozim.

Korxona asosiy vositalarning umumiy mablag‘laridagi hissasi (AV.u) asosiy vositalar dastlabki qiymatini balansning jami summasiga nisbatan foizlarda hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlar korxonalarning xalq xo‘jaligi tarmoqlariga bog‘liq.

Asosiy vositalarning umumiy mablag‘lardagi ulushi (Av.u) quyidagicha ifodalanadi:

Av x 100

Av.u = -----------------

B

Korxonalar asosiy vositalari ikki guruhga bo‘linadi. Asosiy vositalarning mashina, asbob - uskunalar kabi turlari ishlab chiqarishda faol qatnashadi. Shuning uchun bunday asosiy vositalarni faol asosiy vositalar deyiladi. Asosiy vositalar faol qismining umumiy (Avf) asosiy vositalardagi hissasini asosiy vositalar faol qismini (Avf) asosiy vositalar umumiy summasiga nisbati bilan aniqlanadi.



Asosiy vositalarning eskirish koeffitsienti asosiy vositalar eskirish summasini (Av.Es) barcha asosiy vositalar dastlabki qiymatiga nisbatan topiladi va bu ko‘rsatkich korxonaning asosiy vositalari qanchalik eskirganligini ifodalaydi.

Asosiy vositalarning yaroqlilik koeffitsienti (Av.Yar) asosiy vositalar qoldiq qiymatining ularning dastlabki(qayta tiklash) qiymatiga nisbatan hisoblanadi.

Asosiy vositalar holatini ifodalovchi bu ko‘rsatkich, asosiy vositalar eskirish koeffitsienti ko‘rsatkichiga teskaridir.

Asosiy vositalar yangilanish koeffitsienti ushbu korxona asosiy vositalarining qanchasi yangilanganligini bildiradi. Bu ko‘rsatkich yil davomida qabul qilingan asosiy vositalar summasining asosiy vositalarning yil oxiridagi umumiy summasining nisbati bilan aniqlanadi.

AV. ishga tushirilgan

AV yang. = -------------------------------:

AV yil oxiridagi

Asosiy vositalarning hisobdan chiqarilish koeffitsienti vositalarning bir yil davomida hisobdan chiqarilgan summasining asosiy vositalar yil boshidagi qiymatiga nisbatan hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich korxonada hisobot davrida asosiy vositalarning qancha qismi hisobdan chiqarilganligini bildiradi.

Bu ko‘rsatkichlarning birqancha tahlil qilinayotgan ob’ektda bir necha yillar bo‘yicha aniqlansa, korxonada asosiy vositalar holatini ifodalash va xulosalar chiqarish mumkin. Bunday ko‘rsatkichlarni asosiy vositalarning ayrim turlari bo‘yicha ham chiqarish mumkin. Bu bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, biri-ikkinchisini to‘ldiradi va asosiy vositalar holatini to‘liq tahlil qilishga imkoniyat yaratadi.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling