Menejment va statistika


Asosiy vositalar (fondlar) ko‘rsatkichlari statistikasi


Download 0.83 Mb.
bet106/172
Sana08.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#244312
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   172
Bog'liq
Statistika ma'ruza matni

3. Asosiy vositalar (fondlar) ko‘rsatkichlari statistikasi

Korxonalar faoliyat yuritishlari uchun ma’lum miqdorda asosiy vositalarga ega bo‘ladilar. Asosiy vositalar deb korxonada ko‘p yil foydalanadigan mehnat qurollari: ya’ni binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, mashinalar kabilarga aytiladi. Ular milliy boylikning asosiy qismini tashkil etadi. Asosiy vositalar foydalanish jarayonida eskiradi va o‘z qiymatini asta-sekinlik bilan ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga o‘tkazadi. Shuning uchun ham asosiy vositalar dastlabki (qayta tiklash) va qoldiq qiymatlarda baholanadi.

Asosiy vositalar juda turli-tuman, ular statistikada quyidagi 12 guruhga bo‘linadi:


  1. binolar

  2. inshootlar (ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va hakozalar).

  3. uzatuvchi qurilmalar (transportyorlar, elektr liniyalar va hakozolar).

  4. mashina va uskunalar (matorlar, dizellar va shu kabilar).

  5. transport vositalari (avtomobil, samolyot va shu kabilar).

  6. uskunalar (elektr parmalagichlar, turli kalitlar va shu kabilar)

  7. ishlab chiqarish jihozlari (ish stollari va shu kabilar)

  8. xo‘jalik anjomlari (shkaflar, seyflar, muzlatgichlar va shu kabilar).

  9. hayvonlar (ishchi va mahsulot) ko‘p yillik daraxtlar (otlar, tuyalar, ona sigirlar va shu kabilar).

  10. ko‘p yillik daraxtlar (mevali bog‘lar, manzarali daraxtlar va shu kabilar)

  11. Yerning holatini yaxshilash va foydali qazilmalar topish uchun qilingan harajatlar.

  12. Boshqa asosiy vositalar (adabiyot, san’atning nodir asarlari).

Asosiy vositalar quyidagi baholarda ifodalanadi:



  1. dastlabki (boshlang‘ich) bahosi

  2. qayta tiklash bahosi

  3. qoldiq bahosi

Asosiy vositalar eskiradi. Ularning yillik eskirish summasi va normasi hisoblanadi:

A = yillik eskirish summasi.

Bu yerda P(V) – asosiy vositalar dastlabki (qayta tiklash) qiymati;

Kr – kapital ta’mirlashga sarflanadigan harajat;

M – modernizatsiya,

L – likvidatsiyada olinadigan daromad

T – asosiy vosita xizmat muddati.

NA = Asosiy vositalarning eskirish normasi.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling