Menejment va statistika


O‘zbekiston Respublikasi Yalpi ichki mahsulot hajmining dinamikasi


Download 0.83 Mb.
bet118/172
Sana08.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#244312
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   172
Bog'liq
Statistika ma'ruza matni

O‘zbekiston Respublikasi Yalpi ichki mahsulot hajmining dinamikasi

jadval

Yillar

2000

2005

2010

2011

2012

2013

2014

YAIM hajmi mlrd.so‘m

3255,6

15210,4

61831,2

77750,6

96589,8

118986,9

144867,9

Manba: Uzban iqtisodisti. ISAID. T.: O‘zbekiston. 2006. 17 bet va keying statistik ma’lumotlar

YaIM – ishlab chiqarish, iqtisodiy rivojlanish darajalarini belgilashda, mehnat unumdorligi va boshqa ko‘rsatkichlarni hisoblashda foydalaniladi.

Yalpi ichki mahsulot – bu mamlakat ichida barcha xo‘jalik birliklari bo‘yicha: (moddiy ne’matlar ishlab chiqarishdagi korxonalar, tashkilotlar, xizmat ko‘rsatuvchi sohani hamda aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarini, yakka tartibda mehnat faoliyati natijalari): yaratilgan moddiy ne’matlar va ko‘rsatilgan xizmatlar yig‘indisidir.

SIM – YaIM qiymatidan asosiy kapital iste’moli chiqarib tashlanadi. Yalpi milliy daromad – mamlakat rezidentlarining ma’lum davr (vaqt) davomida olgan birlamchi daromadlari yig‘indisidir.

YaMD – YaIMdan sifat jihatdan ham, miqdor jihatidan ham farq qiladi.

YaMDning YaIM dan farqi shundaki, YaIM pirovard iste’mol uchun bo‘lgan tovarlar va xizmatlar bo‘lsa (ya’ni yaratilgan qo‘shilgan qiymatni ifodalasa) YaMD mamlakat rezedentlari shu mamlakatda va chetda tovar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishdan oladigan birlamchi daromadlarining yig‘indisidir.

Miqdor jihatdan YaMD bilan YaIM ning farqi chet davlatlardan olingan va chet davlatlarga to‘langan birlamchi daromadlar saldosidan iboratdir.

MHT da birlamchi daromadlarga mehnat haqqi, sub’ektlar foydasi, xususiy mulkdan oladigan daromad, hamda soliqlar kiradi.

Sof milliy daromad (SMD) yangidan yaratilgan mahsulot va xizmatlar qiymatining yig‘indisidir.

SMD = YaMD – A. Asosiy vositalar iste’moli

SMD = SIM + 1D.

Sof milliy daromad daromadlarning shaklanishi bo‘yicha quyidagicha aniqlanadi: SMD = MX+ICHS+ YaF.

MX – mehnat haqqi: ICHS - ishlab chiqarish sof soliqlari, YaF-yalpi foyda.

Demak sof milliy daromad uni yaratishda ishtirok etganlar o‘rtasida: xodimlarga – ish haqqi, kapital egasiga – foyda, yer egasiga – renta qimmatbaho qog‘oz egasiga – divident yoki foiz, tadbirkorga - foyda sifatida taqsimlanadi.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling