Menejment va statistika


Mavzu. IQTISODIY INDEKSLAR


Download 0.83 Mb.
bet75/172
Sana08.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#244312
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   172
Bog'liq
Statistika ma'ruza matni

Mavzu. IQTISODIY INDEKSLAR
REJA

1. Indekslarning mohiyati, vazifalari va turlari

2. Agregat shaklidagi indekslar umumiy indekslarning asosiy shaklidir

3. O‘rtacha arifmetik va garmonik indekslar

4. O‘zaro bog‘langan o‘zgaruvchan, doimiy tarkibli va struktura ta’siri indekslari tizimi
1. Indekslarning mohiyati, vazifalari va turlari

Indeks so‘zi lotincha «indlex» atamasidan olingan bo‘lib, ko‘rsatkich, belgi ma’nosida ishlatiladi.

O‘zining mohiyati jihatidan indekslar ham statistikada umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar jumlasiga kiradi.

Statistik indekslar bizga ma’lum bo‘lgan boshqa umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlardan farq qiladi. CHunki indekslar hodisa va jarayonlarning nafaqat nisbiy jihatdan o‘zgarishini, balki bu o‘zgarishga ta’sir qiluvchi asosiy omillari ta’sirini ham mutloq jihatdan aniqlash imkonini beradi. Indekslar yordamida umum ulchovga ega bo‘lmagan turli xildagi masalalar, jumladan, murakkab to‘plamlarning ikki va undan ortiq davrlar ichida o‘rtacha o‘zgarish, shartnoma va davlat buyurtmalarining o‘rtacha bajarilish darajasi, turli ob’ekt yoki xududlar miqyosidagi o‘zaro nisbatlari shuningdek murakkab to‘plamlar orasidagi bog‘lanish kuchi, ularga ta’sir etuvchi omillarning roli aniqlanadi.

Statistik indekslar deb o‘zaro qo‘shib bo‘lmaydigan elementlardan tashkil topgan ikkita to‘plamni o‘zaro solishtirish natijasida hosil bo‘ladigan umumlashtiruvchi kursatkichga aytiladi.

Indekslar quyidagi belgilarga qarab tasniflanadi:

- o‘rganilayotgan ob’ektlarning xarakteriga qarab;

- to‘plam birliklarini qamrab olish darajasiga qarab;

- hisoblash uslubiga qarab;

O‘rganilayotgan ob’ektlarning xarakteriga qarab, indekslar hajm va sifat ko‘rsatkichlari indekslariga bo‘linadi.

Birinchi guruh indekslariga sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsuloti fizik hajm indekslari, chakana tovar oboroti, milliy daromad, iste’mol va shu singari indekslar kiradi. Bu indekslarning hammasida miqdor bir xil taqqoslama narxlarda bo‘ladi.

Ikkinchi guruh indekslarga narx indekslari, tannarx indekslari, mehnat unumdorligi, hosildorlik indekslari kiradi.

To‘plam birliklarini qamrab olish darajasiga qarab, indekslar oddiy (individual) va umumiy (guruhli) indekslarga bo‘linadi.

Umumiy indekslar hisoblanish uslubiga qarab, agregat indekslariga va o‘rtacha indekslariga bo‘linadi.

Indekslarni hisoblashda ikkita davr qatnashadi, biri - joriy (hisobot), ikkinchisi - o‘tgan, bazis davr deb ataladi. Joriy davr deyilganda indekslashtirilayotgan hodisaning solishtirilayotgan darajasi tushuniladi. U “1” satr osti ishorachasi bilan ifodalanadi. Bazis davr deyilganda taqqoslash asosi qilib olingan daraja tushuniladi, uni “0” satr osti ishorachasi orqali ifodalash qabul qilingan. i va J lar esa mos ravishda oddiy (individual) va umumiy indekslarni ifodalaydi.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling