Menejment va statistika
bilishi lozim bo‘lgan o‘z - o‘zini tekshirish uchun
Download 0.83 Mb.
|
Statistika ma'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: O’ZBEKISTON MILLIY HISOBLAR TIZIMI- IQTISODIY STATISTIKANING USLUBIY NEGIZI 1 Reja: Milliy hisoblar tizimi mohiyati.
- 1. Milliy hisoblar tizimi mohiyati.
bilishi lozim bo‘lgan o‘z - o‘zini tekshirish uchun
SAVOLLAR 1. Indeks so‘zi nimani aglatadi? 2. Indekslarga ta’rif bering. 3. Agregat shaklidagi indekslar deb, qanday indekslarga aytiladi? 4. O‘rtacha indekslar qachon qo‘llaniladi? 5. O‘zgaruvchan tarkibli indekslar yordamida qanday masala hal qilinadi?
Milliy hisoblar tizimi mohiyati. Asosiy hisoblamalar tizimi. Ishlab chiqarish hisoblamasining ko’rsatkichlari Daromadlarni taqsimlash hisoblamasining ko’rsatkichlari 1. Milliy hisoblar tizimi mohiyati. O‘zbekiston mustaqillikga erishgach, chet mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar tez suratlar bilan rivojlandi. Xalqaro aloqalar makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqqoslanish zaruriyatini tug‘dirdi. Sobiq SSSR davrida xalq xo‘jaligining asosiy ko‘rsatkichlari xalq xo‘jaligi balanslarida (XXB) ifodalanar edi. Ma’muriy buyruqbozlik tizimida XXB lari faqat moddiy ishlab chiqarish soha tarmoqlarida yaratilgan mahsulotlarni o‘z ichiga olar edi. Xalq xo‘jaligi tarmoqlarining asosini davlat korxonalari tashkil etgan, nima ishlab chiqarish va kimga sotish oldindan reja – buyruq bilan kafolatlangan iqtisodiyotda XXBlar xizmat qildi. Lekin bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida turli mulkga asoslangan iqtisodiyotning shakllanishi hamda xalqaro aloqalarni rivojlantirish lozimligi hisob va statistika ishlarini xalqaro amaliyotda qo‘llanilayotgan hisoblar tizimiga o‘tish zaruriyatini taqazo etdi. O‘zbekistonda 1994 yilda xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga o‘tishning Davlat dasturi ishlab chiqildi. Bu dasturning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi.
Davlat statistika va hisobning uslubiy asoslarini qayta ko’rib chiqish, ularni xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga moslashtirish; Xalq xo‘jaligi balanslari bilan milliy hisoblar tizimi ko‘rsatkichlarini taqqoslash darajasiga keltirib, O‘zbekiston Respublikasining milliy hisoblar tizimini yaratish; Milliy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni xalqaro amaliyotda qo‘llanilayotgan me’yorlarga muvofiqlashtirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlari bo‘yicha MHT hisoblamalarini ishlab chiqish; Boshlang‘ich hisob shakllarini, buxgalteriya, moliyaviy va bank tizimi hisoblarini xalqaro talablarga moslashtirish; Aholi va mehnat, narx va tashqi savdo statistikasini xalqaro qoidalarga moslashtirish; Xalqaro andozalarga mos keladigan yagona tasniflashlar va kodlashtirish tizimini yaratish; Mulkning barcha shakllaridagi korxona va tashkilotlar yagona davlat registrini tashkil etish; Xalqaro statistika organlariga beriladigan ma’lumotlar tarkibi, davri va berilish tartibini aniqlash va shu kabi ishlardan iborat. Davlat Dasturi asosida xalq xo‘jaligi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari xalqaro andozalarga mos keladigan milliy hisoblar tizimiga (MHT) asta – sekinlik bilan o‘tkazila boshlandi. Milliy hisoblar tizimi (MHT) bozor iqtisodiyoti sharoitida makrodarajadagi ko‘rsatkichlar tizimi bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotini muvofiqlashtirishda hamda xalq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirishda foydalaniladi. «Milliy hisoblar» atamasini dastlab Gollandiyalik statistik olim Edvard Van Kliff 1941 yilda ilmiy maqolada qo‘llagan. Uning paydo bo‘lishiga bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarini o‘rganish, davlat boshqaruvi uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlarni to‘plash ehtiyoji sabab bo‘ldi.50 yillarda BMTning statistika byurosi topshirig‘iga asosan bir guruh ekspert – statistiklar milliy hisoblar tizimini qo‘llash bo‘yicha uslubiyot tayyorladilar. Natijada Angliya va AQSH hamda bir qancha Yevropa mamlakatlari MHTni qo‘llay boshladilar. BMTning statistika byurosi milliy hisoblar tizimini nazariy va uslubiy jihatdan takomillashtirdilar va nihoyat 1968 yilda MHTning standartlari qabul qilindi. 1993 yil fevral oyida Nyu – Yorkdagi statistika komissiyasining navabatdagi sessiyasida MHTning yangi standarti qabul qilindi. Ushbu standart asosida «O‘zbekiston Respublikasi hisob va statistikasini xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistikaga o‘tkazish» to‘g‘risidagi Davlat dasturi ishlab chiqarildi va asta-sekinlik bilan dastur vazifalari amalga oshirilmoqda. MHT ikki tomondan iborat balans ko‘rinishdagi jadvallardan tuzilgan. Bir tomonda iqtisodiy ko‘rsatkichlarning kirimi ko‘rsatilsa, ikkinchi tomonida ularning iste’moli, ishlatilishi ko‘rsatiladi. Tomonlar jami summalari teng bo‘lib, balans ko‘rinishini oladi. Milliy hisoblar – bu xalq xo‘jaligi bo‘yicha milliy daromad va pirovard mahsulotlarni yaratish, taqsimlash, ayirboshlash hamda foydalanish jarayonlarini xarakterlaydigan jamlanma iqtisodiy statistik ko‘rsatkichlar tizimidir. Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy takror ishlab chiqarishning barcha jarayonlari ikki yoqlama operatsiyalar to‘plami sifatida talqin etiladi hamda bu operatsiyalar tomonlarining hisoblarida qiymat ko‘rinishida daromad (kirim) yoki harajat (chiqim) sifatida ko‘rsatiladi. MHTda barcha operatsiyalar 3 sinfga ajratiladi. Bular:
tovar va xizmat operatsiyalari; ayirboshlash operatsiyalari; moliyaviy operatsiyalar. Tovar va xizmat operatsiyalariga tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, bozor va nobozor xizmatlar, asosiy kapital va moddiy aylanma mablag‘lar o‘zgarishi, tovar va xizmatlar eksporti kiradi. Ayirboshlash operatsiyalari xodimlarning mehnat haqqi, soliqlar, olingan daromadlar, sug‘urta va subsidiya to‘lovlarini o‘z ichiga olib, sektorlar o‘rtasidagi daromadlarni o‘zaro ayirboshlash operatsiyalarini bildiradi. Moliyaviy operatsiyalar mavjud pul mablag‘lar, qimmatbaho qog‘ozlar, kredit va zayomlar bo‘yicha bo‘lgan moliyaviy aktivlar va passivlar, hamda fondlarning o‘zgarishini o‘z ichiga oladi. Demak, MHTning XXBdan asosiy farqi , MHTda ishlab chiqarish tarmoqlari ham, noishlab chiqarish sohalari (fan, maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash, kommunal xizmatlar va shu kabilar) natijalari ham hisobga olinadi. MHT - jahonning barcha mamlakatlarida qo‘llanilayotgan makrodarajadagi bozor iqtisodiyotining holati va uning rivojlanishini o‘rganishda foydalaniladigan zamonaviy axborotlar tizimi bo‘lib hisoblanadi. Bu tizimning ko‘rsatkchilari va tasniflari o‘zida bozor iqtisodiyoti tarkibini, uning institutlari va faoliyat mexanizmini aks ettiradi. MHT davlatni boshqaruvchi organlar tomonidan bozor iqtisodiyotini tartibga solish maqsadida 1953 yildan boshlab, faqat rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda qo‘llanilgan bo‘lsa, xozirgi kunda 150dan ortiq mamlakatlarda qo‘llanilmoqda. MHTda buxgalteriya hisobining ba’zi muhim jihatlari (masalan, operatsiyalarni ikki yoqlama yozish printsipi)dan foydalaniladi va uning maqsadi ko‘p jihatdan buxgalteriya hisobining maqsadlariga mos tushadi: boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun informatsiya bilan ta’minlanadi. Lekin buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlar korxona (kompaniya) darajasidagi qarorlarni qabul qilish uchun foydalanilsa, MHTda esa butun mamlakat iqtisodiyoti bo‘yicha qaror qabul qilish uchun foydalaniladi. Shuning uchun u ma’lum darajada butun iqtisodiyotning buxgalteriya hisobi hisoblanadi. MHTni rivojlantirishda Dj.Keyns katta hissa qo‘shgan va u MHTni o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlar tizimi sifatida qaragan (daromad, iste’mol, jamg‘arish) va uning ma’lumotlari davlat organlari tomonidan iqtisodiy siyosatni amalga oshirish va bozor iqtisodiyotini tartibga solish uchun amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olishda foydalanilgan. Hozirgi zamon iqtisodiyotida har xil iqtisodiy operatsiyalar amalga oshiriladi: korxonalar xom ashyo va materiallar sotib oladilar, har xil mahsulotlar ishlab chiqaradilar, xodimlarga ish haqqi va davlatga soliqlar to‘laydilar, banklardan qarzlar oladilar, bo‘sh qolgan mablag‘larni mashina va uskunalarga investitsiya qiladilar va h.k. Iqtisodiy jarayonlarda korxonalardan tashqari quyidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, masalan, moliyaviy tashkilotlar (banklar, investitsion fondlar, sug‘urta kompaniyalari va h.k.), davlatni boshqaruv organlari, uy xo‘jaliklari, har xil notijorat tashkilotlar (kasaba uyushmalar, siyosiy, diniy tashkilotlar va h.k.) ham qatnashadilar. Ular ham tovar va xizmatlar, pullar, kreditlar, aktsiyalar va boshqa moliyaviy vositalar bilan har xil operatsiyalarni amalga oshiradilar. Bundagi barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘zaro birgalikda faoliyat olib boradilar, yangi qiymat yaratish jarayonida tovarlar, xizmatlar va aktivlar bilan almashadilar. Iktisodiyotda yuz berayotgan hodisalarni va iqtisodiy jarayonlarning muhim natijalarini bilish maqsadida avvalo xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar haqqidagi ma’lumotlarni, ular amalga oshirgan operatsiyalari, ularning aktiv va passivlari haqqidagi ma’lumotlarni tartibga solish lozim bo‘ladi. Bunday tartibga solish MHT doirasida maxsus qoidalar va jarayonlar asosida amalga oshiriladi. Ularning maqsadi: makrodarajadagi iqtisodiyotning holati va rivojlanishini yoritish, muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: yalpi ichki mahsulot, oxirgi foydalanish, investitsiyalar, jamg‘arish, ixtiyordagi daromad va h.k. orasidagi bog‘lanishlarni bilish va h.k. MHTni o‘z funktsiyasini to‘liq bajarishi uchun «iqtisodiy ishlab chiqarish» chegarasini ya’ni YaIM va milliy daromadni yaratish qaerda, qanday chegarada amalga oshirilayotganini bilish nihoyatda muhim hisoblanadi. MHTning yana bir muhim yo‘nalishi «daromad» ko‘rsatkichini Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling