Namoyondalari: - G. Saymon
- P. Duruber
- E. Deyl va
- boshqalar
G’ARB NAZARYOTCHILAR BOSHQARUVNING IJTIMOIY TIZIMLAR MAKTABINI TASHKIL QILISH MAQSADIDA: - mazmunli yondashuv asoslarini ishlab chiqish; - yaxlit tizim bilan uning qismlari munosabatlarini ko’rib chiqishdi; - bir qancha o’zgaruvchi omillarning boshqaruviga ta’sirini o’rganishdi. Tizimli yoki zamonaviy menejment - Boshqarishga yondashuv turlari:
Tizimli yondashuv
Vaziyatli yondashuv
Funktsional yondashuv
Miqdorli yondashuv
Tizim –bu bir-biri bilan o’zaro bog’langan qismlar majmui. Har bir qism yaxlit tizimning o’zgarishiga o’z hissasini qo’shadi. Tashkilot –bu yaxlit ochiq tizim. Uning taqdiri tashqi va ichki muhitga bog’liq. Yaxlitning qaysi bir qismi o’ta muhim degan savolga – vaziyatli tahlil javob beradi. Bunda tashkilotning tarkibidagi o’zgarishlar tashqi muhitning ta’siri bilan bog’lab o’rganiladi. Ammo turli darajalardagi vaziyat turli darajadagi bilimni talab qiladi. Funktsional yondashuv- boshqaruvda tashkiliy mexanizmlarning eng oqilona yo’llarini ishlab chiqish imkonini beradi shu nuqtai nazardan boshqarish quyidagi vazifalarni bajaradi: - rejalashtirish; - tashkillashtirish; - rahbarlik qilish; - muvofiqlashtirish; - nazorat qilish va h.k.
Rejalshtirish
Tashkil etish
Rahbarlik qilish
Muvofiqlashtirish
Nazorat qilish
Miqdorli yondashuvda asosan: - menejmentning muomala printsipiga; - qaror qabul qilish nazariyasi printsipiga; - matematik yoki ilmiy menejmentga e’tibor qaratiladi. Zamonaviy menejmentning maqsadi -- qaror qabul qilish jarayonini elektron hisoblash texnikasi hamda eng yangi matematik usul va vositalarni qo’llagan holda tadqiq qilish. Tizimli menejment qarorlarning oqilonaligini ta’minlashni o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |