Menejmentning tadqiqot usullari
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик (1)
Internet saytlari
1. www.studmed.ru. 2. www.rc-analitik.ru. 3. www.studwood.ru. 4. www. sovman.ru. 5. www. it.rfei.ru. VI BOB. MENEJMENTDA TADQIQOTLARNING SAMARADORLIGI 6.1. Tadqiqot samaradorligi tushunchasi va uni asosiy shakllantirish omillari Tadqiqot samaradorligi – bu muvaffaqiyatga olib boruvchi eng qisqa tadqiqot o‘tkazish variantini aniqlash yoki topishdir. Biroq bu ta’rifni yanada aniqroq ta’rif 131 bilan to‘ldirish mumkin: tadqiqotning samaradorligi – bu uning tavsiflaridan biri bo‘lib, uni o‘tkazish uchun sa’y-harakatlar (yoki resurslar) xarajatlari va natija (yoki maqsadga erishish darajasi) o‘rtasida qanday o‘zaro bog‘lanish mavjudligini ko‘rsatadi. Tadqiqot, avval aytilganidek, inson faoliyat turi bo‘lib, har qanday faoliyat singari ma’lum miqdor va sifat ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Muammo, echilishi yoki chiqarib tashlanishi mumkin bo‘lgan tadqiqot markazi hisoblanadi. Tanlovni amalga oshirish talab qilinadi, buning uchun esa baholash kerak. Baholash – bu ham inson faoliyat turi bo‘lib, u vaqt va resurslarni talab qiladi, ular etishmasligi yoki qimmat bo‘lishi mumkin. Muqobilliklarni baholash yoki baholamaslik bilan bog‘liq zararlarni, agar bahoni aniqlash uchun kerakli xuddi shunday tadqiqot o‘tkazilmasa, juda kam hollarda aniq hisoblash mumkin. Shu sababli baholash boshqaruv qarori qabul qilingunga qadar o‘tkaziladi. Tadqiqotlar samaradorligi ma’lum tatbiq etish sharoitlarida ularning ijobiy natija berish qobiliyatini tavsiflaydi. Tadqiqotlar samaradorligi uni amaliyotga tatbiq etishda olingan u yoki bu natija bilan aniqlanadi. Bundan: tadqiqot natijalarini baholash ilmiy darajani, iqtisodiy samaradorlikni, ijtimoiy va ekologik oqibatlarni aks ettirishi kerakligi kelib chiqadi. Tajriba tasdiqlashicha, tadqiqot natijalarini baholash juda qiyin. Tadqiqot natijasi odatda ketgan xarajatlar bilan taqqoslanadi, tadqiqot natijasida olingan qo‘shimcha bilimlar bilan belgilanadigan ilmiy amaliy samaradorlik ajratiladi, hamda uning tasdig‘i mualliflik guvohnomalari, patentlar berilishi, chop etilgan ishlarning mavjudligi va h.k. hisoblanadi. Boshqaruv samaradorligini mazmuniga ko‘ra iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikka ajratish mumkin. Bunday bo‘linish samara shakllarining o‘ziga xosligi va maqsadlarning farqlanishiga asoslanadi. Iqtisodiy samaradorlikka ishlab chiqarish jarayonlarida resurslarning (xodimlar, mehnat ashyolari va vositalari) o‘zaro birgalikdagi harakati orqali 132 erishiladiki, bu ishlab chiqarish va boshqarishga xarajatlarda amda ushbu jarayonlarning iqtisodiy natijalarida aks etadi. Buni resurslarni va ulardan foydalanish ko‘rsatkichlarini taqqoslash yo‘li bilan ifodalash mumkin. Ijtimoiy samaradorlik shaxsiy, jamoaviy va ijtimoiy manfaatlarning birligi bilan ta’minlanadi hamda quyidagi tavsiflar: ijtimoiy faollik darajasi, ijtimoiy- psixologik iqlim, rasmiy va normasmiy tuzilmalarning o‘zaro nisbati, kadrlar malakasi darajasi, mehnat sharoitlari va h.k. yordamida aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida boshqaruv tizimlarini tadqiq etishdan olingan samarani aniqlash katta ahamiyatga ega. Samaradorlik turlari jadvalda keltirilgan (1-jadval). 1-jadval Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling