Menejmentning tadqiqot usullari
Tadqiqot jarayonida dalillar bilan ishlash bosqichlari
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик (1)
3.2.Tadqiqot jarayonida dalillar bilan ishlash bosqichlari
Tadqiqot jarayonida dalillar bilan ishlashning quyidagi bosqichlarini ajratish mumkin: tavsiflash, tushuntirish va oldindan aytib berish-bashoratlash. Ilmiy tavsiflash – bu empirik tadqiqot natijalarini dalillar yordamida qayd qilishdir. Tavsiflashning maqsadi – empirik ma’lumotlarni, turli ilmiy umumlashtirishlar va xulosalar uchun foydalanish mumkin bo‘ladigan ko‘rinishga keltirishdir. Tadqiqotlar amaliyotidan kelib chiqib, bir necha tavsiflash usullarini ajratish mumkin. Dalillarni guruhlash usuli – bu ma’lumotlarni o‘xshashlik yoki farqlanish alomatiga ko‘ra tasniflash yohud tartibga keltirish. Guruhlashning maqsadi – bir nechta o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni aniqlash (ma’lumotlarning o‘zaro nazorat qilish, tuzilmaviy tavsif, aloqalarning zichligi va yo‘nalishlarini aniqlash, xossalarning barqaror birikmalarini qidirish). Guruhlash dalillarni, tavsiflash gipotezasiga muvofiq yagona tizimga u yoki bu belgilovchi alomatlar asosida bog‘lash imkonini beradi Turkumlashlarni qurish usuli – bu ijtimoiy ob’ektlar (dalillar)ga tegishli o‘zgaruvchilarning yaxlit tizimida ushbu ob’ektlar (dalillar) xossalarining barqaror birikmalarini qidirishdir. Ijtimoiy dalillar alomatlarini tavsiflash muayyan nazariy konsepsiyalar asosida ham amalga oshirilish mumkin – bu nazariy turkumlashtirishdir. Bu holda kuzatilayotgan dalillarni a’zolarga ajratish (ya’ni barqaror guruhlarni ajratish) tekshirmasdan (apriori) amalga oshiriladi. Tavsiflash amali natijalari ham yakka dalillarda, ham umumlashtirishlarda ifodalanishi mumkin. Biroq boshqaruv vaziyatlarini tadqiq qilishning o‘ziga xosligi shundaki, ko‘po‘lchovli dalillar eng ko‘p uchraydi. SHunday qilib, tavsiflash protsedurasi yangi nazariy ob’ektni shakllantirishga olib keladiki, u empirik tadqiqot ob’ekti sifatida bevosita qatnasha olmaydi. Ilmiy tavsiflash 75 protseduralari, ishlatilayotgan dalillar va tadqiqot maqsadlarining o‘ziga xosliklariga qarab vaziyatlarni shakllantirish uchun material to‘plash asosiga qo‘yilishi mumkin. Tushuntirish – bu tadqiq etish metodologiyasi va empirik dalillar asosida kuzatish ob’ekti (ob’ektlari)ning mohiyatini yoritish, uning muayyan ob’ektiv tendensiyalar yoki qonunlarga bo‘ysunuvchanligini namoyish etish. Istalgan tushuntirishning muhim tavsiflaridan biri – uning ikki xil tarkiblig, ya’ni bir tomondan tushuntirilayotgan ob’ektni aks ettiruvchi qoidalar yoki qoidalar to‘plami, boshqa tomondan esa – tushuntiruvchi qoidalarning to‘plami ekanligidir. Har qanday tushuntirishning aniq turi hech bo‘lmaganda uch omil: tushuntiruvchi qoidalarning xarakteri, tushuntiriluvchi qoidalarning xarakteri hamda tushuntiruvchi va tushuntiriluvchilarning o‘zaro aloqasi xarakteri, ya’ni tushuntirish mexanizmi bilan aniqlanadi. Zamonaviy ilm-fan tobora ko‘proq funksional tushuntirishdan foydalanmoqda. Bu eng avvalo, murakkab funksional tizimlar (masalan, yirik tashkilotlarni boshqarish tizimlari) tadqiqot ob’ektiga aylanganligi bilan tushuntiriladi. Ijtimoiy ob’ektning ahamiyatli tavsiflaridan biri bo‘lib uning tuzilmasi hisoblanadi. Tuzilmani bilish – ijtimoiy-iqtisodiy tizim mohiyatining eng muhim jihatini yoritish demakdir. Ushbu vazifani hal qilish tuzilmaviy tushuntirishning mohiyatini tashkil etadi. Oxirgisi yoki ijtimoiy ob’ektning ichki elementlarini tushuntirish va ularni yagona yaxlitlikka birlashtirish usulidan yoki tushuntirilayotgan ob’ektning qandaydir yanada katta tizimdagi o‘rnini aniqlashdan iborat. Shunga muvofiq, ichki tuzilmaviy va tashqi tuzilmaviy tushuntirishlar ajratiladi. Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling