Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari


Boshqaruvning O‘zbekistonda rivojlanishi va xorijiy modellari


Download 59.98 Kb.
bet7/10
Sana15.02.2023
Hajmi59.98 Kb.
#1201277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Microsoft Word Document

3. Boshqaruvning O‘zbekistonda rivojlanishi va xorijiy modellari

0 ‘zbekistonda iqtisodiy jarayonlarni boshqarish chuqur tarixiy tomirlarga ega. Yuqorida aytilganidek, boshqaruv fan sifatida shakllangunga qadar davrlarda ham ushbu jarayonning tub mohiyati va mazmunini tushungan va amaliyotda qo‘llagan turli xildagi murakkab kishilar guruhiga muvaffaqiyatli ravishda rahbarlik qilgan, o‘z tajriba va nuqtayi nazarlarini kelajak avlodga meros sifatida qoldirgan buyuk shaxslar bo‘lganki, ularni o‘rganish hozirgi zamon boshqaruv fanini rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Ana shunday shaxslardan Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino (IX—X asrlar), Yusuf Xos Xojib (XI—XII asrlar), Amir Temur, Nizomulmulk (XIII—XIV asrlar), Zahiriddin Muhammad
Bobur, Alisher Navoiy (XV asrlar)ning boshqaruvga oid asarlari bugungi kunda ham qo‘llanma bo‘ladigan ko‘rsatmalar hisoblanadi. Masalan, «Qutadg'u bilik», «Temur tuzuklari» va boshqalar. 0 ‘zbekiston Respublikasi tashkil topgandan buyon o‘tgan 27 yil ichida bozor islohotlariga oid qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar M ahkamasining qarorlari mamlakatimizda bozor mexanizmlarini iqtisodiyotga joriy etishga qaratilgan. 0‘zbekiston iqtisodiyotini Respublikamizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov asoslab bergan tamoyillar asosida bozor munosabatlariga o‘tkazish, bozor mexanizmlarini shakllantirish dasturi bir qator mamlakatlarda « 0 ‘zbek modeli» deb aytildi. Ushbu model jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga dosh berib,
mamlakatimizni barqaror rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratdi.
Menejmentning xorijiy modellari.Menejmentning mavjud bo‘lishi davrida xorijiy mamlakatlar o‘zlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish bilan birga sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqa sohalarda boshqaruvning nazariyasi va amaliyoti sohasidagi ko‘pgina ma’lumotlarni to‘plaganlar. Bu to‘plangan tajribalarni o‘rganish va ulardan foydalanish, menejment modellari shakllanishining jahon tajribasi (avvalo Yaponiya tajribasi) shundan darak beradiki, boshqaruv modellarini bitta ijtimoiy madaniy muhitdan boshqasiga qo‘shilishining amalda iloji yo‘q. Menejmentning xususiy modelini yaratishda
mulkchilikning turi, davlat qurilishining shakli va vujudga kelgan bozor munosabatlarining pishib yetilishi kabi omillarning ta’sirini hisobga olish zarur.

Download 59.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling