Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari


Menejmentning ilmiy maktablari


Download 59.98 Kb.
bet3/10
Sana15.02.2023
Hajmi59.98 Kb.
#1201277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Microsoft Word Document

2.Menejmentning ilmiy maktablari

Boshqaruv fikri g‘oyatda nomuntazam holda rivojlangan. Bir necha yondashuvlar mavjud bo‘lib, ular ba’zida bir-birlariga mos kelgan, ba’zida esa ancha farqlangan. Odamlar va texnika boshqaruv obyektlari hisoblangan, shuning uchun boshqaruvdagi muvaffaqiyatlar ko‘proq boshqa sohalardagi muvaffaqiyatlarga bog‘liq bo‘lgan. Jamiyat, texnika rivojlangani sari boshqaruv bo‘yicha
mutaxassislar tashkilot faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar haqida bila boshlaganlar.Bundan tashqari, dunyo ilmiy-texnika taraqqiyoti bilan asoslangan tez o'zgarishlarning maydoniga aylangan va ko‘p mamlakatlarning hukumatlari biznesga nisbatan o‘z munosabatlarini borgan sari qat’iyroq belgilay boshlaganlar. Bu omillar boshqaruv sohasidagi tadqiqotchilar tashkilot faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi kuchlar mavjudligini his qila boshlashlariga ta’sir ko‘rsatganlar. Buning munosabati bilan yangi yondashuvlar ishlab chiqilgan. Boshqaruv fanini rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan to‘rtta asosiy yondashuvlarni ajratish mumkin. Avvalo, boshqaruvda har bir maktabni ajratish nuqtayi nazaridan yondashuv. U o‘z navbatida boshqaruvni har bir nuqtayi nazardan kelib chiquvchi quyidagi beshta maktabni o‘z ichiga oladi: ilmiy boshqaruv, ma’muriy boshqaruv, insoniy munosabatlar, xulq haqidagi fan hamda boshqaruv fani yoki miqdoriy usul.
Ilmiy boshqaruv maktabi (1885-1920). Butun dunyoda «Maktabni ilmiy tashkil etish» nomi bilan mashhur bo‘lgan bu maktabning vujudga kelishi va rivojlanishi XX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu maktabning boshida amerikalik muhandis-tadqiqotchi F.Teylor (1850—1915) turgan, u o‘zining kundalik ishida unumdorlik va samaradorlikni oshirish maqsadida ishlab chiqarish va mehnatni faollashtirish muammolarini hal qilgan. Uning ta’limi menejment zamonaviy konsepsiyaning asosiy nazariy maktabi bolgan. Bu maktabning ko‘zga ko‘ringan vakillari: L.Gilbert, F.Gilbert, G.Emerson, A.Gastev (Rossiya)lardir.
F.Teylor butun dunyoga o‘z nomini mashhur qilgan quyidagi kitoblarni yozgan: «Kelishuv tizimi» (1895), «Sex menejmenti» (1903) va «Ilmiy menejment tamoyillari» (1911). F.Teylor o‘z asarlarida kapital va mehnat manfaatlarini birga qo‘shish, «kapitalistik korxonalarda hamkorlik falsafasi»ni amalga oshirishga
harakat qilgan. U tomonidan ishlab chiqilgan mehnatning jadallashuvini ta’minlovchi usul turli mamlakat boshqaruvchilarida katta qiziqish uyg‘otgan.
F.Teylor ilmiy boshqaruvni muhandislar turi bo‘yicha sanoat mehnati sohasiga aylantirishda jonbozlik qilgan. Uning tizimi mehnatni ijrochilar mehnati va farmoyish beruvchilar mehnatiga taqsimlash tamoyilini izchil o‘tkazishdan iborat bo‘lgan. Ishlab chiqarish tizimida yo lga qo‘yilgan mexanizm kabi ishlovchi
har xil xodim о z vazifalari uchun javobgar bo'lishi lozim. Bunda xodim lar turlarini ishlar turlariga mos kelishiga erishishga harakat qilish kerak. F.Teylor ilmiy menejmentga tashkilotni ishlab chiqarish va iqtisodiy maqsadlariga erishishi uchun barcha xodimlar manfaatini ularning farovonligi о sishi, xo‘jayinlar va m a’muriyat bilan yaqindan hamkorlikni yo lga qo‘yilisi-,j tufayli yaqinlashuvining
haqiqiy vositasi sifatida qaragan. U, agar ilmiy menejment tizimi to’liq hajmda qabul qilinsa, bu narsa tomonlar o'rtasidagi barcha bahs va ziddiyatlarni hal qiladi, deb o‘ylagan. Shunday qilib, ushbu m aktablar uchun quyidagi alomatlar xosdir:
- ma’muriyat hal qilishi kerak bo‘lgan vazifalarni belgilash;
- subyektivizm va avtoritar usullarni ilmiy qoidalarga almashtirish;
- boshqaruvni sanoat mehnati sohasiga aylantirish;
mehnatni taqsimlash va ixtisoslashtirish, xodimlarni tor vazifalarni bajarishga yo‘naltirish;
- faoliyatni qat’iyan tartibga solishvazifalarni bajarish uchun eng yaxshi va eng to‘g‘ri bajaradigan xodimlarni maqsadga qaratilgan holda tanlab olish, ularni
o‘qitish;
- xo jalik vazifalarini hal qilishning eng yaxshi usullarini belgilash uchun ilmiy tahlildan foydalanislr
- ishlarni rejalashtirish;
- xodimlarni rag‘batlantirish.

Download 59.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling