Boshqaruv fani maktabi yoki miqdoriy usul (1950-yildan hozirgi vaqtgacha). Eng ko‘zga ko‘ringan olimlari R.Akoff, N.Viner,V.Poreto, V.Glushkov va L.Kantoravich (SSSR). Maktab boshqaruvida aniq fanlar — matematika, statistika, muhandislik fanlari ma’lumotlaridan foydalanishga asoslanadi operatsiya va vaziyatlar modeli tadqiqotlari natijalarini keng qo‘llashni ko‘zda tutadi. Ammo Ikkinchi Jahon urushiga qadar miqdoriy usullardan boshqaruvda yetarlicha foydalanilmagan. Ehtimol, kompyuterlarning rivojlanishi boshqaruvda ushbu usullarni qollashga kuchli turtki bo‘lgan bo‘lsa kerak. Ular o‘sib boruvchi murakkablikdagi matematik modellarni qurishga imkon bergan, bu modellar
haqiqatga ko‘proq darajada yaqinlashadi, demak aniqroq bo‘ladi.
Vaziyatli yondashuv (1960-yildan hozirgi vaqtgacha). Bu yondashuvni ishlab chiqilishi boshqaruv nazariyasiga katta hissa qo‘shgan, chunki fanni aniq vaziyatlar va sharoitlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llash imkoniyati paydo bo‘lgan. Vaziyatli yondashuvda asosiy tomon vaziyatlardan, ya’ni aniq holatlardan iborat bo‘ladi, ular tashkilotlarga ushbu aniq vaqtda katta ta’sir ko‘rsatadilar.
Ham tashkilotning o‘zida, ham atrof-muhitda ko‘pgina bunday omillar mavjud bolganligi sababli, tashkilot faoliyatini boshqarishning yagona «yaxshi» usuli yo‘q bo'ladi. Boshqaruvning vujudga kelgan vaziyatda ko‘proq mos keluvchi usuli eng samarali bo‘ladi. M.Follett 20-yillardayoq «Vaziyat qonuni» haqida gapirgan.
Ammo bu yondashuv faqat 60-yillarning oxirida kerakli darajada ishlab chiqilgan.
Vaziyatli yondashuv buyurilgan tavsiyalarning oddiygina yig‘indisi emas, balki, tashkiliy muammolar va ularning yechimlariga nisbatan fikrlash usulidir. Undan foydalangan holda, rahbarlar aniq vaziyatlarda qaysi usullar tashkiliy maqsadlariga erishishga ko'proq darajada yordam berishini tushunib olishlari mumkin. Shuning uchun tashkilot maqsadlariga samaraliroq erishish uchun aniq usullar va konsepsiyalarni ma’lum vaziyatlar bilan bog‘lash zarur. Vaziyatli yondashuvda e’tibor tashkilotlarning o£z ichidagi vaziyatli farqlarga qaratiladi. Shu munosabat bilan ahamiyatli o‘zgaruvchan vaziyatlar va ularning tashkilot faoliyati samaradorligiga ta’sirini aniqlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |