Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari


Tizimli yondashuv (50-yillarning oxiridan hozirgi vaqtgacha)


Download 59.98 Kb.
bet6/10
Sana15.02.2023
Hajmi59.98 Kb.
#1201277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Microsoft Word Document

Tizimli yondashuv (50-yillarning oxiridan hozirgi vaqtgacha).
50-yillarning oxirida boshqaruvda tizimlar nazariyasini qollanishi menejmentga boshqaruv fani maktablari va, xususan, amerikalik olimlar J.Pol Getti va Piter F. Drukerlarning muhim ulushi bo‘lgan. Bu yondashuv nisbatan yaqindan qo‘llana boshlanganligi tufayli, hozirgi vaqtda ushbu maktabning boshqaruv nazariyasi va
amaliyotiga haqiqiy ta’sirini to‘liq darajada baholashning iloji yo‘q. Shunga qaramay, bugun uning ta’siri juda katta va bundan keyin ham u o‘sib boradi. Tizimli asosda, ehtimol, kelajakda ishlab chiqiladigan yangi bilim va nazariyalarni sintez qilish mumkin bo‘lar. O‘zgaruvchanlar va ularning tashkilot samaradorligiga ta’sirini aniqlash menejmentga tizimlar nazariyasining mantiqiy davomi bo‘lgan tizimli yondashuvning asosiy ulushi bo‘ladi. Rahbarlar tizim lar nazariyasini boshqaruv jarayoniga nisbatan qo‘llashlari uchun tashkilotni o‘zgaruvchan tizimlar sifatida bilishlari kerak. Ular tashkilotga o‘zgarayotgan tashqi muhit sharoitlarida turli maqsadlarga erishishga mo‘ljallangan kishilar, tuzilma vazifalari, texnologiya kabi o‘zaro bog‘langan elementlarning majmuasi sifatida qarashlari kerak.
Jarayonli yondashuv (1920-yildan hozirgi vaqtgacha). Bu yondashuv hozirgi vaqtda keng qo‘llaniladi. U birinchi marta ma’muriy boshqaruv maktabi vakillari tom onidan taklif qilingan bo‘lib, ular menejerning vazifasini ta’riflashga harakat qilganlar. Bu konsepsiyani dastlabki ishlab chiqilishi A.Fayolga tegishlidir.
Ushbu yondashuvga ko‘ra, boshqaruv uzluksiz o‘zaro bog‘liq harakatlar (xizmatlar) jarayoni sifatida ko‘rib chiqiladi, ularning har biri, o‘z navbatida bir necha o‘zaro bog‘langan harakatlardan iborat bo‘ladi. Ular kommunikatsiyalar va qaror qabul qilishning bog‘lovchi jarayonlari bilan birlashgan. Bunda rahbarlik (yetakchilik) mustaqil faoliyat sifatida ko‘rib chiqiladi. U xodimlarga ta’sir ko‘rsatishning shunday imkoniyatini ko‘zda tutadiki, ular maqsadlarga erishish yo‘nalishida mehnat qilsinlar.


Quyida boshqaruvda yondashuvlar evolyutsiyasining chizmasi ko‘rsatilgan:
1885-y. 1920-y. 1930-y. 1940-y. 1950-y. 1960-y. hozirgi vaqt.
1
2
3
4
5
6
7
8

1. Ilmiy boshqaruv nuqtayi nazaridan yondashuv.


2. M a’muriy yondashuv.
3. Insoniy munosabatlar nuqtayi nazaridan yondashuv.
4. Holat haqidagi fan nuqtayi nazaridan yondashuv.
5. Miqdoriy usul nuqtayi nazaridan yondashuv.
6. Boshqaruvga jarayon sifatida yondashuv.
7. Tizimli yondashuv.
8. Vaziyatli yondashuv.
Yondashuvlarning qisqacha manzarasidan shu narsa ko‘rindiki, boshqaruv fikri doimiy ravishda rivojlanib borgan, bu tashkilotlarni samarali boshqarish haqidagi yangi g‘oyalarni tug‘ilishiga yordam bergan. Har bir yondashuv yoki maktabning vakillari faraz qilganlarki, ular tashkilot maqsadlariga samaraliroq erishishga kalit topa olganlar. Ammo so‘nggi tadqiqotlar va boshqaruv amaliyotini ko‘rsatishicha, bu tadqiqotlar boshqaruv jarayonining faqat ayrim tomonlariga tegishli bo‘lgan, olingan natijalar esa faqat m a’lum vaziyatlar uchungina to‘g‘ri bo‘lgan. Bundan tashqari, boshqaruv amaliyoti hamma vaqt ham tegishli nazariy fikrga qaraganda murakkabroq, chuqurroq va turli-tum anliroq bo‘lgan.

Download 59.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling