Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari


Boshqaruvning klassik yoki ma’muriy maktabi (1920-1950)


Download 59.98 Kb.
bet4/10
Sana15.02.2023
Hajmi59.98 Kb.
#1201277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Microsoft Word Document

Boshqaruvning klassik yoki ma’muriy maktabi (1920-1950). Uni rivojlantirsh uchun fransuz olimi A.Fayol va nemis sotsiologi M.Veber katta ulush qo shganlar. Bu m aktab vakillari tashkilotlarning umumiy ta’riflari va qonuniyatlarini aniqlashga harakat qilganlar. Ularning maqsadi boshqaruvning ikkita jihatiga daxldor bo‘lgan universal tamoyillarni yaratishdan iborat bo‘lgan.
Birinchisi — tashkilotni boshqarishning oqilona tizim ini ishlab chiqish. Bu nazariyachilar biznesning asosiy xizmatlarini belgilab olib, tashkilotni bo‘linmalarga bo‘lishning eng yaxshi usulini belgilash mumkinligiga ishonganlar. Ular moliya, ishlab chiqarish va marketingni xuddi shunday xizmatlar deb hisoblaganlar. Ikkinchi jihat — tashkilot va xodimlar boshqaruvining tuzilishini
qurish. Yakkaboshchilik tamoyili bunga misol bo‘lib xizmat qilgan, unga ko‘ra odam faqat bitta boshliqdan buyruqlar olishi va faqat unga bo‘ysunishi kerak.
Boshqaruvdagi insoniy munosabatlar maktabi (1930-1950). M. Follett (Angliya), E.Meyo va A.Maslou (AQSH) uning eng yirik obro‘li vakillaridir. Bu maktab vakillari, agar rahbarlik o‘z xodimlari haqidagi g‘amxo‘rlikni oshirsa, unda xodimlarning qanoatlanganligi darajasi oshadi, bu esa muqarrar unumdorlikning
ko‘payishiga olib keladi deb ishonganlar. Ular bevosita boshliqlarning samarali harakatlari, xodimlar bilan maslahatlashishlar va ularga ishda muloqot qilishga kengroq imkoniyatlarni berishni o‘z ichiga oluvchi insoniy munosabatlarni boshqarish usullaridan foydalanishga tavsiya berganlar.
Axloqiy fanlar yoki bixevioristik maktab (1950-yildan hozirgi vaqtgacha). Eng ko‘zga ko‘ringan vakillari - F.Gersberg, R.Laykert, D.Mak Gregor. Ushbu maktab insoniy munosabatlar maktabidan ancha uzoqlashib ketgan. Ushbu yondashuvga ko‘ra, xodimga tashkilotlarni boshqarishga nisbatan axloqiy fanlar konsepsiyalarini qo‘llash asosida o‘zining shaxsiy imkoniyatlarini his qilishga ko‘proq darajada yordam ko‘rsatish kerak. Bu maktabning asosiy maqsadi tashkilot faoliyati samaradorligini uning insoniy resurslari samaradorligini oshirish yo‘li bilan oshirishdan iborat. Uning asosiy qoidasi: axloq haqidagi fanni to‘g‘ri qo‘llash
hamma vaqt ham alohida xodimning, ham umuman tashkilot samaradorligini oshishiga yordam berishi kerak.

Download 59.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling