Mengboyev asliddinning jaxon svilizatsiyalari tarixi fanidan tayyorlagan


Download 131 Kb.
bet2/11
Sana13.04.2023
Hajmi131 Kb.
#1356110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Qadimgi yunoniston madaniyati

GOMER DAVRI MADANIYATI
Mil.avv.X1-1X asrlar odatda Gomer davri deb yuritiladi.Bu davr madaniyatini o`rganishda Gomerning ,,Iliada" va ,,Odessiya" dostonlari qimmatli manba hisoblanadi. Gomerning mazkur dostonlari qadimgi yunonlarni ulug`lovchi, yuksakliklarga ko`taruvchi dostonlardir. Chunki, buyuk haykaltarosh Fidiy ta‘kidlaganidek, „Gomerning ,,Iliada" dostonini o`qiganda undagi kishilar obrazi ikki marta ulug’vor bo`lib ko`rinadi".
Bu davrning Gomer davri deb atalishida Gomerning ,,Iliada" va ,,Odisseya" dostonlarida qadimgi yunonlarning o`ta ulug`vorlik darajasiga olib chiqilganligi muhim rol o`ynagan. Chunki, ,,Iliada" va ,,Odisseya" dostonlarida oddiy insonlar xudolar darajasiga olib chiqiladi. Yunonistonning oriyat va nomusni inson ahloqiy idealining eng yuqori cho`qqisi deb bilgan qahramonlari Troyaga qarshi kurash olib boradilar. Bu urush bosqinchilik urushi emas, balki toptalgan or-nomusni himoya qilish urushi sifatida talqin etiladi. Bu urushda kishilarning ulug`vor bo`lib ko`rinishining yana bir sababi, xudolar va qahramonlarning hamkorlikda jang olib borganliklaridir. Xudolar ham oddiy insonlar singari jangu-jadalda qatnashadi, tarafkashlik urushida tomonlarni qo`llab-quvvatlab turadi.
Aql-idrokda qudratli kuch bo`lgan inson obrazi bu davr madaniyatiga singa boradi. Bu davrga kelib, Krit-Mikena davri dunyoqarashida hukmronlik qilgan mifologik obrazlar, ya‘ni yirtqich hayvonlar obrazi inson ko`z oldida o`z kuchini yo`qota boradi. Mifologik dunyoqarash sifatida shakllangan hodisalar o`zining sir-asrorini ocha boradi.
Inson tabiat hodisalarini qanday bo`lsa, shu holda qabul qila boshlaydi. Uning noma‘lum bo`lgan sir-sinoatlariga chuqurroq kirib borishga intiladi. U tabiat kuchlari ustidan sehrlash yoki jodu qilish orqali hukmron bo`lishga intilmaydi, balki aql-idorokni ishga solib hukmronlik qilishga intiladi.
Bu davrda qadimgi Grek dinining asosiy belgilari shakllana boradi. Ular o`z dinlarini Fessaliya va Makedoniya chegarasida joylashgan Olimp tog`i bilan Olimp dini, Olimp tog`ining qorli cho`qqisini o`z xudolarining yashash joyi deb xisoblaydilar.
Qadimgi Yunonlarning tasavvuriga ko`ra, olam dastlab ,,xaos" /tartibsizlik/dan iborat bo`lgan. So`ngra, Zevs boshchiligidagi xudolar olamning turli hodisalarini boshqarib, tartibga keltira boshlaganlar. Zevsning avlodlari butun olamga hukmronlik qila boshlaydilar, ya‘ni butun koinotni o`zlarining mulklariga aylantiradilar. Zevs momaqaldiroq hamda bulutlar sultoni, ma‘budlar ma‘budi bo`lib qoladi. Uning ukasi Poseydon dengizlar hukmdori, yana bir ukasi Aid oxirat xudosi bo`lib tayinlanadi. Zevsning rafiqasi Gera osmon ma‘budasi, ma‘budlar malikasi, homilador ayollar va kelin-kuyovlar raxnamosi hisoblanadi. Zevsning har bir farzandi ikkinchi darajali ma‘bud va mabudalarga aylanadilar. Ular ham olamning turli xil hodisalariga hukmronlik qila boshlaydilar yoki raxnamolarga aylanadilar. Masalan, Gefest-otash, ma‘budi, temirchilar piri; Ares qonli urushlar ma‘budi; Appolon-yorug`lik, san‘at, she‘riyat va musiqa ma‘budi; Artemida-kamar ma‘budasi, o`rmon va o`rmonda yashovchi jonivorlar malikasi; Afina-shaharlar homiysi; Afrodita-go`zallik ma‘budasi; Erot-sevgi ma‘budi; Germes-Ma‘budlar jarchisi, o`lganlar ruhini oxiratga kuzatib boruvchi; Gelios-Quyosh xudosi; Nika-g`alabalar ma‘budasi; Dionis-bog`dorchilik, uzumchilik, vinochilik xudosi; Demetra-tabiat ma‘budasi hisoblangan.
Qadimgi Greklarning tasavvuriga ko`ra butun tabiatda ilohiy mavjudotlar yashaydi. Chakalakzorlarda driadalar, nimfalar, echki oyoqli satirlar yashasa, dengizda nayadalar va ayol boshli qush -sirenalar hayot kechiradilar.
Qadimgi Yunonistonda xudolarga atab turli-tuman bayramlar tashkil etilgan. Bayramlar diniy xarakterga ega bo`lish bilan birga insonni jismoniy chiniqtirgan, musiqa, poeziya, qo`shiq va boshqa san‘at turlarining rivojlanishiga ham ulkan hissa qo`shgan.
Qadimgi yunonlar xudolarga atab tashkil etgan ulkan bayramlardan biri-Olimpiada o`yinlaridir. Olimpiada o`yinlari xar to’rt yilda bir marta ma‘budlar ma‘budi Zevs sharafiga o`tkazilgan. Birinchi Olimpiada o`yini miloddan avvalgi 776 yilda o`tkazilgan. Olimpiada o`yinlari Peloponnesning shimoli-g`arbida joylashgan Olimpiya shahrida o`tkazilgan. Olimpiada o`yinlari tantanali namoyish va qurbonlik qilish bilan boshlangan. Dastlab olimpiadachilar faqat yugurish bo`yicha musobaqalashgan. Vaqt o`tishi bilan olimpiada o`yinlariga kurash, pentatlon/yugurish, uzunlikka sakrash, disk uloqtirish, nayza otish va kurashdan iborat besh kurash/mushtlashish jangi hamda aravalar poygasi kiritilgan. Olimpiya o`yinlari kunlari dramaturglar, shoirlar, ashulachilar va sozandalar ham baxslashganlar, o`zlari yaratgan asarlarni yig`ilgan xalq hukmiga havola qilganlar.
Umuman olganda, olimpiya o`yinlari singari bayram-musobaqalar qadimgi yunon madaniyati, adabiyoti va san‘atining keng ko`lamda rivojlanishida ham muhim rol o`ynagan, ijodkorlarning haqiqiy minbariga aylangan.
Qadimgi yunon madaniyati taraqqiyotida yunon yozuvining ahamiyati ham beqiyos katta bo`lgan. Yunon yozuvi mil.avv. IX-VIII asrlarga kelib finikiyaliklar alifbosidan foydalanish asosida vujudga kelgan. Qadimgi yunonlar finikiyaliklarning faqat undosh tovushdan iborat bo`lgan 22 harfidan o`zgartirilgan holda foydalanganlar, ya‘ni greklar o`z alifbolariga unli tovushlarni qo`shib 24 xarfdan iborat o`z alifbolarini tuzganlar. Qadimgi yunon yozuvining ahamiyati, shundaki, slavyan alifbosi grek alifbosi asosida tashkil etilgan.
Gomer davri arxitekturasi va san‘atida yuqori badiiy taraqqiyotga erishilmagan bo`lsada, diniy e‘tiqodlar bilan bog`liq bo`lgan terrakota/ma‘budaning kichik haykalchalari/ haykalchalar, yog`och va toshdan ishlangan qupol sanam va butlar ishlangan. Bu davrda hunarmandchilik, kulolchilik va u bilan bog`liq bo`lgan vazaga gul solish san‘ati ravnaq topgan. Vazalar va boshqa sopol idishlar yuzasiga geometrik naqshlar ishlana borgan.
Xulosa qilib aytganda, Gomer davri madaniyati-umumyunon madaniyatining ko`zga yaqqol tashlanib turadigan bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu davr madaniyati, birinchidan, sistemalashgan diniy qarashlarning vujudga kelishi bilan harakterlanadi. Dastlab xaosdan iborat bo`lgan olam hamda barcha voqea va hodisalarni tartibga solib turadigan o`ziga xos diniy dunyoqarash shakllanadi. Ikkinchidan, diniy dunyoqarashga bog`liq bo`lgan turli xil marosimlar, bayramlar tarkib topa bordi. Birgina olimpiya o`yinlari yoki Dionisga bag`ishlangan bayram marosimlarini olib qarasak, ular diniy qarashlar natijasida vujudga kelganligini ko`ramiz. Tasavvurdagi xudolar, ularning tashqi ko`rinishi-ko`rkamligi, kuch-qudrat ufurib turadigan tashqi qiyofasi to`g`risidagi tasavvurlar, dastlab umum Yunonistonga, so`ngra butun Ellinistik dunyoga keng tarqalgan olimpiya o`yinlarining vujudga kelishi va rivojlanishiga olib keldi. Uchinchidan, xalq og`zaki ijodining rivojlanishi yozma adabiyotning paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Bu esa o`z navbatida voqea hamda hodisalarni mifologik tarzda tasvirlashdan realistik tarzda ifodalashga olib keldi.

Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling