Mening jonajon O`zbekistonim


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/121
Sana10.02.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1185572
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   121
Bog'liq
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

Didaktik o`yin: 
“Mehmon-mehmon” o`yini. 
Tarbiyachi: Bolalar kelinglar! Sizlar bilan hozir “Non olib keldim” she’rini o`qib beraman 
Yolg`on emas chin so`zim, 
Magazinda bir o`zim. 
Ko`cha chetida yurib, 
Ancha narsani ko`rib. 


19 
Qaytimni yo`qotmasdan, 
Kuchukka tosh otmasdan. 
Olib keldim issiq non, 
Uyga kelganda mehmon. 
Tarbiyachi: Bolalar she’r sizlarga yoqdimi 
Bolalar javobi: Ha yoqdi 
Tarbiyachi: Kunning ikkinchi yarmida albatta she’rni yod olamiz. Endi bolajonlar sizlar 
bilan birgalikda topishmoqlarni topamiz,
1. Bug`doyzorda yo`g`rilgan
Tandirda tug`ilganman
(Non) 
2. Eng totli ulug` ne’mat 
Dasturxonga ko`rk ziynat 
(Non) 
3. Dengiz emas chayqaladi 
Dehqonni u boy qiladi
(Bug`doyzor) 
4. U Tugamas boylik kon 
Unda bo`lar oshu non
(Bug`doy) 
 
Tarbiyachi: Bolajonlar topishmoq, she’r, rivoyatlar sizlarga yoqdimi? 
Bolalar javobi: Ha 
 
Tarbiyachi: (Faoliyatyakunida bolalar rag`batlantiriladi) va tarbiyachi mashg`ulotni tez 
aytish bilan yakunlaydi.
Nonvoy, nonvoy non yopar, 
Nonni novvot deb sotar. 
14-mavzu: “Non ham non, ushog`i ham non”
 
Faoliyat maqsadi: Bolalarga nonning azizligini, uni isrof qilmaslikka o`rgatish. Kattalar 
mehnatini tushunishi va hurmat qilishga o`rgatish.
Kerakli jixozlar: Hamirdan tayyorlangan non mahsulotlari, savatchada non, likopchalarida 
pishiriqlar, bug`doy boshoqlari tasvirlangan suratlar, juva, taxtacha, sochiq va tayyor hamr 
Markazlar: Milliy burchak, Bolalar kutubxonasi markazi 
Faoliyat borishi: 
Tarbiyachi: Bolajonlar sizlar bilan bugun mashg`ulotimizda “Non ham non , ushog`i ham 
non” mvzusida suxbatlashamiz. Bizning mehnatsevar dehqonlarimiz kuz faslida dalalarga 
bug`doyni sepib qo`yadilar va yoz faslida hosilni yig`ishtirib oladilar. Bug`doy yoz faslida 
pishib yetiladi. Yetilgan bug`doyni yig`ib olishib tegirmonlarda yanchib tayyor un holati olib 
kelishadi. Tayyor un esaqoplarga joylanib nonvoyxonalarga, do`konlarga jo`natiladi. 
Nonvoylar tomonidan va onalarimiz tomonidan turli tuman bir – biridan mazali nonlar 
pishirib do`kon, bozorlarimizga jo`natiladi. Bolajonlar hammamizning onalarimiz bizga issiq 
nonlar pishirib beradi-a to`g`rimi? Mana ko`rdinglarmi balajonlar non bizning rizq-ro`zimiz, 
dasturxonimiz ko`rki. Shuning uchun ham nonlarni isrof qilmaslik, uvog`ini ham yerga 
tushirmaslik kerak. Bolajonlar non haqida she’r va topishmoqlar bilasizmi?

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling