Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5204424297350696047
Maftunkorlik omili №24
Har bir erkak, avvalo, to`shakni xohlaydi; siz bilan uzoq muddatli munosabat qilishni istash-istmasligi haqida keyinroq o`ylab ko`radi. Uning xohlaganini bermasangiz, u sizni qanday qilib ajralmas juftiga aylanib qolganingizni bilmay ham qoladi. Erkaklar o`yinlarni xush ko`rishadi, ayollar esa bularga toqat qila olmaydi. Quyidagi sahnani tasavvur qiling. Qiziqqon amerikalik erkak hisob 47:3 bo`layotgan superkubok o`yinini ko`ryapti. Bu unchalik qiziqarli emas, to`g`rimi? Ammo u hisob ochilmagani uchun qo`shimcha vaqt qo`shib berilgan o`yinni ko`ryapti. Qiziqib ketganidan uning diqqatini ekrandan, ketini esa o`rindig`idan ko`chirib bo`lmaydi. Mana u fanatlik qilayotgan komanda tashabbusni o`z qoliga oldi, u esa: “Bo`l, bo`laqol”, - deb baqirayapti. Mabodo uning komandasi g`albani qo`lga kiritsa, u telbalardek u yoqdan bu yoqqa yugurib, qiyqirib g`alabani nishonlaydi. O`n yillar o`tgandan keyin ham agar siz shu final o`yin haqida so`rab qolangiz, xuddi kecha bo`lgandek aytib beradi. Ayol erkak bilan yaqinlashib ketishga shoshmaganda ham xuddi shunday bo`ladi. Erkakning qiziqishi oshganidan oshadi. Bu sizga urfdan qolgandek tuyulishi mumkin, ammo ishoning, mening maslahatlarim har xil yoshdagi erkaklardan olingan son-sanoqsiz intervyularga asoslangan. Ajoyib bir misol – Natan. U endigina yigirma beshga kirgan yigit. U ayollar ko`ngliga yo`p topishni yaxshi biladi. U menga nima deganini so`zma-so`z keltiraman: “Agar ayol juda tez o`zini topshirib qo`ysa, romantika yo`qoladi va ikkovimiz ham bu yo`nalishda harakat qilishdan to`xtaymiz. Chin so`zim, biz erkaklar bu borada qattiqroq, ko`proq urinishni xohlaymiz. Bizga o`yin o`ynash yoqadi, agar bu o`yin tez tugab qolsa, bizning hafsalamiz pir bo`ladi. Hattoki biz botinan bunga qarshilik qilamiz. Ha, biz unga erishishni xohlayotganimizni bilamiz, ammo qiz bola bizni kutishga majbur qilishini xohlayotganimizni ham bilamiz. Yo`qsa, bu ehtirosimiz ikki yo uch martadan so`ng mutlaqo so`nadi. Keyin esa biz yangi sarguzasht izlab ketamiz”. Albatta, munosabat qurish uchun ortiqcha urinishni istamaydigan erkaklar ham uchrab turadi. Ular “uch uchrashuv” qoidasi bilan yashashadi. Qoidaga ko`ra agar ayol uch uchrashuvda ham xohlaganini beravermasa, unga vaqt ketkazish behuda. Jiddiy munosabat qursa bo`ladigan ayolni izlayotgan erkaklar talaygina. Ammo “uch uchrashuv” qoidasi bilan yashaydigan erkakning niyati bitta - xohlaganini olish va jo`nab qolish. Xohlaganini ololmagani uchun uchinchi uchrashuvdan so`ng erkak qaytib kelmasa bilingki, ertami-kechmi u baribir sizni tashlab ketardi. Yaxshi qiz erkak nima xohlasa, shuni berishga o`zini mas`ul deb biladi. Uni boshqarish juda oson. U erkak bilan bo`lgandan keyin uni shu yo`l bilan ushlab qola olaman deb o`ylaydi. Go`yoki bu borada u oltinga tengdek. Yomon qiz esa erkak qiyinchilik bilan erishgan narsasigina oltinga teng bo`lishini yaxshi biladi. Erkak zoti juda tez va ortiqcha urinishlarsiz maqsadga erishishni istaydi deb xomtama bo`lmang. Aslida, ko`pchilik erkaklar ayolga erishish uchun ter to`kishni istashadi. Erkak va yaxshi qiz orasida so`zsiz savdlolashuv boshlanadi: “Azizam, menga qara. Birga bo`lish uchun men ikkita kechki ovqat, guldasta va kinoga bilet olishga tayyorman. Jami 255 dollar 95 sent. Ortiq bir chaqa ham bermayman!” Erkak qancha to`lay olishi va uning narxi qanchaligini bilishni istaydi. Yomon qiz esa undan aqlliroq. Biladiki, erkak agar uni ta`qib qilmasa, boshqa ayolning iziga tushadi. Shuninig uchun ham “yomon qiz” erkak byudjetining qanday bo`lishidan qat`iy nazar, astronomikmi yoki kamtarona bu pullarning bari uning o`zigagina sarf bo`lishini istaydi. U o`zini erkak uchun eng yaxshi sarmoya deb hisoblaydi. “Uch uchrashuv “ qoidasi yomon qizga o`tmaydi. U erkakni xotirjamgina qo`yib yuboradi, loqal uni eslamaydi ham. Hattoki shunday erkaklar ham oxiri borib uning qoidasi bo`yicha oynamaydigan ayollarga uylanishadi. Yomon qiz o`z qoidalariga binoan o`ynaydi. “Korishguncha” degan so`z uning tilidan osongina chiqadi. Bordi-yu erkak ketadigan bo`lsa, bu qiz uni deb achchiq ko`z yoshlar to`kadi deb o`ylashiga o`rin qolmaydi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling