Maftunkorli omili №30
Ayol boshqa ayollar bilan raqobatlashishni boshlashi bilan o`z qadr-qimmatini
pasaytiradi.
Unutmang, yotoq ichkarisida bo`ladimi yo tashqarisida, erkak ayolning o`ziga bo`lgan
ishonchsizligidan foydalanadi. Mana nega “boshqacha” bo`lish kerakligining asosiy
sababi. Har bir xatti-harakatingizda ishonch sezilib tursin. Bundan qomatingiz yoki uni
birov ilib ketishi sizni tashvishlantirmasligi ayon bo`lsin.
Agar gap boshqa bir ayolga borib taqalsa, unga o`z posiztsyangizni quyidagicha
ko`rsatib qo`yishingiz mumkin: “Agar birorta ayol mendan yigitni tortib olsa, uni o`ziga
olib qolaversin. Menga bunday erkak ortiq kerak emas”. Shu yerda biroz pauza qilib,
oldingizdagi qadahdan bir qultum ichib, shiddatli mavzuni keskin o`zgartiring: “Birorta
qiziqroq yangi film tamosha qilmadingmi?”
Agar unga ishonmasangiz, aloqani to`xtating. Mabodo shubha qilishingiz uchun
biror sabab ko`rmagan bo`lsangiz, o`zingizni unga ishongandek tuting. Bu sizning
o`zingizga bo`lgan ishonchingizni ko`rsatadi va go`yoki xatti-harakatingiz bilan
“Albatta-da, sen mening yonimda qolishni istaysan”, - deyapsiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |