Maftunkorlik omili №39
Erkakka sizni gapingiz ta`sir qilmaydi. Uni gaplashmay qo`yishingiz
ta`sirlantiradi.
“Tentak tulki” lik bu erkak sizga hurmatsizlik qilishi mumkin bo`lgan
vaziyatlardan qochish. Masalan birinchi uchrashuvda u mulozamat ko`rsatishi,
eshik ochib berishi, yoki o`tirishingiz uchun stulni surib berishini ko`rasiz. Agar
buni o`rniga u biror shilqimlik qilsachi. Endi nima qilasiz? Juda oddiy.
Tushunmagandek o`zingizni chetga oling va bu huddi yomon tasodifdek darhol
undan uzr so`rang.
Meni dugonam Taliya hayotidan yana bir misol. U uchrashish uchun restoranga
keldi. Oqshom nihoyasida ofitsiant hisobni olib keldi. Yigit hazil qilib ofitsiantga
hisobni qizga berishini aytdi, va buni unga qanday ta`sir qilishini kuta boshladi.
Taliya boshini yonga og`dirib hayratlangandek ko`rsatdi, avval bunaqasi
uchratmagandek. Huddi ro`yaga duch kelgandek ko`zlarini yumib ochdi.
“Tentak tulki” hech narsani yurakka yaqin olmaydi. Yahshi qiz esa aksincha har
baloni deb ko`z yosh to`kishga tayyor turadi. Bir erkak aytgandi “ Ayollar juda
ko`p gapirishadi. Agar ular asabiylashayotgan bo`lsa bu haqida qayta qayta
gapiraveradi.. Menga bir narsani takrorlayotgan ayolni eshitgandan ko`ra Mayk
Tayson bilan olti raund ringga tushish yengilroq”. Siz sevadigan ikki soatli telefon
suhbatlariga kelsak bu katta hatto. Avvaliga yigitga bu yoqishi mumkin, chunki
siz unga befarq emassiz. Keyinchalik u bunday suhbatlarni yoqtirmay qoladi.
Telefondagi suhbatlarni cho`zmang. Siz bilan suhbatni yoqimsiz, jonga tegadigan
burchga aylantirmang. Qisqa va muloyim gapiring, shunda u sizga qayta qayta
qo`ng`iroq qilaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |