Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma


Agar u uchrashuv vaqtini aniq belgilamasa , uchrashuvga rozi bo`lmang


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/130
Sana09.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#259327
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   130
Bog'liq
2 5204424297350696047

Agar u uchrashuv vaqtini aniq belgilamasa , uchrashuvga rozi bo`lmang. 
Ba`zida erkaklar do`stlarini bahona qilishadi. Agar siz : “Do`stim ertaga kelayapti.Men 
uni yuz yildan beri ko`rmadim,bilmadim u yana qancha vaqt shaharda bo`ladi.Men uni 
ko`chada  qoldirgim  kelmayapti”  kabilarni  eshitsangiz,  oddiygina  :  “Hammasi  joyida. 
Vaqtingizni  hush  otkazinglar”  Keyin  esa  boshqa  bir  payt  ham  uchrasha  olishingiz 
mumkinligini  ayting.  Unutmang  erkaklarga  sizni  nimadir  deyishingiz  emas  balki  hech 
narsa demasligingiz ta`sir qiladi. 
Bordiyu  o`zingizni  boshqacha  tutsangiz  uni  qo`ng`irog`ini  ikki  soatlab    kutishingizga  
to`g`ri keladi.Siz esa bu ikki soatni biror foydali mashg`ulotga bag`ishlashingiz mumkin 


edi. Ko`pchilik yolg`iz onalar, ishlaydigan ayollar va talabalarga ikki soat uchun yetarli 
yumush topiladi. Shunga qaramay ular bu ikki soatni behudaga sarflashadi. 
Endi  o`zgartirishlar  kiritishni  boshlaymiz.  Agar  unga  kuniga  ikki  martadan  qo`ng`iroq 
qilsangizu  u  sizni  ovozingizni  eshitishdan  unchalik  mamnun  bo`lmasa,qo`ng`iroqlarni 
kamaytiring.  Agar  avvalari    dam  olish  kunlarini  birga  o`tkazadigan  bo`lsangiz, 
uchrashuvlarni  ish  kuniga  ko`chiring.  Bu  hafta  u  bilan  seshanba  va  jumada  uchrasha 
olasiz. Kelasi hafta esa balki payshanba va shanbadir.  
Men  bahtli  turmush  qurgan  bir  ayolni  bilaman.  Margaret  o`zini  bahtli  munosabat 
sirlarini biz bilan bo`lishdi.  “Turmush o`rtog`im mendan biroz ozini chetga olayotganini 
sezib  qolsam,  dam  olish  kunlarini  do`stlarim  yoki  qarindoshlarim  davrasida  o`tkazish 
uchun jo`nab ketaman. Payshanbada unga juma kech yo`lga chiqib yakshanbada uyga 
qaytishimni aytaman. Men  qaerda ekanimni aytib qo`yish uchun  unga  bir ikki marta 
qo`hg`iroq qilishim mumkin. Meni bu usulim hecham pand bermagan. Qaytganimni u  
meni oshiq yigitchadek kutib oladi” 
 Munosabatlar reabilitatsiyasiga oid yana bir nechta tavsiyalar: 
•Agar  siz  qachon  uyga  qaytishini  bilish  uchun  uni  ishhonasiga  qo`ng`iroq  qiladigan 
bo`lsangiz, ba`zida uni kelishiga uydan chiqib keting 
• Yoringizga kuningizni har bir daqiqasini  qanday o`tganini aytib bermang  
•U qo`l telefoningizga qo`ng`iroq qilsa, har doim ham javob beravermang 
•Agar u sms yuborsa o`ttiz sekund otmay qo`ng`iroq qilmang, yoki umuman qo`ng`iroq 
qilmang.  Borgan joyingizdan emas Uyga qaytgandan keyingina unga nega qo`ng`iroq 
qilganini bilish uchun uy telefonidan qo`ng`iroq qiling. 
•Agar  u  sizga  qo`ng`iroq  qilsa  hamma  ishni  tashlab  telefonga  chopmang.  Juda  zaril 
bo`lsa  sms  yuborar.  Agar  bungaym  ko`nglingiz  bo`lmasa  qo`ng`iroqqa  javob  berib, 
hozir gaplasha olmasligingizni ayting. 
•Agar  siz  telefonga  bo`g`lanib  qolgan  va  har  daqiqiada  undan  habar  yoqmi  deb 
avtojavobergichni  tekshirayotgan  bo`lsangiz,sizga  telefonni  mutlaqo  o`chirishni 
maslahat beraman. Chalg`ish uchun biror film ko`ring yoki kitob o`qing. 
•Agar  birga  yashasangiz,  ko`ngil  yozish  uchun  biror  yoqqa  keting.  U  kutganidan  ikki 
soat kechroq uyga qayting. Agar u sizni qaytish vaqitngizni aniq bilsa biroz kechiking. 


•Agar erkak o`z ayolini qayerda ekanini bilamsa izlashga tushadi. Ular tabiatan ovchi. U 
sizni  izingizga  tushadi.Ular  o`zlariga  tegishli  narsalarni  ya`ni  ayolarni  himoya  qilishga 
o`rganib qolishgan. Agar siz uni ko`nglini olish uchun urinaversangiz, uni sizdan k`ongli 
to`q bo`ladi. Demakki u sizdan ortiq hech narsa hohlamydi. 
 
Maftunkorlik omili 92 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling