Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma
Hech qachon yomon hulqni rg`batlantirmang
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5204424297350696047
Hech qachon yomon hulqni rg`batlantirmang.
Ko`pchilik ayollar erga g`amho`rlik qilib, hatto u ayolni hizmatini tabiy holdek qabul qilganiga qaramay aylanib o`rgilaverib hatoga yo`l qo`yishadi. Menga yaqindagina radio muloqotga qo`ng`iroq qilgan Lori bunga ajoyib misol bo`lishi mumkin. Laura yolg`iz ona,daromadi ham uncha ko`p emas. U sevgan insoni uchun ,sevishganlar kuniga yurak shaklida tort pishiraman deb, yuraknusha qolipni butun shahar bo`ylab ikki kun qidirdi. Oddiy savol yuzaga keladi: Erkak tortni yurak shaklida ekanini sezarmikin? U g`ildirak yoki boshqaruv pulti shaklidagi tortni afzal bilgan bo`lardi. Siz do`kondan tayyor futbol timsoli bilan yasatilgan tort sotib olsangiz ham yahshi bo`lardi ahir sevishganlar kuni ayanan super kubok o`yinlari kuniga to`gri keladi. Keyin undagi mitti futbolistlarni sug`urib olib o`rniga qing`ir qiyshiq qilib “Sevishganlar kuni bilan” deb yozishingiz mumkin. Siz qancha vaqt tejaganingizni tassavvur qilaypsizmi?Ikki kun va yigirma minut bir taqqoslab ko`ringchi. Hizmatlari tabiy holdek qabul qilinib pisand qilinmayotgan ayol, jurnalalrdagi maslahatlarni mutlaqo unutishi kerak. Ha erkaklar ko`p ta`kidlashganidek ularning yuragiga yo`l oshqozondan boshlanadi. Ammo bu sizga shu oshqozonga tushadigan ovqatni pishirishingiz majburiyatini yuklamaydi.Sizda tabiy savol tug`iladi : Unda kim ovqat pishirishi kerak? Javob variantlar ko`p. Siz restoranda ovqat buyurtirishingiz mumkin. Balki yo`l yo`lakay biror yegulik harid qilarsiz. Yoringiz sizni biror joyga taklif qilishi mumkin. Uni o`zi kabob tayyorlashi mumkin. Bunday u qanday rohatlanishini ham bir tasavur qilib ko`ringa. U grilda kotletlarni pishirishi ham mumkin. Grill qanchalik katta bo`lsa u o`zini shunchalik qudratli his etadi. Agar yoringiz sizni grilda tayyorlangan ovqat bilan mehmon qilishni istasa rad etmang. U ovqat tayorlagunicha siz etiket qoidalariga ko`ra dasturhon tuzashingiz mumkin. Ikkita qog`oz likop va ikkita elim stakan qo`ying. Plastmas sanchqi va pichoq ham yoddan chiqmasin. Hech qanday dasturhonga o`rin yo`q faqat ikki dona qogoz sochik kifoya. Erkak kishiga oshhonada o`z mahoratini ko`rsatishiga imkon berishga hech qachon juda erta bo`lmaydi. Xilma-xillik bo`lishi uchun ertasiga siz ham biror narsa pishirishingiz mumkin. Shu tarzda odatlar tartibi shakllanadi “bahtiyor ugurdak”ka aylanishga urinmang. O`z ihtiyoringiz va mamnuniyat bilan uni hizmatkoriga aylanishingizni u qadrlamaydi. Ammo uni sizga nisbatan qilgan har bir yahshiligi uchun minnatdorchilik bildirsangiz, unga qilgan arzimagan hizmatingiz ham buyuk iltifot deb qabul qiladi. Maftunkorlik omili 90 Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling