Har narsaga rozi bo`laveradigan, munosabatga o`zini fido qiladigan ayol o`zidan ham
ko`ra ko`proq unga ishonadigandek tasavur uyg`otadi erkakda. Erkak buni ezgulik
deb emas balki ojizlik deb qabul qiladi
Yahshi qiz unga qattiq ehtiyoj sezganda,uni ko`klar ko`targanda erkakka shunday
munosabatda bo`lishni boshlaydiki hatto uni o`ziyam o`ziga bunchalik katta baho
bermaydi. Bu uni noqulay ahvolga soladi.U o`zini oq otdagi shahzoda emasligini yahshi
biladi.Ammo yana shuniyam biladiki qiz undan katta qahramonliklar kutaypti. U
ma`lum vaqtgacha romantik bo`lishga zo`r berib urinadi, ammo hech qancha vaqt
o`tmay o`ziga nega bunay qilishim kerak degan savolni berib qoladi. U o`ylaydi : “qiziq
bu aslida qanday ekan? U bunchalik yahshi bo`lishi mutlaqo mumkin emas” U huddi
birinchi oydagina yahshi bo`ladigan kredit kartaga o`hshaydi,bunday ayol juda tez asl
foyda emas shunchaki “reklama” ekanligi ma`lum bo`ladi.
Yomon qiz bilan hammasi ochiq va sodda. Bu yerda shubhaga o`rin yo`q. U yomon
qizni bir ikki martta sinab ko`radi va u har gal erkakni o`z joyiga qo`yib qo`yadi. Shunda
ikkita hodisa ro`y beradi. Birinchidan erkak o`ziga o`zi : “Bu ayol ahmoq emas.U meni
nayrangimga laqqa tushmadi” deydi.
Ikkinchidan uni aslida kim ekanini yahshi bilishini his etadi.Erkakni kamchiliklariga
qaramay sevishini tushunadi.Huddi shunday u ham qizni kamchiliklarini biladi va
boricha qabul qiladi. Yomon qiz bilan munosabatga kirishayotgan erkak uni
qiyinchiliklar kutayotganini yahshi biladi, ammo ularning birgalikdagi hayoti haqiqiy
bo`lishiga ham ishonadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |