Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma


Kuchli insonlar nega hurmat talab qilayotganlarini tushuntirb o`tirishmaydi


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/130
Sana09.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#259327
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130
Bog'liq
2 5204424297350696047

Kuchli insonlar nega hurmat talab qilayotganlarini tushuntirb o`tirishmaydi. 
shunchaki ularni hurmat qilmaganlar bilan muomala  qilib yurishmaydi
O`ziga beradigan bahosi yuqori bo`lgan odam uchun bu tabiy hol, ammo yahshi qiz 
uchun bu haqiqiy yangilik bo`ladi. U qulog`i bilan qarzga botgan yigitni kreditlarini 
to`lashga tayyor. Familiyasini  ham bilmasdan avval u bilan to`shakka rozi bo`laveradi. 
Va o`zi mustaqil hal qilish o`rniga ,ayol sifatidagi qadr qimamtini baholashni erkakka 
itoatkorona topshiradi. 
Yahshilik eng muhim sifat. Siz haqingizda umuman qayg`urmaydigan odamga,  
yahshilik qilish o`rinsiz. Bunday holatga tushganda eng avvalo o`zingizga ezgulik qiling 
ya`ni  holatga tuzatish kiriting  yoki bunday odam bilan uchrashishni bas qiling. 
Yomon qiz yumshoq va muloyim bo`lishi mumkin ammo u hech qachon o`z qadrini 
yerga urmaydi. U yumshoq ammo qatiyat bilan uni manipulyatsiya qilish mumkin 
emasligini ko`rsatadi.U hecham o`rgatilgan itdek halqadan sakrab yurmaydi. Va hech 
qachon boshqalarning fikriga qarab o`zi haqida hulosa chiqarmaydi. 
Bunga yorqin misol men yaponiyalik dugonam Masai. U bir yildan beri shtatlarda 
yashaydi , va haligacha yapon aksentida gapiradi. Shunga qaramay unda men yuqorida 
ta`kidlagan yumshoqlik va kuch yig`indisi mavjud. 
Masai amerikalik Stiven bilan uchrasha boshladi. Uni tug`ilgan kuniga dugonam haqiqiy 
yaponcha bayram uyishtirishni istadi. U miso sho`rvasi, sushi va bir nechta issiq ovqat 
tayorladi. Stivnni bor yoq aytgan gapi sousni juda sho`rligi bo`ldi. “Kelasi safar yashil 
qopqogligidan olgin unda tuz kam bo`ladi” dedi 
Massai hayratlandi ammo o`zini bosdi.O`zini cheklangan so`z bo`yligini ishlatib : “men 
senga ovqat tayorladim.Yoqmayaptimi? Men senga boshqa tayyorlamayman”dedi. Shu 


shu Stiven uni tanqid qilmay faqat maqtaydigan bo`ldi. Eleonora Ruzvelt aytganidek: 
“Hech kim sizni hafa qilolmaydi, toki bunga o`zingiz ruhsat bermaguningizcha” 
Pozitiv odam yahshi narsalar haqida gapiradi ayniqsa suhbatdosh bunga muhtoj 
bo`lsa.Bunday odam bilan suhbatlashib kuch olgandek bo`lasiz.Ajoyib inson bilan 
uchrashib o`zingizni ajoiyb ekaningizga ishona boshlaysiz.U sizni bunga ishonishga 
majbur etadi.Sizga aynan shunday munosabatlar kerak. Shunday munosabatlarnigina 
qo`llab quvvatlasa arziydi. 
Qanchalik mustaqil fikrlashga o`rgansangiz , shunchalik erkaklarni maftun qilasiz. Siz 
go`yoki erkaklarni sehrlaysiz. Uygo`nasiz-u o`zingizni bahtiyor sezasiz.  Sizni hayotiy 
quvvatingiz borgan sari oshib boradi. 
Ommaviy ahborot vositalari hayotga bo`lgan bunday munosabatni targ`ib 
qilmaydi.Ular zo`r berib begonalarning fikrini sizga o`tkazadi. “Shuni kiying chunki u 
so`nggi rusumda” boshqa kanalga olamiz “siz aynan  shunday ko`rinishingiz kerak” 
yana boshqasiga o`tamiz. “Buni sotib oling va atrofda hamma sizni sevib qoladi” 
boshqa kanalga oling. “Bu organik soch bo`yig`I hammani sizga maftun etadi” 
O`ziga ishongan ayol aslidek bo`lishdan qo`rqmaydi. U birovlarni fikriga e`tibor 
qilmaydi. U qanday hohlasa shunday kiyinadi. Uni o`z uslubi,o`z jozibasi, o`z rusumi 
bor.Erkak har qadamda uchrayvermaydigan nimanidir hohlaydi. Gap sariq yoki qora 
sochda ketmayapti. U  mustaqil fikrlay oladigan, shunday noyob  ayolni istaydi.  
Erkaklar aksariyat ayollar bilan munosabatga kirishganda o`zlarini haqiqiy hayvon 
o`rgatuvchidek his etishadi: “Uyoqqa sakra…orqa panjangda tur…buyoqqa sakra”. U 
o`z hayoti bilan yashaydigan mustaqil ayolni uchratganda hammasi tubdan o`zgaradi. 
Erkaklar unga ho`jayinlik qilisha olmaydi, balki uni qoidalarini qabul qilishga to`g`ri 
keladi.Bu esa ularda qiziqish uyg`otadi. 
Yomon qiz hech kimga o`hshamaslikdan qo`rqmaydi.Mana nega u hammadan ajralib 
turadi.Erkak hamma rejalari barbod bo`lgani uchungina unga yarim kechasi qo`ng`iroq 
qilmaydi.U o`ziga yoqmagan ish bilan shug`ullanmaydi.U yoshiga yarasha ko`rinishdan 
qo`rqmaydi.Har qanday yoshda ham u o`zini haqiqiy tuhfa deb biladi. U qarishga qarshi 
reklamalarni eshitmaydi. U o`zini ortiq o`smir  qiz emasligidan ezilmaydi.Oilalimi, 
yolg`izmi, ajrashganmi u hayot bilan uyg`unlikda yashaydi. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling