Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma
U gah desa ayol qo`lga qo`nadigan bo`lganda, erkak to`laligicha uni zabt etganini
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5204424297350696047
U gah desa ayol qo`lga qo`nadigan bo`lganda, erkak to`laligicha uni zabt etganini
tushunadi. Aynan shu vaqtdan boshlab u ayoldan zerikadi. Yomon qizni zabt etib bo`lmaydi. Ho`sh nima uchun erkaklar ularni sevishadi? Yomon qiz bilan birga ekan uni zabt etganiga hecham ishonch hosil qila olmaydi. Shuning uchun ular qayta qayta uriniaverishadi. Ayrim erkaklarni bunga butun umri ketadi. Erkak nima istasa shuni qilishga tayyor ayol bu hatti harakati bilan uning hurmatiga sazovor bo`la olmaydi. Sharlotta yigiti Tomga hamisha g`amho`rlik qilardi. Ammo yigitni unga bo`lgan qiziqishi bora bora so`nib bordi. Sharlotta Tomning muhabbatini qaytarish maqsadida plyajda kecha uyishtirdi. U kecha tadorigini ko`rdi va bu kechaga barcha do`stlarini chaqirdi. U hattoki havoda tabrik yozishi uchun uch ming dollar sarflab samolet yolladi. Ikkita samolet havoda yurak shaklini chizib va “seni juda sevaman” deb yozishdi. Samoletlar osmonda paydo bo`lishdi va yarim soat davomida bu tabrikni yozishdi. Barcha mehmonlar bundan hayratda edilar. Bunaqasi hali bo`lmagan. Faqat Tomga buning farqi yoq edi, chunki u kechadan yarim soat oldin qo`ng`iroq qilib kela olmasligini aytgandi. Bu vaqt buyurtmani bekor qilish uchun juda kech edi. Samoletlar o`z vazifasini bajardi va kecha davom etdi. Sharlotta misoli istisno emas.Ayol o`ta iltifotli bo`lib, sirkdagi itdek halqadan sakrashga tayor turganda huddi shunday bo`ladi. Bunday munosabatga erkaklar toqat qilisha olmaydi. Agar yahshi qiz esi hushidan ayrilsa, yomon qiz esa erkakni esini yoqotishga majbur qiladi. O`zini mag`rur va mustaqil tutadigan ayollarga erkaklar ko`proq qiziqishadi. U hamisha bunday ayol haqida o`ylaydi, unga tolaligicha erisha olmaydi,va nihoyat usiz yashay olmasligini tushunadi. Ayol va erkak o`rtasidagi asosiy farq bu ayollar havfsizlik va aniqlikni istashadi. Erkaklar esa havf va noma`lumlikni qidiradi. Yahshi qiz Barbi qo`g`irchog`ini o`ynab katta bo`lgan, va uzoq va bahtli hayot kechirishi kerak deb o`ylaydi. O`g`il bolalarni esa betmen, spaydermen va supermen kabi havf hatarga to`la hayot kechiradigan qahramonlar o`ziga tortgan. Har qanday onadan farzandlaridan qay biri eng ko`p tashvish keltirganini so`rasangiz, ular shubhasiz o`g`il bolalarni eplash qiyinroq ekanini aytishadi. Nega? Ko`pchilik erkaklar uchun havfsizlik zerikish bilan bir. Shuning uchun ular hayotga qiyinchilik va havf qo`shadigan usullarni izlashadi. Keyin bundan yo`l topib chiqishadi. Ta`qib qilish mushkul.Unda havf elementlari bor. Aynan mana shu havf ularni “Yomon qizlar” tomon sudraydi. Maftunkorlik omili 96 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling