Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5204424297350696047
Maftunkorlik omili №21
Agar erkak ayol bilan yaqin bo`lishini kutishiga tog`ri kelsa, u nafaqat ayolni haqiqiy go`zal deb hisoblaydi, balki uning qadrini yuqori baholashi uchun vaqti ham yetarli bo`ladi Erkaklar ayollarni darhol ikki kategoriya: ko`ngilxushlik uchun va “munosib”ga ajratishlarini ayollar bilishini istashmas ekan. Agar siz “ko`ngilxushlik degan kategoriyaga tushib qolgan bo`lsangiz, hech qachon u yerdan chiqa olmaysiz. “Yomon qizni” konservator yoki ikkiyuzlamachi demoqchi emasman. Shunchaki erkaklar ularni “munosib” deb hisoblashlarini istashadi. Buning uchun ular o`z jozibalarini qadam-baqadam ochishadi. Bunday xatti-harakat yomon qizga “poezd harakatini nazorat qilish” imkonini beradi. Erkak ayolni tutqich bermas deb hisoblagani uchun uni boshqalar ham osonlikcha qo`lga kirita olmasligini tushunadi. Aslida, u o`zi ham qachondir unga yetisha olishiga imoni komil emas. Shuning uchun ham erkak bu ayolni ”ko`ngilxushlik uchun” degan kategoriyaga kiritishga o`ziga ruxsat berolmaydi. “Pol latta”ni osongina erishiladigan deb hisoblashadi, chunki u mutlaqo notog`ri sabablarga ko`ra va juda tez to`shakka rozi bo`ladi. Uning o`ta sipo va sodda ko`rinishi hech narsa qilolmaydi. Uzun yubkalar kiyadimi, sochini otning dumi qilib yig`adimi va pishir-kuydir kurslariga boradimi yoki ochiq-sochiq kiyinib diskotekama- diskoteka yuradimi, baribir natija bir xil. Nima bo`lgandayam agar ayol erkakning ko`ngliga yo`l topish uchun u bilan birga bo`lishga o`zini majbur deb his etsa, erkak darhol ayolning holatini sezadi va unga bo`lgan bor hurmatini yo`qotishni boshlaydi. Bred ismli erkak ikkala turdagi ayollarning farqini menga bunday tushuntirgandi: “Ayollar ikki turga bo`linadi: biri zo`r berib ofatijon bo`lib ko`rinishga urinishadi, ikkinchisiga esa urinishniyam keragi yo`q, ular busiz ham shunday. Ko`pchilik erkaklar ikkinchi tip ayollarni ofatijon deb hisoblashadi. Albatta, bor narsasini isbot qilish uchun qattiq urinayotgan ayol hamisha notabiiy ko`rinadi. Ammo bunga urinmayotgan ayolning erkakni o`ziga ko`proq tortishi tabiiy. Aynan shunday ayollarga erkaklar jiddiy qarashadi” Shunisi qiziqki, Bred yaqindagina kollejni tamomlagan yigitcha. Endigina 20 ga kirgan yigitcha buni tushungan ekan, sizga kunda uchrab qolishi mumkin bo`lgan har qanday erkak ham buni bilishi tabiiy. Quyida keltiriladigan jadvalda erkaklarning oz ma`lumotga ega bo`lganidayoq ayollarga baho berishi ko`rsatilgan. E`tibor bering, ikkala tip ayollar ham aslida ofatijon, ammo ularning farqi biri erkakka muhtojdek ko`rinadi, boshqasi esa yo`q. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling