Haqiqatan ham, tasodifiy aloqalarga odatlanmagan ikki insonning juda tez bir-biriga
tushib, yaxshi munosabatlar paydo bo`lib va buni bir umrlik rishtaga aylangan holatlari
bo`lib turadi. Ammo bu tasodif, qonuniyat emas. Mening yaqin dugonam Brittani
dorishunos bo`lib ishlaydi. U ajoyib, go`zal, “munosib” ayol. Odatda u ikkinchi
uchrashuvdayoq erkak bilan yaqin munosabtda bo`lib ketadi.
Yaqinda u o`ziga yoqadigan bir yigit bilan uchrasha boshladi. Maqsadiga juda tez
erishgan yigit bir zum o`yga toldi, keyin esa dugonamga yuzlanib: “Sen hamma erkaklar
bilan shunaqa qilasanmi?”- dedi. Bu so`zlarni eshitgan dugonam o`z ta`rificha “qotib
qoldi”.
Agar siz juda tez erkak bilan yaqinlik qilsangiz, avvaliga o`ziga o`zi: “U mendek yigitga
yo`q deya olmadi”, - deydi. Ammo keyinroq sizni yana nechta erkakka yo`q deya
olmaganingiz va yana nechtasiga yo`q deya olmasligingizni o`ylab bosh qashlab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: