Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5204424297350696047
Maftunkorlik omili №32
Erkak hamma narsani o`z qo`lida deb o`ylay qolsin. Shunda u o`z-o`zidan hamma ishni siz istagningizdek qila boshlaydi, chunki sizning nazaringizda u “qirol”dek bo`lishni istaydi. Haftada ikki marta u o`zini saxiy va mehribonligini namoyon etganda, bu dunyoda undan zo`ri yo`qligini e`tirof eting. U o`zini yo`lboshchi, buyuk va qudratli qahramon deb his etsin. Qani endi ayting-chi, uni kim boshqarayapti? Mening dugonam Annet o`zining achchiq tajribasida bunga guvoh bo`ldi. U turmush o`rtog`i bilan suhbatlashib orqa hovlida nogohon ilon paydo bo`lganini va uni qanday o`ldirganini aytib berdi. U so`radi: ”Sen uni qanday o`ldirding?” Annet esa bo`lgan voqeaning ipidan ignasigacha aytib berdi. Qanday qilib uzun tayoq olib butun hovlida ilonni quvgani va uni urib-urib o`ldirganini hikoya qildi. Er o`z dahshatini yashirolmay unga tikilib, etlarni jimirlatadigan voqeani eshitardi. Shu tunda esa erning erkakligini namoyon etishga na majoli keldi va na xohishi. Bo`lib o`tgan voqeani tushuntirish juda oddiy: siz o`zingizni Tarzandek tutsangiz, yoringiz o`zini Jane deb his etadi. Erkak zotining oldida hattoki chivinniyam o`zingizcha o`ldirmang. Hech narsani tuzatmang, kuygan lampochkaniyam almashtirmang (bunday ehtiyotsizlikdan Allohning o`zi asrasin). Har qanday kuchli erkak uchun muhimi o`zini erkak deb his etishi. Bu hamisha itoatkor bo`ling degani emas. Ayni vaqtda aqlni shoshiradigan bo`lishingiz kerakligini ham unutmang. Ammo uni alqash ham esdan chiqmasin. Uni e`tirof etish bu unga tobe bo`lish degani emas. Bularning orasida katta farq bor. Unga quyidagilarni deb muhtoj ekaningizni ko`rsatmang: - kundalik muammolarni yechishda; - emotsional muvozanat topishda; - o`zingizga beradigan bahoyingizni oshirish uchun; - o`zingizning ahamiyatli ekaningizga ishonch hosil qilish uchun; - o`zingizni to`laqonli shaxs deb his etishingiz uchun. Bularning bari emotsional tobelikdan darak. Biroq siz uning jasoratiga ehtiyoj sezishingizni va qadrlashingizni ko`rsatishingiz mumkin. Agar uni erkak sifatida qadrlashingiz va u bilan faxrlanishingizni sezsa, mutlaqo taslim boldi deyavering. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling