Maftunkorlik omili №33
Agar uni izzat-nafsini yumshoq panjalaringiz bilan avaylab silasangiz, u o`z kuchini
tajovvuz yo`lda qo`llamaydi.
Maqtov – erkak sizga o`zingiz xohlaganingizdek munosabat qilishiga majbur qiladigan
samarador vosita. “ Ahyon-ahyondagina gul sovg`a qilasiz”, - deb nolimang. Yo`q, shu
daqiqadan boshlab uning har bir guldastasi “siz hayotda ko`rgan eng zo`r guldasta”
bo`lsin. Kamdan-kam restoranga olib borishidan nolimang. Yo`q, shu daqiqadan
boshlab uning har bir olib borgan restorani siz uchun “ajoiyb” , “qoyilmaqom” bo`lsin.
Bordi-yu u: “Bu yerda bo`lganmisan?” - deb so`rab qolsa, undan avvalgi ikkita yigitingiz
bilan xuddi ana shu stolda romantik dasturxon ustida o`tirganizni aytib yurmang (Agar
bu yerga qaytib kelmaslikni orzu qilayotgan bo`lmasangiz).
Do'stlaringiz bilan baham: |