Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/130
Sana09.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#259327
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   130
Bog'liq
2 5204424297350696047

 
Maftunkorlik omili №38 
   Agar ayol barcha  ish qolidan kelishini ko`rsatib qo`ysa, unda hamma ana shu ishlar 
o`ziga qoladi. 
Shuning uchun ham munosabatning ilk bosqichida bunga ehtiyot bo`lishingiz kerak. 
Davom ettirishni istamagan ishingizni boshlamang. Agar siz hudoni bergan kuni ovqat 
qilishni istamasangiz unda boshidayoq bunga o`rgatmang. Agar doimo to`rvahalta 
ko`tarib yolg`iz o`zingiz bozor qilib yurishni istamasangiz unda bunga boshidanoq qo`l 
urmang, keyin u to`rvahaltani erkakka ilishni ilojisi bo`lmay qoladi. Yoringizni sizni 
shartlaringizga ko`niksin. 
Ozbek oilasida har kuni uyda qozon qaynayshi kerak. Va uni albatta ayol kishi 
qiladi.yangi kelin har kuni ovqat qilishni istamayman deb ovqat qilmay o`tira olmaydi. 
Ammo yangi kelinlarni o`z pazandalik mahoratlarini ko`rsatib murakkab ziyofat 
taomlari turli pishiriqlarni tez tez tayorlashlari kuzatiladigan holat. Biror oy o`tgandek 
keyin kelinga bunday urinish malol kela boshlaydi. Uydagilar esa bunday mulozamatga 
ko`nikib bo`lishgan. Ana shundan keyin yangi supurgi yahshi supuradi yoki bir qish bir 
yoz o`tsin kelinga keyin baho bneramiz degan gaplar chiqadi. Har ikki tomonni ham 
tushunsa bo`ladi. Ularni ko`nglini qo`ldirmaslik uchun bugun haqiqatda 
qandaykundalik yumushlarga qodir bo`lsangiz shunisini oling, o`zingizni zo`riqtirib ideal 
bo`lishga urinmang. Hamisha tarozini muvozanatda saqlashni o`rganing 
Endi  tanishganda  ayolda yahshi taasurot qoldirish uchun erkaklar yuvvosh b`olishadi. 
Aynan shu davrda unda yahshi odatlarni shakllantirish mumkin. Keyinroq esa  
oladiganini olib bo`lganidan keyin u o`zgarishni istamay qoladi. 
Agar u sizni tushlik  yoki kechki ovqatga taklif etsa rozi bo`ling. Agar u biror narsa olib 
kelaymi desa uni ayab yurmang chindanam o`zingizga kerak narsani buyuring. Agar u 
biror ko`nglingizga yoqadigan narsa olish uchun   do`konga chiqmoqchi bo`lsa biror 
mazali narsa olishga ruhsat bering. Gap siz uchun ketkazilgan ortiqcha uch dollar 


haqida bormayapti, balki u sizni ko`nglingizni ololganidan bahtiyor bo`lishi haqida 
bormoqda. U hamma narsa mening qo`limda deb o`ylay qolsin, aslida esa hamma 
narsani siz boshqarasiz faqat siz. Yahshi qiz uchun eng murakkabi shundaki  u 
sovg`alarni  qanday qabul qilishni o`rganishi kerak. Erkak sovg`a qilaversin chunki bu 
bilan sizga o`zini masul deb hisoblaydi. Ma`suliyat esa haqiqiy erkakka hos.  
“Tentak tulki” hecham hokimiyatni qo`ldan  boy bermaydi, faqat erkak unga 
erishgandek tasavur uyg`otadi. Bu unga hukmronligini yanada kuchaytirish imkonini 
beradi,chunki bu bilan istagniga erishadida. 
 Bunga bir misol. Meni tanishim o`zi uchrashishni boshlagan yigiti haqida hikoya qiladi. 
Ikkinchi uchrashuvdan keyin u qizga uni uyiga borishini taklif etdi. Tabiyki qiz buni 
istamasdi, ammo shu yerda oddiygina yoq demay ayyorlik ishlatdi. Uni iltimosini 
eshitmaganday mayinlik bilan so`radi: “ Boshqa bir tunni birga o`tkazishni istarmiding? 
Agar bugun noqulay bo`lsa, men hammasini tushunaman.” 
Dugonam bu vaziyatdan qoyilmaqom chiqdi. U sarosimaga ham tushib qolmadi, unga 
nima qilishi kerakligini ham aytmadi. U shunchaki ikkita yo`l ko`rsatdi ulardan biri tunni 
usuz o`tkazish edi. Kamiga  unga tanlash imkonini ham berdi. 
Vaziyatni nafisligi shundaki “tentak tulki” har doim erkakni ma`qullaydi, u ziyrak va 
hamisha hushmuomala. Shu sabali erkak vaziyatni men boshqarayapman deb o`ylaydi 
(aslida esa mutlaqo bunday emas) 
U judda sodda bo`lib ko`rinsada, vaziyatni juda yahshi anglab turadi. Buni biznes  
muzokaralardan hecham farqi yo`q 
            1.U sir boy bermaydi. 
2.Agar shartlar unga to`gri kelmasa, o`yindan chiqadi. 
 
 “Tentak tulki” ortiqcha gap so`zsiz , shunday yo`l tutadi.U o`z shartlariga asosan 
muzokara olib boradi. Agar taklif unga yoqsa u rozi bo`ladi. Agar taklif unga 
to`gri kelmasa: “ Ha juda zo`r bo`lardi, ammo meni boshqa rejlarim bor” deydi.  
Erkak o`zini haiqiy janoblardek tutishini u alqaydi, bordyu uning hatti harakatida 
biroz behurmatlik sezsa darhol yo`nalishni o`zgartiradi. 
 



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling