Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5204424297350696047
Maftunkorlik omili №50
O`z hohishlari qolib erkakning ehtiyojlarini qondirishni o`z asosiy maqsadi deb bilganida, yahshi qiz juda ko`p narsani qurbon qilib yuboradi Elliginchi maftunkorlik omili bu nozik masala. Kundalik hayotda siz uni payqamaysiz.Masalan bo`sh vaqti kam ishbilarmon ayol. Erkak undan so`rayapti “Chorshanbada uchrasha olamizmi?” Payshanba vaqtli ishga borishi kerakligi uchun ayol rad etadi. Endi u seshanba yoki payshanbani taklif etadi, va ayol rozi bo`ladi. U o`z ehtiyojlarini tamomila unutadi undan tashqari og`ir ish kunidan keyin asabiy, charchagan holda erkak kishi bilan uchrashish munosabtlarga salbiy ta`sir etishini o`ylab ham ko`rmaydi. Yomon qiz hecham mushkul yo`lni tanlamaydi.U hamisha eng kam qarshilikli yo`ldan boradi. Haftada dam olish degan kunlar ham bor. Va bu kuni belgilangan uchrashuv ikkovlarigayam birdek yoqimli bo`lardi. Yomon qiz o`zi haqida o`ylaydi, natija esa ikki tomon uchun ham foydali bo`ladi. Keti yigit bilan birinchi uchrashuvga chiqdi. Restoranda buyurtma berish borasida qizni ko`ngliga qarash uni hayoliga ham kelmadi. U nuqul “Sen buni tatib ko`rishing kerak ” deyaverdi. Keti chiroyli muomala qildi ammo natijada o`z ko`ngli tusaydigan taomni buyurtma qildi. Keyin yigit bir shisha sharob buyurtma qildi vaholangki qiz ichgan odam rulda bo`lgan mashinaga chiqmasligini aytib o`tgan edi, yana kamiga ish kunida. Buyurtirilgan sharob keldi, qadahdagi sharobni hurmat yuzasidan cho`qishtirdi ammo ichish niyati yo`qligi uchun ichib o`tirmadi. Bu misoldagi eng muhim jihat Ketti o`z hatti harakatlariga izoh berib o`tirmadi. U shunchki nima istasa shuni qildi. Yigitni ko`nglidagidek bo`lay deb o`zi hohlagan narsalarni qilish uchun erkakdan ruhsat so`rab o`tirish shart emas. Meni yana bir tanishim boshqa bir voqeani hikoya qilib berdi. Ikkinchi uchrashuvdan so`ng yigit undan ertalab soat oltida reysi borligi va aeroportga olib borib tashlashni so`radi.(ha ha erta soat oltida) Ikkinchi uchrashuvda unga nima qilishini ipidan ignasigacha tushuntirdi: “Soat to`rtda turasan, meni beshda uydan olasan,va biz oltida aeroportda bo`lamiz.Yettdia uyda bo`lasan dush qabul qilib soat sakkizga ishga yetib olasan. (Hayvon o`rgatuvchi badbaht itiga halqani tayorlab bo`pti endi faqat sakrash qoldi) Ishli ayolni tong saharlab uyqusini buzgandan ko`ra taksi chaqirish mumkinligi hayoliga kelmaganini qarang-a. Qiz muloyimlik bilan javob berdi :Azizim men u vaqtda band bo`laman. U hayron bo`lib :-NIma bilan?Uyqu bilanmi? deb so`radi. Qiz mamnun jilmayib: –Albatta! Agar erkak sizni hech bir e`tirozsiz halqadan sakrashingizni kutgandek hatti harakt qilsa, uni bunday yanglish taasurotdan tezroq halos qiling. Uni gapiga ahamiyat bermang. Agar u o`zini ma`naviyati yuksak inson deb aytsa, quruq gapga ishonmang. Uni hatti harakatilariga e`tibor bering. O`zini yuksak ma`naviyatli deb sanasayu mutlaqo kurakda turmaydigan ishlarni qilsa uni so`zigamas amaliga qarab hulosa chiqaring. Mutahasis izohi ( Hozirda juda ko`p uchrab turadigan bir holat. Namozhonman islomiyman desa negadir qizlar hudoga ishongandek ishonib yuborishadi. Yomon hulq va zararli odat egalari namozhonlar ichida ham topiladi. Shuning uchun balandparvoz gaplar etingizni jimirlatadigan ma`ruzalar aqlingizni olib qo`ymasin. Unutmang nomahram erkak va ayol holi uchrashganda ularning o`rtasida shayton turadi. U namozhoniyam ayab o`tirmaydi.) Ayolni olovli halqadan sakrashga tayyorligini bildiradigan yana bir belgi bu u qo`ng`iroq qilarmikin deb mahtal bo`lib kutishidir. Sizda shunday bo`lganmi dugonangiz bilan bir o`tiraylik deb bir joyga taklif qilmoqchi bo`lib qo`ng`iroq qilasizu ammo u yigitidan qo`ng`iroq kutayotgani uchun sizga bir aniq javob ayta olmaydi? Bu qiz mutlaqo o`zini hurmat qilmaydi. U yigiti bilan uchrashish imkonini qo`ldan boy bermay deb o`z rejalarini tuzmaydi. Siz unga so`ngg`I bor qo`ng`iroq qilayapsiz nihoyat u siz bilan vaqt o`tkasizhsga qaror qildi ammo allaqachon soat tungi o`n bo`lgandi. Agar erkak siz uchun qulay vaqtga uchrashuv belgilamasa demak u sizni shahs sifatida hurmat qilmaydi. Shunday erkak bilan munosabatni davom ettirish shartmikin. Ayolni Itoatkorona olovli halqadan sakrayshiga yana bir misol. Bu erkaklar go`zallik va yoshlik hamma narsadan ustun qoyishadi degan fikrni bekor qiladi. Karla endigina o`n to`qqiz yoshda, u shunchalik go`zalki hech qanday makiyajsiz ham modalar jurnali muqovasini bezashi mumkin. Karla uni yigit Bart o`n olti yoshli qizchalarga ko`z tashlaganini aytib yig`ladi. Ho`sh bu haqida Bartning o`zi nima derkin?: “Karla meni sevganidek men uni seva olmayman” dedi va Karla qanday qilib uni uyini saranjom sarishta qilganini aytib berdi: “Uyim ivirsib, botib yotggandi , bilasizmi Karla nima dedi : “Bu yerni tartibga solib bo`libgina uyimga ketaman” Uydagi hamma narsalarni yuvib taradi. Agar : “Isqirtini o`zin tozala” deb eshikni taq etib yopib chiqib ketganda men uni ko`proq hurmat qilardim” Yigitingiz uyiga kelgan qay kun bo`lishidan qaity nazar uyini yig`ishtirib ketmang. Kirlarni faqat o`z uyingizda yuving,o`z uyingiz rakovinasinigina tozalang. Agar uni o`zi buni iltimos qilsa asabiylashmang unga shunday hizmat ko`rsatadigan agentliklarni manzilini topib bering. Izoh( O`zbek qiziga qaerda bo`lsa darrov darrov ish qilish tartib o`rnatish uqtirililgan. Mehmonga borsayam darrow qarashib ketaveramiz. Bu yahshi albatta, yana bir nasani unutmang o`zbek qizi yigitni uyiga borib yurmaydi, bekalik mahoratini ko`rsatishga nima bor. Lekin shunday vaziyat bo`lishi ham mumkinki un mashinasida ketayapsiz va u iflos darrow qo`lingizga latta olib artishga tushib ketmang bu ish bilan shug`ullanadigan shahobchalar bor. Bir narsani unutmang ayol kishi uy ishlarini qiladi ammo u farrosh bo`lmasa duch kelgan uyda bunday ishlar bilan shug`ulanmaydi. Oila qurganingizdan keyin u uy sizniki bo`lgandan so`nggina hohlagancha supir sidir qilaverasiz, hozircha bunaqa tashabbus ko`rsatishga shoshmang, va bu bilan yigitni ham shoshirib qo`ymang.) Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling