Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/130
Sana09.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#259327
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   130
Bog'liq
2 5204424297350696047

Maftunkorlik omili №54 
Munosabatingizda turgunlik paydo bo`lganda u sizni huddi onasidek yahshi ko`radi. 
Demak u hademay sizga tabiy holdek qarashni  boshlaydi. 
Do`konda navbatda turganingizda bolasi izmidan chiqmaydigan onalarga ahamiyat 
bering. Ular bolaga nimalarnidir uqtiravermaydi,urishvermaydi, bitta gap yoki ma`noli 
qarashni o`zi kifoya. Bola bunday onani hurmat qiladi, chunki kelasi daqiqada nima 
bo`lishini bilmaydi, natijada  u o`zini risoladagidek tutadi. Erkak sizga qanday 
munosabatda bo`lishini tushuntirib qoyish uchun gap soz mutlaqo kerak emas.  Oddiy 
sukut yoki o`zni chetga olishni o`zi yetarli. 


Ayrim holalarda mahbuba rolida yosh bolaga to`gri keladigan shartlar qo`yishingizga 
to`gri keladi. Nega? Chunki sizni sevgilingiz erkak. Va har bir erkak ichida uch yashar 
go`dak yashaydi. 
Biz bu bobda ta`kidlayotgan sizni hatti haraktlaringizdagi o`zgarishlar hotirjam, jozibali 
va har jihatdan maftunkor bo`lishingiz imkonini beradi. Muhimi unga ona bo`lishni 
yig`ishtirib sekin asta haqiqiy mahbubaga aylanish. 
Erkakalar yorga bo`lgan muhabbati bilan onaga bo`lgan mehrini hecham bog`lay 
olishmaydi. Bu borada ehtiyot bo`ling. Unga mahbubaligingizni saqlab qolaman 
desangiz uni hecham bo`shashishiga, bamaylihotir bo`lishiga imkon bermang. Bunday 
munosabat uni sizga bo`lgan qiziqishini oshiradi va usizni ta`qib qilishda davom etadi. 
Sizni unga ona bo`lganingizdan ko`ra sevgilisi bo`lishingiz ko`proq yoqadi. Ha unga 
divanda yotish yoqadi chunki u qulay. Ammo unga sizni ona bo`lib olishingiz yoqmaydi 
aks holda u o`z sevgilisini yo`qotadida. 
Siz bunday hatti harakatni shaklantirishingiz va shunday muvozanatni topishingiz 
kerakki u sizni bir umr izingizdan qolmasin. Erkak tabiatan ovchi.  U yahshi qizdan 
mustahkam, ishonchli onalarcha mehrni olganda uning seksual mayllari pasayadi. U 
hecham onasini ta`qib etmaydi. Yahshi qiz unga mehr va sadoqat ko`rsatish bilan, 
munosabatni zerikarli va odatiy turmushga aylantiradi. Ayollar ko`pincha erkaklarga 
bo`ysinish va sadoqatli ekanliklarini isbot qilish bilan ularni ko`ngliga yo`l topmoqchi 
bo`lishadi. Ammo yomon qiz usiz ham bemalol kunini ko`ra olishini bildirish bilan 
erkaklar ko`nglini osongina zabt etadi.Bu yomon qizning eng asosiy jihati.  Ogoh 
bo`ling, erkak sizni huddi tabiy holdek qabul qilishiga, hurmat va pisand qilmasligiga 
yo`l qo`ymang. Keling hamasini boshidan boshlaymiz. 
Retsept:Erkakka do`stdek munosabatda bo`ling. 
Yoringiz bilan endi tanishgan paytlaringizga qaytamiz. U vaqtlar siz bunday arra emas 
edingiz. Unda siz do`stona munosabtda edingiz. Ikkovingiz ham hotirjam quvnoq va 
birga o`tkazgan vaqtlaringiz juda maroqli edi.Erkak siz uchun hali olamingiz markaziga 
aylanib ulgurmagandi. Shunda hammasi yengil edi. 
SIz uni arralay boshlashingiz bilan unga :Men seni har bosgan  qadamingni bilib 
yuribman” Shu sababli faqatgina shu sababli sizni arralashingiz unga berilgan mukofot. 
Chunki sizni onalarcha koyishingiz bu unga g`amho`rlik qilishingiz va o`zingizni fido 
qililayotganingizdan darak beradi. 


 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling