Maftunkorlik omili №56
Erkakka do`stdek munosabatda bo`lib , uni o`z qoidalaringizga ko`ra o`ynashga
majbur qilasiz. U hotirjamlikni istardi, ammo endi sizni ta`qib qilishiga to`g`ri keladi.
Erkakni do`stdek qabul qilganingizda unga hotirjamroq qaraysiz. Bo`lar bo`lmasga
arralayvermaysiz.Men uni og`aynilardek elkasiga qoqib, birga erkakcha suhbat qurib
pivoho`rlik qilishni nazarda tutmayapman. Do`st ekanman deb avvalgi yurgan qizini
birga poylashni taklif etmang yoki u bilan tamki chaynab yurmang. Oshirib yubormang.
Takrorlayman do`st bo`lish bu sizga yoqmaydigan tasodiflarda ham o`zni hotirjam
tutish. Agar siz asabiy bo`lsangiz va unga bog`lanib qolganingiz uchun jahlingiz
chiqayotgan bo`lsa, unga bo`lgan munosabatngizni o`zgartiring vassalom. Tinchlaning
va tushunib oling bu munosabat sizni hayotingizdagi eng asosiy narsa emas. Qachonki
munosabatga shunday yengil qarasangiz uni ko`ziga shunchalik maftunkor va jozibali
ko`rinasiz.
Agar u siz bilan vaqt o``tkaza olmagani uchun bahonalar to`qisa siz ham nega u bilan
vaqt o`tkaza olmasligingiz sabalarini topib qo`ying. Bu sizga o`yin bo`lib
ko`rinayaptimi?Aslo unday emas. U juda bandmi, yana siz o`z hisisyotlaringizni unga
tushuntirishga urinib ko`rdingiz hammi? Endi unga aslida shartni bu yerda kim
qo`yishini ko`rsatib qo`yish vaqti keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |