Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/130
Sana09.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#259327
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   130
Bog'liq
2 5204424297350696047

 
Maftunkorlik omili №57 
Biroz o`zingizni chetga olish  va o`z hisslaringizni nazoratga ushlashingiz  bilan unda 
sizni yoqotib qo`yish havotirini uyg`otasiz. 


Oddiy misol. Siz u bilan ko`proq vaqt o`tkazish uchun dam olish kunlari biror joyga 
borishni taklif etdingiz. U esa “Yo`q iloji yo`q. Men ishlashim kerak” deb javob beradi. 
Odatda siz shu paytda “yetarli vaqt ajratmayapsan” deb  arralashni boshlaysiz. U ham 
sizdan aynan shuni kutadi. Endi siz boshqacha yo`l tuting, shunda siz uni haqiqiy 
qiziqish va e`tiborini tortasiz. 
Agar siz osongina u bilan vaqt o`tkazish fikridan qaytsangiz u havotirga tushib qoladi. 
Ko`pchilik erkaklar ayollarning   “qaniydi u bilan doimo birga bo`lsam” deb orzu 
qilishini istashadi.  Sizdagi bu o`zgarishni ko`rib u havotirga tushadi. Agar siz hammasini 
tushuntirib o`tirmay, go`yiki unutib yuborgandek o`zingizni ko`rsatsangiz, u o`ylab 
qoladi: “Meni bu gaplarim uni asabini buzishi kerak edi, u nega bunchalik  hotirjam” 
Sizni hotirjalmligingiz uni battar shubhaga soladi, haliyam “uniki” ekaningizga  
shubhalanib qoladi. Agar shunga loyiq bo`lsayyu  ayol uni arralamasa, nima bo`lganini 
tushuna olmagani uchun erkak havotirga tushadi. 
 Aytaylik u siz bilan haftada ikki martta uchrashadi, dam olish kunlari  esa uni shahsiy 
ishlari bor. Ayrim hollarda dam olish kunlarini birga o`tkazish sizga nasib bo`ladi, 
qolgan vaqtlarda esa u do`stlari bilan birga vaqt o`tkazish uchun sizni tashlab ketadi. 
Uni shunday shartlariga ko`nishni va shunig uchun ham  o`zingizni ahmoqdek his 
etishni  hecham hohlamasdingiz. 
Endi unga qulay bo`lgan munosabat meyorlarini hech qanday tushuntirish, 
ogohlantirishlarsiz o`zgartirasiz. Siz ham u ishlatgan usuldan foydalaning. U 
hohlaganidan ko`ra ikki martta kamroq uchrashing. “ Sen bilan uchrashishni judaym  
hohlardim. Ammo seshanba kuni biram ishim ko`p keyin esa  sportzalga borish kerak. 
Men judaym charchaganman kelasi hafta uchrasha qolamiz.” Shu ikki og`iz gap bilan 
bir umr arralagan va zorlanganingiz  bilan erisha olmagan narsalaringizga erishasiz. Siz 
so`na boshlagan cho`g`ni  bir zumda  alangalatib yuborasiz. 
Ikkinchidan esa u bir hillikdan va uni o`zgartirishga urinish fikridan tiyiling. U siz bilan 
uchrashmaslik uchun bahona qidirish o`rniga  birga vaqt o`tkazish uchun biror qiziqarli 
mashg`ulot topishga urinadi.Shundagina siz u bilan uchrashishni yana hohlab 
qolishingiz uchun. Ayolga erishish mushkul bo`lganida ,u bilan vaqt o`tkazish uchungina 
erkak hamma ishni qiladi.  
Istalgan to`tiqush o`rgatuvchidan qushlarni qanday qo`lga o`rgatishni so`rasangiz, u 
eng avvalo qush o`tiradigan tayoqchani yelkangiz balandligida ilishingizni aytadi. Hech 
qanqasiga tayoqchani o`zingizdan balandga ilmang,yo`qsa to`tiqush o`zini sizdan 


afzalman deb o`ylab qoladi. U sizni qanchalik sevishidan qatiy nazar boshini silash 
uchun uzatgan barmog`ngizni tishlab oladi. Erkaklar ham  o`zlarini huddi shunday 
tutishadi.Bordiyu qushchani yerga qo`ysangiz u o`zini juda zaif sezadi. Qush 
o`rgatuvchilar uni o`rtada ushlashni maslahat berishadi. Agar barmog`ingizni tortib 
olsangiz u nafaqat tishlamaydi balki sizga ergashadi va yelkangizga qo`nishni istab 
qoladi. Agar yoringiz o`zini huddi sizdan afzalroqdek tutayotgan bo`lsa,  darrov uni 
yerga tushiring shunda munosabatdagi yo`qotilgan muvozanatni tiklaysiz. 
 
 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling