Lingvistik bilim: tovushga taqlid soʻzlar; holatga taqlid soʻzlar; taqlid soʻzlar imlosi; orfoepiya.
Lugʻat boyligi: mavzu bilan bogʻliq soʻz va iboralar; qoʻshiqlar.
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: sinfdoshi tomonidan biror oʻyin haqida berilgan maʼlumotni eshitib tushungach, tushunmagan jihatlariga aniqlik kiritish uchun savollar bera oladi.
Ogʻzaki nutq: quvvattosh haqidagi savolga javob bera oladi, javoblarini izohlab bera oladi; bu soʻzni qaysi matnda uchratganini eslab, bogʻliqlikni tushuna oladi; biror oʻyin haqida berilgan savollar ketma-ketligida maʼlumot aytib bera oladi.
Oʻqib tushunish: berilgan matn, savol va topshiriqlar, yoʻriqnomalarni oʻqib tushunadi va munosabat bildira oladi.
Yozma nutq: hayvonlar nomi bilan ularning tovushlarini moslab yoza oladi.
Lingvistik bilim: tovushga taqlid soʻzlar.
Lugʻat boyligi: mavzu bilan bogʻliq soʻz va iboralar; oʻyinlar.
Nazorat ishi va tahlili (1 soat)
XI BOʻLIM. HUQUQIMIZ – HAQIMIZ
(20 soat)
YOʻL QOIDASI – UMR FOYDASI
(9 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻquvchini yoʻl qoidalari bilan tanishtirish, yoʻl qoidasiga amal qilishning zarurati va ahamiyatini koʻrsatish.
Tinglab tushunish: audiohikoyani tinglagach, matn yuzasidan berilgan savollarga javob bera oladi, matn mazmuni asosida oʻz xulosasini ayta oladi; hikoyadagi voqealar ketma-ketligini aniqlay oladi; hikoya qahramonlarini aniqlay oladi; multfilmdagi yoʻl qoidalarini koʻrib va eshitib, eslab qola oladi.
Ogʻzaki nutq: belgi va chizmalarni tasvirlab bera oladi; rasmdagi koʻrsatmalar asosida savollarga javob bera oladi; yoʻl belgilaridagi ranglar maʼnosini tushunib izohlay oladi; rasm va nutqiy vaziyat asosida ogʻzaki hikoya tuzib gapirib bera oladi; sheʼrni yoddan aytib bera oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |