mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi
Download 104.42 Kb.
|
1-3-sinflar-dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tinglab tushunish
- Ogʻzaki nutq
- Oʻqib tushunish
ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI I SINF I BOʻLIM. MEN, SEN, U VA ULAR (25 SOAT) MENING OILAM (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻzbek oilasiga xos munosabatlar talqini, oilaning jamiyatdagi oʻrni va ahamiyati, qarindoshlik aloqalari hamda milliy qadriyatlar haqida atroflicha tushuncha hosil qilish. Tinglab tushunish: oila aʼzolari haqida berilgan savollarga javob bera oladi; oila haqida oʻqilgan matnni eshitib tushuna oladi; matnda qoʻllangan tanish soʻzlarni farqlay oladi; rasm boʻyicha berilgan savollarni tushuna oladi; eshitilgan gapdagi qarindosh-urugʻ nomini bildirgan soʻzlarni ajrata oladi. Ogʻzaki nutq: oila aʼzolarini bildiruvchi soʻzlarini toʻgʻri talaffuz qila oladi; oila aʼzolari haqida savollarga javob bera oladi; kishi ismlarini, kasblar nomini toʻgʻri talaffuz qila oladi; matn asosidagi topshiriq boʻyicha partadoshi bilan muhokamaga kirisha oladi; oʻqilgan matndagi qahramonlar haqida maʼlumotlarni qayta bayon qila oladi; qahramonni tasvirlab bera oladi; berilgan rasmni tasvirlab bera oladi; rasmdagi voqealarni ogʻzaki talqin qila oladi. Oʻqib tushunish: oila aʼzolarini bildiruvchi soʻzlarini toʻgʻri talaffuz qila oladi; qarindoshlik soʻzlarining maʼnosini tushuna oladi; oila aʼzolari haqidagi maʼlumot matnni oʻqib va undagi kishi ismlari, kasblar hamda oila aʼzolarini bildiruvchi soʻzlarni ajrata oladi; matnda qoʻllangan fikrlarning sabab-oqibatga koʻra bogʻlanishini tushuna oladi; matnda qoʻllangan iboralarning maʼnosini (ikki-uch ogʻiz, birovning boʻynida, koʻzi tushib qolish, togʻdan togʻga qochish); grafikli matnni (koʻrsatkichli, daraxtsimon) tushuna oladi; matndagi ism-familiyalarni ajrata oladi; matndagi maʼlumotlarni integratsiya qilish orqali qahramonlarga taʼrif bera oladi; sheʼr syujetini tushuna oladi; oʻzi tomonidan tuzilgan matnga sarlavha topa oladi; voqealarni toʻgʻri xronologik tartibda joylashtira oladi. Yozma nutq: oila aʼzolarini bildiruvchi soʻzlarni toʻgʻri yoza oladi; iboralarga taʼrif yoza oladi; oʻzi haqida anketa maʼlumotlarini yoza oladi; ism-familiyalarning bosh harflar bilan yozilishini oʻzlashtira oladi; eshitilgan gapdagi qarindosh-urugʻ nomini bildirgan soʻzlarni yozuvda ifodalay oladi; rasmga qarab matn yoza oladi. Download 104.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling