mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi
Download 104.42 Kb.
|
1-3-sinflar-dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ogʻzaki nutq
- Lingvistik bilim
Lugʻat boyligi: oʻlchov va hajmni bildiruvchi soʻzlar; tabiatdagi hodisalarni ifodalovchi soʻzlar (izgʻirin, gʻizillab, izillab kabi); ibora: miq etmay.
UY HAYVONLARI (7 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi: uy hayvonlari, ularning turlari, qishloq xoʻjaligidagi moddiy ahamiyati haqida tushuncha hosil qilish. Tinglab tushunish: hayvonlarning ovozini tinglash orqali ularni farqlay oladi; badiiy uslubdagi audiomatnni tinglay oladi, undagi ochiq hamda yopiq ifodalangan maʼlumotlarni tushuna; voqealar ketma-ketligini belgilay oladi. Ogʻzaki nutq: uy hayvonlari haqida gapirib, ularning nomlarini toʻgʻri talaffuz qila oladi; hayvonlar nomi qatnashgan tez aytishlarni ayta oladi; tinish belgilarining qoʻyilishi toʻgʻrisida munozara qila oladi. Oʻqib tushunish: tez aytishlarni oʻqish; voqeband matnda berilgan ochiq hamda yopiq maʼlumotlarni tushuna oladi; sheʼr syujetini tushuna oladi; informativ matnda berilgan ochiq hamda yopiq maʼlumotlarni tushuna oladi; uch bosqichli koʻrsatmalarni tushuna oladi; oʻzi tomonidan yozilgan hikoyaga sarlavha qoʻya oladi. Yozma nutq: uy hayvonlari hamda ularning bolalari nomini toʻgʻri yoza oladi; asar qahramonlarining gaplarini matndan ajrata oladi; hayvonlarning tovushlarini yozma ifodalay oladi (vovullash, miyovlash kabi); dialog shaklidagi matnni yoza olish; soʻzlarni boʻgʻinlarga ajratib yoza oladi; berilgan maʼlumotlar asosida kichik hikoya tuzib, yoza oladi. Lingvistik bilim: taqlid soʻzlarning imlosi va talaffuzi; atoqli otlarning imlosi, hayvonlarga qoʻyilgan ismlarning ham bosh harf bilan yozilishi; soʻzlarni boʻgʻinlarga ajrata olish; tinish belgilarini qoʻya olish bilimlarini oʻzlashtira oladi. Lugʻat boyligi: uy hayvonlarining bolalari qanday atalishiga oid soʻzlar (buzoq, qoʻzi, kuchuk kabi); tovuqning harakatlarini ifodalovchi soʻzlar (chip-chiplash, titish, hurpayish kabi); hayvonlar chiqaradigan tovushlarga taqlid soʻzlar; hayvonlarga qoʻyish mumkin boʻlgan atoqli otlar; hayvonlar chiqaradigan tovushlarga taqlid soʻzlar. Download 104.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling