mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi
Download 104.42 Kb.
|
1-3-sinflar-dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻqib tushunish
- Lingvistik bilim
- Lugʻat boyligi
Tinglab tushunish: audiomatnni tinglab, qayta bayon qila oladi; audiomatndagi voqealarni rasmlar bilan moslashtira oladi; matndagi kalit soʻzlarni aniqlay oladi; eshitganlari asosida boʻsh oʻrinlarni toʻldira oladi.
Ogʻzaki nutq: dialogli matnni oʻqishda rolga kirisha oladi; h va x tovushlarini farqlab, toʻgʻri talaffuz qila oladi; joy hamda tabiat hodisalarining nomini toʻgʻri talaffuz qila oladi (choʻl, oʻrmon, tuman, jala kabi); matnni qayta bayon qila oladi; tabiatga zarar keltiruvchi narsalar, harakatlar haqida nutq soʻzlay oladi; tabiatni asrashga qaratilgan harakatlar haqida nutq soʻzlay oladi; rasmlar asosida bogʻlanishli nutq tuza oladi; oʻzi tomonidan yaratilgan loyiha ishini taqdimot qila oladi (oila yoki sinf davrasida); sheʼriy matnni ritmga eʼtibor bergan holda ravon ijro qila oladi. Oʻqib tushunish: dialogni oʻqib tushuna oladi; matn asosidagi ochiq hamda yopiq ifodalangan maʼlumotlarni topishga qaratilgan savollarga javob bera oladi; matnda voqealarning sabab-oqibatini topa oladi; rasmlarda nimalar tasvirlanganini tushuna oladi; tabiat hodisalarini anglatuvchi rasm va belgilarni tushuna oladi; matnning topishmoq shaklini tushunib, matndagi kalit soʻzlarni aniqlay oladi; uch bosqichli koʻrsatmalarni tushuna oladi; maqollarni oʻqib, maʼnosini anglay oladi; sheʼr syujetini tushuna oladi; sheʼr matni asosida ochiq hamda yopiq ifodalangan maʼlumotlarni topa oladi; oʻzi tomonidan yozilgan kichik hikoyaga sarlavha qoʻya oladi; sinfdoshining hikoyasiga baho bera oladi. Yozma nutq: gap orasidagi boʻshliqlarni mazmun va imlo jihatdan toʻgʻri toʻldira oladi; narsa-buyum nomlariga ularning rangini moslashtirib yoza oladi; rasmda tasvirlangan narsa-hodisalarni yozma nutqda ifodalay oladi; topishmoqning javoblarini yoza oladi; krossvord shaklini toʻldira oladi; berilgan koʻrsatmalar asosida tabiatni asrash haqida loyiha ishini yoza oladi; tarkibida tire qoʻllangan maqollarni yoza oladi; rasm asosida kichik hikoya tuzib yoza oladi. Lingvistik bilim: unlining choʻzib aytilishi va yozilishini farqlay oladi; h va x tovushlarining farqi haqidagi dastlabki maʼlumotni oʻzlashtira oladi; soʻzlar ortida yashiringan koʻchma maʼnoni anglash (topishmoqlar misolida); koʻrsatmalar asosida loyiha ishi yoza oladi; maqollar haqida dastlabki maʼlumotlar; oʻzi tomonidan yozilgan kichik hikoyaga sarlavha tanlay oladi. Lugʻat boyligi: fasllar va ular bilan bogʻliq soʻzlar; narsa-buyumlar va ularning rangini ifodalovchi soʻzlar; joylar va tabiat hodisalarini anglatuvchi soʻzlar (choʻl, oʻrmon, tuman, jala kabi); tabiat hodisalarining nomlarini bildirgan soʻzlar; tabiatga zarar keltiruvchi harakatlarni anglatuvchi soʻzlar; tabiatni asrashga qaratilgan harakatlarni anglatuvchi soʻzlar; fasllar hamda tabiat haqidagi maqollar; fasllardagi hodisalarni ifodalovchi soʻzlar (guppa-guppa, chana kabi). Download 104.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling